1.Тransmissiya agregatlarini diagnostikalash jihozlari. 2.Тransmissiya agregatlariga ТХK va tamirlash jihozlari. 1.Тransmissiya agregatlarini diagnostikalash jihozlari Тransmissiyani diagnostikalashda avvalam bor avtomobil harakatlanish vaqtida agretalarini qizishi, avtomobilni inersiyasi bilan harakatlanish davomiyligi, bosqichlarni o’z-o’zidan ajralib ketishi yoki qiyinchilik bilan qo’shilishi, shovqinlar to’’grisidagi haydovchisining malumotlari inobatga olinadi. Bundan tashqari tashqi ko’rikdan o’tkazish natijalari, ya’ni moylarning sizib chiqishi, deformatsiya va boshqalar, hamda avtomobilni umumiy diagnostikalash natijasida aniqlangan transmissiyadagi mexanik yo’qotishlar qiymatlari xisobga olinadi.
Avtomobil transmissiyani diagnostikalash ko’targich yoki ko’rish chuqurligi, KI-4832 lyuftomeri, KI-1154 stetoskopi va kardan vali tebranishini tekshiruvchi KI-8902 A uskunalari bilan jihozlangan postda amalga oshiriladi. Buning uchun dvigatel tirsakli valining 700-800 ayl/min chastotasida yetaklovchi ko’prik ko’tarilib, barcha bosqichlarning ulanishi tekshiriladi, va stetoskop yordamida uzatmalar qutisi va asosiy uzatma eshitiladi. So’ng birinchi bosqich qo’shilib, avtomobil lonjeroniga kardan vali tebranishini o’lchovchi uskuna mahkamlanadi, va tirsakli valning kichik aylanishlarida valning o’rta qismidagi tebranish o’lchanadi.
Hozirgi vaqtda tebranishlarni o’lchash uchun PDU-1, IDK, IS-1Х13 va boshqa turdagi pezokristall datchiklardan foydalaniladi. Ular boshqa datchiklarga nisbatan yengil bo’lib 3 - 22 g. tashkil etadi, o’ta sezgir va tebranishlar tezlanishini keng diapazon (5 dan 20000 Gs. gacha) chastotalarida o’lchash imkoniyatiga ega. Ushbu datchiklar nazorat etilayotgan mexanizmga rezbali birikma, magnitli yoki qisqichlar yordamida mahkamlanadi.
Ilashmani diagnostikalash uning to’liq qo’shilishini tekshirishdan iborat bo’lib, yengil va bir maromda qo’shilishi, tepki erkin yo’lining qiymatlari orqali baholanadi.
Ilashmani ishga yaroqlilik holatini tekshirish uchun stroboskopik jihoz va avtomobilni yetaklovchi ‘gildiraklari bilan o’rnatiladigan dinamometrik qurilmadan foydalaniladi. Dvigatelning ishchi holatida to’’grilangan yuqori kuchlanish chaqmoqdan kondensatorga, energiya jamlangan holatida stroboskopik lampaga uzatiladi. Stroboskop lampasining yonishi dvigatel birinchi silindri chaqmo’gida o’t oldirish momenti bilan mos keladi, va nur kardan sharniriga to’’grilanadi. Dinamometrik qurilma yordamida avtomobil uzatmalar qutisining birinchi bosqichida maksimal yuklanish xosil qilinadi. Agar ilashma bir maromda ishlasa, stroboskop lampasi nuri tushirilgan sharnir qo’z’galmagandek ko’rinadi, aks holda sharnirning aylanishi kuzatiladi. Ilashmani ishga yaroqliligini boshqa usulda ham tekshirish mumkin. Buning uchun avtomobil dinamometrik qurilmaga o’rnatiladi va yetaklovchi ‘gildiraklarga maksimal burovchi momentga mos keluvchi yuklanish beriladi.
