Ikkiko‘z, Oqsoy, Oqterak, 01ayig‘och, Beshbaliq, Yangibaliq, Qorayig‘och, Badalart, Buqachart, Boyyig‘och, Yulduzko‘1 kabilar. Bu toponimlarning birinchi komponenti sifat, ikkinchi komponenti esa ot (geografik atama). Ikki komponentlilar grammatik tuzilishi ji-301begi otboqarining ismi Barsg‘on ismiga nisbat berilib, Barsg‘on deb atalgan deydilar (III tom, 424-bet). Shu — turklar shohi. U — fotih qilib qurdirgan shahar. Qazvin — Afrosiyobning qizi Qaz qurgan
shahar bo'lib, asli «qaz o ‘yini» demakdir. Qaz suvi — Ila vodiysidagi
katta bir yo‘l. Afrosiyobning qizi — Qaz uning qirg‘og‘iga bir shahar
qurgani uchun shunday nom olgan. 'Qadimgi kishi ismlariga nisbat berib atalgan joy nomlarini 0 ‘rta
Osiyo xaritasidan topish toponimchilar oldida turgan muhim vazi- falardan.
Geografik atamalar, o‘simlik hamda hayvon nomlari to‘g‘risida. «Devonu lug‘otit turk» leksikasi toponimika uchungina emas, balki
umuman til tarixi, dialektologiya uchun bitmas — tuganmas xazina.
«Devon»da hozirgi vaqtda keng iste’molda bo‘lgan so‘zlarni ham,
shaklan biroz o‘zgargan atamalar hamda hozirgi vaqtda butunlay ish-
latilmaydigan so‘zlami ham uchratish mumkin.
Biz geografik atamalarni bir necha guruhga bo‘lamiz. 0 ‘zbek ada
biy tilida keng ishlatiladigan atamalar: aziz tog‘, ariq, o ‘ngir, qir, ang'iz, qayir (qumli yer), qoq (qoq — ko‘lmak suv), к о ‘I, bulut, sag‘iz tuproq (sog‘ tuproq), batig‘ (daryo va boshqalaming chuqur joyi; ilgarilari
cho‘kma deb atalgan), yar (jar), qo‘rum (qoya parchalari), burun (tog‘ burni, dengiz yoki ko‘lga kirib borgan kambar yer), suvlag‘ (suvloq), oqin (sel), qish lag1 (qishlanadigan joy, hozir m a’nosi o‘zgarib
qishloq shaklini olgan), balchiq, yaylag‘ (yozda turiladigan joy); yay- yoz (hozir m a’nosi o‘zgargan — yaylov), yig‘och (yog‘och — uzunlik
o ‘lchovi), yut (yaxmalak, yutchilik), soy, qoya, tupu (tepa), qorayog‘ (neft), qari (o‘lchov birligi), о ‘у (chuqur yer); quzuq-quduq va hokazo.
Asosan joy nomlari tarkibida qolgan atamalar: art — dovon, tog‘
tepasi (Og‘ochart, Oqart, Qizilart, Qayinart, 0 ‘tizart, Ko‘gart, Qizart,
Qumart), baliq — shahar (Beshbaliq, Yangibaliq), о ‘kuz ~ daryo,
yoz, yozi — cho‘l (Yozyovon, Sariyoz, Qizilyoz), tom — devor, kend, ken — shahar, qo‘rg‘on, qishloq, ulush-ulus, qishloq, shahar, qarshi-
saroy, qasr (Qarshi, Katta Qarshi, Kichik Qarshi, Qarshilik, Qarshi-
yon), tuz yer — tekis, yer (Tuzbel, Kattatuz), kechik (Yettikechuv,
Toshkechuv), chimgan — o‘tzor, chimzor (ehtimol Chimyon cho‘qqisi
shu so‘zdan olingan), bo‘ktir — bo‘ktar, tog‘ etagi va hokazo.
Ba’zi bir atamalarning m a’nosi butunlay o ‘zgarib ketgan. Mali
304 mud Koshg'ariyning yozishicha, ilgarilari amirlarning mollari boqi-
ladigan ko'katzor maydon, shuningdek, atrofi ihota qilingan har bir
joy (jo‘rig‘ deyilgan. Hozirgi vaqtda butunlay haydalanmagan yer qo‘riq deyiladi. Biroq ba’zi bir shevalarda, chunonchi, Zomin, Jizzax,
G ‘allaorol va Forish tumanlarida daryo yoqalaridagi bo'liq o'tlam i
qo'riq deyishadi. Mevalami urib ketadigan qattiq sovuq «Devon»da
ushik deyilgan. Bunday sovuq geografik adabiyotda qora sovuq deb
kelinadi.«Dcvon»da hozirgi o ‘zbek tilida ishlatilmaydigan atamalar ham
bor: boynak — tog‘ bo‘yni, o ‘trug‘ — orol, saqig‘ — sarob, esirt — shamol, turug‘ ~ tog'lardagi qal’a, turar joy, qug'ush - tamov,
chig'ir — tor yo‘l kabi. Bu so‘z «Bobumoma»da ham uchraydi. Hozir
gi vaqtda shevalarda qorga tushgan iz chiyir deyiladi.
Xulosa qilib aytganda, «Devonu lug'otit turk»dagi geografik atamalar sinchiklab o'rganilishi kerak. Chunki ular ko'pgina toponimlam-
ing etimologiyasi uchun «kalit» bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
«Devon»da qaraqananduz (andiz), alma, almila (olma),
arpag‘an, burchaq (lo'viya), sarmusaq (sarimsoq), apshart (yavshan-
shuvoq), yilg'un (yulg‘un), yandaq (yontoq), qaramuq kabi o'simlik
nomlari keltirilgan. Mahmud Koshg'ariy davridan buyon ularning
shaklida deyarli o‘zgarish bo‘lmagan. Ayni paytda qazin (qayin), charun
(chinor), avya (ayva - behi), yag‘aq (yong'oq), armut (Navoiyda -
umrud, Radlovda — urmud), olmurut (nok, nashvati), azriq (ayrih)
ajriq, egir, igir - iyir singari o‘simlik nomlari esa fonetik o'zgarish
yoki metateza (harflaming o‘rni almashishi) bilan yetib kelgan. Aruk
(eruk) bir necha mevali o'simlikning nomi bo'lgan: sariq aruk —
o‘rik, qora aru — olxo‘ri, tulug (ehtimol, tuklik) aruk — shaftoli;
Asarda ishg'un, ushg'un, qashg‘un - ravoch, jag‘mur hamda jamg‘ur -
sholg'om (uyg‘ur va qirg'iz tillarida chamg'ir — turp, rediska), turma —
1иф, sarig‘ turma — sabzi (Mahmud Koshg‘ariy arg'ular sabzini
«kizri», o‘g‘uzlar «kashur», «gashir» deydilar deb yozadi) kabi o'simlik
turlari izohi ham keltirilgan.
Ammo ba’zi bir o ‘simlik nomlarining izohida chalkashlik borga
o ‘xshaydi. Masalan, so ‘kso‘k nima uchundir «yulg'un daraxti» deb
izohlangan. Aslida so‘kso‘k yulg'un emas. Birinchidan, «Devon»da yulg‘un
so'zi ham bor. Ikkinchidan, qavs ichida «yaxshi yonadigan yog‘och»305deb izoh berilgan. Demak, so‘kso‘k — saksovul Navoiyda ham so‘kso‘k so‘zi saksovul ma’nosida uchraydi, Xorazmda saksovulni hozir ham so'kso'k deyishadi, Qorako‘l tumanida So'kso'k degan qishloq bo'lgan.Tavilqu so'ziga «qizil tol» deb izoh berilgan. Tovilg'i tol emas,
buta. Bobur «tovilg'idan qushlarga qafas va tirgaz (kamon o ‘qi) qi
linadi», deb yozgan.Bir xil o ‘simliklaming nomi butunlay o'zgarib ketgan. Masalan,
bug'doy, tariq, umuman g'alla ekinlari tarig‘ deyilgan. Jenshenning
qadimiy turkiy nomi bo'lgan -sig‘un o ‘ti (Navoiyda suyqun).Mahmud Koshg'ariy o'simlik nomidan kelib chiqqan toponimni ham keltirgan: «Ar — ar daraxti — qora archa. Qashqarda bu nomdagi ikkita qishloq bor». Bundan tashqari har bir o'simlik nomi toponimga aylanishi mumkin. Chunonchi, tol, terak, o'rik, olma, sarimsoq,
yulg'un, chinor singari o'simliklardan nom olgan toponimlar juda ko'p uchraydi.«Devon»da o'simlik nomlariga qaraganda hayvon nomlari ancha ko'p. Arslon, lochin, qulon, klrpi (tipratikon), qarg‘a, burga, lllku (tulki), quzg‘un, qarsaq (tulkining bir turi), tartar (qush), tavishg‘an (quyon), qoy-qoyin, qoraqush, bars (qoplonning bir turi), it, to fng‘iz,