razm, Talas, Tarim, Sayram, Manqishloq, Issiqko‘l kabi toponimlar
deyarli o ‘zgarishsiz yetib kelgan. Ila, Qorayalg‘a, Ala, Ertish kabi
nomlar fonetik jihatdan biroz o ‘zgarib ketgan va hozir Hi, Qorajilg‘a, Olay, Irtish shaklida yoziladi. Beshbaliq, Yangibaliq, Tunkand, Yankand, 0 ‘zkand kabi shahar nom lari, Badalart, Buqachart, Zanbiat, Qavaqart, Yafg‘uartkabi dovonlar, Ikkio‘kuz, Qoraqosh 0 ‘kuz, 0 ‘rungqosho‘kuz kabi daryolar etimologiyasiga «Devon»ning o‘zidan
javob topish mumkin. Bulg‘or, Qifchoq, Uyg‘ur, Tavg‘ach, Yag‘mo kabilar etnotoponim , Barsg‘on, Barman, Qazvin singarilar esa
antrotoponimlardir. Ba’zi bir toponimlarning etimologiyasini taxmi-
nan aniqlash mumkin. Chunonchi, ayiq o‘sha zamonlarda azig‘ deb
atalgan. Mahmud Koshg‘ariy Azig ‘ degan joyni tilga oladi, bu nom
«ayiq» degan ma’rioni anglatgan boiishi mumkin.
M a’lumki, toponimikada turli afsonalar ham inobatga olinadi va
o‘rganiladi. Lekin joy nomlari etimologiyasi to ‘g‘risida Mahmud
Koshg'ariy keltirgan ma’lumotlami sinchiklab o‘rganish zarur.
«Devonu lug'otit turk»dagi toponimlarning biz uchun yana bir
qimmatli tomoni ulaming grammatik xususiyatlaridir. Ma’lumki, joy
nomlarining etimologiyasidan tashqari grammatik tuzilishiga qarab
ham ulaming qaysi tilga, qaysi davrga oid ekanligini m a’lum darajada
aniqlash mumkin.
Hozirgi turkiy toponimlarning asosiy qismi ikki va uch kompo-nentdan, ya’ni tarkibiy qismdan iborat. «Devon»dagi joy nomlarining
yarmidan ko‘pi bir komponentli nomlar. Masalan, Yamak, Yofinj, Alush, Azig4, Abul, Etil, Udun, Yamar, Ala, Urang, Qo‘ju, Bukur, Talas, Qabus, Quya, Toman, Koson, Xuzar, Chogla, Barxan, Sabran, Sitg‘un, Tovg‘ach, Baijug‘, Tartuq, Tayiz, Ko‘rung, Qazvin kabilar
ana shular jumlasidan. Ikki komponentlilar u qadar ko‘p emas: