Zamonaviy pedagogikada ta`lim paradigma (modeli)lari. Pedagogik paradigma (yunoncha «paradeigma» - misol, namuna) – pedagogika fani rivojining ma`lum boskichida ta`limiy va tarbiyaviy muammolarni xal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik xamjamiyat tomonidan e`tirof etilgan nazariy xamda metodologik kursatmalar tuplami bulib, u ta`limning konseptual modeli sifatida kullaniladi. Bugungi kunda ta`limning kuyidagi paradigmalari keng tarkalgan:
1. An`anaviy – konservativ paradigma (bilim paradigmasi).
2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma.
3. Fenomenologik (gumanistik) paradigma.
4. Texnokratik paradigma.
5. Ezoterik paradigma.
Ayni vaktda ta`lim paradigmalarini belgilashga nisbatan uch xil yondashuv mavjud:
1. kadriyatli (aksiologik) yondashuv - madaniyat inson xayotining mazmuni sifatida tushuniladi.
2. Faoliyatli yondashuv asosan madaniyat moddiy va ma`naviy boyliklarini yaratishga yunaltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talkin etiladi.
3. Shaxsiy yondashuv - madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon buladi.
Madaniyatga nisbatan turli yondashuvlarning mavjudligi bir kator paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi.
Xar bir paradigma muayyan ta`limiy muammolarni xal etishga yunaltiriladi. Xususan:
- ijtimoiy institut sifatida ukuv muassasalarining vazifalari;
- ta`limning samarali tizimi;
- ukuv yurtlari oldida turgan eng muxim, ustuvor masala;
- ta`limning ijtimoiy axamiyatli maksadlari;
- muayyan bilim, kunikma va malakalarning kimmatli xisoblanishi.
Ayni vaktda kuyidagi paradigmalar mavjud:
1. Bilim olishning an`anaviy paradigmasi (modeli) (J.Majo, L.Kro, J.Kapel va boshkalar)
Unga kura ta`limning asosiy maksadi - “Bilim, kanchalik kiyin bulmasin bilim olish”. An`anaviy paradigma maktabning maksadi yosh avlodga individual rivojlanishi xamda ijtimoiy tartibni saklab kolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muxim elementlari – bilim, kunikma va malakalar, ilgor goyalar va kadriyatlarni saklab kolish xamda ularni yoshlarga yetkazish muxim ekanligini yoritadi. Bilim olish paradigmasining asosiy maksadi: ta`lim olish, tarakkiyot va madaniyatning eng muxim elementlarini avloddan-avlodga yetkazish.
2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma (P.Blum, R.Ganye, B.Skinner va boshkalar). Ratsionalistik paradigma dikkat markazida ta`lim mazmuni emas, balki ukuvchilar tomonidan turli bilimlarni uzlashtirilishini ta`minlovchi samarali usullari yotadi. Ta`limning ratsionalistik modeli asosini B.Skinerning ijtimoiy injeneriya bixevioristik (inglizcha behavior - xulki) konsepsiyasi tashkil kiladi.
Maktabning maksadi – ukuvchilarda garb madaniyati ijtimoiy koidalari, talablari va kuzlagan maksadlariga mos keladigan moslashtiruvchi “xulkiy repertuar”ni shakllantirishdir. Shu bilan bir vaktda, “xulki” atamasi bilan “insonga xos xamma ta`sirlanishlar – uning fikrlari, sezgi va xarakatlari” ifodalanadi (R.Tayler).
Bunda ta`limning asosiy metodlari, urgatish, trening, test sinovlari, individual ta`lim, tuzatishlari bulib koladi. Buning okibatida, ta`limninggina emas, balki dars berishning xam ijodiy xarakterini aniklash muammosi muxokama kilinmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Uzbekiston Respublikasining «Ta’lim tugrisida»gi konuni //Barkamol avlod – Uzbekiston tarakkiyotining poydevori. – Toshkent, Shark nashriyot-matbaa konserni, 1997.
2. Uzbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» //Barkamol avlod – Uzbekiston tarakkiyotining poydevori. – Toshkent, Shark nashriyot-matbaa konserni, 1997.
3. Karimov I.A. Barkamol avlod – Uzbekiston tarakkiyotining poydevori. - Toshkent, Shark nashriyot-matbaa konserni, 1997.
4. Mavlonova R. Va boshk. Pedagogika. – Toshkent, Ukituvchi, 2001.
5. Podlasuy I.P. Pedagogika. Novuy kurs. V 2 kn. Kn. 1. – Moskva, Vlados, 1999.
http://hozir.org
Dostları ilə paylaş: |