O‘zaro aloqa. Real voqyelikda har bir muayyan ob'ekt ko‘p sonli sababiy zanjirlarning murakkab «tuguni» hisoblanadi. U boshqa ob'ektlardan ta'sirlanish bilan bir vaqtda o‘zi ham ularga aks (reaktiv) ta'sir ko‘rsatadi. «Tashqi» va «ichki» sababiy zanjirlar unda uyg‘unlashadi, kesishadi va tarmoqlanadi. Ular bir-biri bilan o‘zaro aloqaga kirishadi va bu o‘zaro aloqa ob'ektda yuz beruvchi barcha jarayonlarning negiziga aylanadi.Ob'ektni bilish uchun pirovard natijada unda vujudga kelgan sababiy aloqalar «tuguni»ni yechish talab etiladi. Barcha hodisalar mohiyatiga izohni o‘zaro aloqadan izlash kerak. U hodisalarning barcha xossalari va xususiyatlarini belgilaydi, amalda mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlar, tasodiflar va zaruriyatlarning manbalarini o‘zida mujassamlashtiradi. O‘zaro aloqani tushunish – umuman ob'ektni tushunish demakdir.O‘zaro aloqa. Real voqyelikda har bir muayyan ob'ekt ko‘p sonli sababiy zanjirlarning murakkab «tuguni» hisoblanadi. U boshqa ob'ektlardan ta'sirlanish bilan bir vaqtda o‘zi ham ularga aks (reaktiv) ta'sir ko‘rsatadi. «Tashqi» va «ichki» sababiy zanjirlar unda uyg‘unlashadi, kesishadi va tarmoqlanadi. Ular bir-biri bilan o‘zaro aloqaga kirishadi va bu o‘zaro aloqa ob'ektda yuz beruvchi barcha jarayonlarning negiziga aylanadi.Ob'ektni bilish uchun pirovard natijada unda vujudga kelgan sababiy aloqalar «tuguni»ni yechish talab etiladi. Barcha hodisalar mohiyatiga izohni o‘zaro aloqadan izlash kerak. U hodisalarning barcha xossalari va xususiyatlarini belgilaydi, amalda mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlar, tasodiflar va zaruriyatlarning manbalarini o‘zida mujassamlashtiradi. O‘zaro aloqani tushunish – umuman ob'ektni tushunish demakdir.XulosaXulosa qilib shuni aytish joizki dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san'ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida haqiqatning tagiga yetish maqsadida muammoni o‘zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara nazarda tutilgan. Dialektik – bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb hisoblangan. Foydalanilgan adabiyotlarhttps://hozir.org/http://www.e-biblio.ru/book/bib/02_estestv_nauki/filosofiya_uzb/sg.htmlhttps://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/falsafa/falsafiy-qonunlarFalsafa 1-qism, Darslik.
http://fayllar.org