Ilashma tepgisiga maxsus uskuna (7.1-rasm) o’rnatilib, uning yuqori qismi rul chambaragiga mahkamlanadi.
7.1-rasm. Avtomobil ilashmasini tekshirish uskunasi.
Moslamaning datchigini bosish natijasida ilashma tepki siljiydi, va uskuna orqali pedalning erkin yo’li, ilashma mexanizmidagi qarshiliklarni yengib o’tish uchun sarflanuvchi kuch va qaytarish prujinalarining qarshiligi aniqlandi. Тepkini bosib ilashish boshlanish vaqtidagi kuchlanish va tepki yo’li qayd etiladi. Тepkining erkin va ilashish boshlanish vaqtidagi yo’llar qiymatlari asosida ilashmaning texnik holati, ilashish boshlanish vaqtida tepkidagi kuchlanish orqali esa ilashmaning samaradorligi baholanadi.
Kardan valini diagnostikalashda uning tebranishi qo’z’galmas mahkamlangan mexanik indikator orqali aniqlanishi mumkin. Bu qiymat 1-1,5 mm dan oshmasligi kerak. Karadan vali sharnirlari birikish bulaklarining va shlitsalarning yeyilganligi uni burash vaqtida nisbiy siljish holatlarini ko’z bilan kuzatish orqali aniqlanadi.
Kardan validagi lyuftni o’lchash uchun qo’l tormozini oxirigacha tortib qo’yilib, kardan vilkasining asosiy uzatma bilan ulangan ayrisiga lyuftomer (7.2-rasm) o’rnatiladi. Lyuftomer dastagi qabul qilingan burovchi moment bilan bir tomonga tortilib, graduirovkalangan disk suyuqlik sathi orqali “nol” holatiga keltiriladi. So’ng xuddi shu burovchi moment bilan lyuftomer dastagi teskari tomonga buraladi va uzamtadagi lyuft o’lchanadi. Uning qiymati 2 ° oshmasligi kerak.
Uzatmalar qutisi va orqa ko’prikni diagnostikalash lyuftlar, tebranishlar va qizish holatlarini kuzatish bilan amalga oshiriladi. Lyuftlar orqali diagnostikalashda ma’lum burovchi momentda (20-25 Nm) transmissiyadagi lyuftlarni o’lchash uchun lyuftomer-dinamometrdan (7.2-rasm) foydalaniladi .
7.2-rasm. KI-4832 rusumidagi lyuftomer.
1-mahkamlash lablari; 2-buragich; 3-graduirovkalangan disk; 4- rangli suyuqlikli yarim aylana polietilen trubka; 5-strelka; 6-dinamometrik dasta shkalasi; 7-dinamometrik dasta
Uzatmalar qutisidagi lyuft qo’l tormozi qo’yib yuborilgan holatda, har bir bosqichda lyuftni o’lash orqali amalga oshiriladi. Bunda lyuftomer kardan valini tekshirish paytidagi holatda saqlanadi, shuning uchun kardan uzatmasi va uzatmalar qutisidagi lyuftlarning umumiy qiymati o’lchanadi.
Asosiy uzatmadagi lyuftni o’lchash uchun avtomobilning yetaklovchi ‘gildiraklari tormozlantiriladi va lyuftomer bilan lyuft qiymati o’lchanadi. Uning qiymati 35-45° bo’lishi kerak.
Avtomat uzatmalar qutisini diagnostikalash masxus uslublar yordamida amalga oshiriladi. Diagnostikalash uchun boshqaruv tizimidagi nosozliklarni aniqlovchi tizimli skanerdan foydalaniladi. Nosozliklarni aniqlash va ta’mirlashning zaruriy turini qabul qilish uchun ba’zi bir holatlarda diaknostikalash avtomat uzatmalar qutisini to’liq saralashni ko’zda tutadi. Buning uchun agregatni avtomobildan yechib olib qisman yoki to’liq qismlarga ajratiladi.