Didaktika ta'lim nazariyasi



Yüklə 155,07 Kb.
səhifə4/7
tarix22.12.2023
ölçüsü155,07 Kb.
#190658
1   2   3   4   5   6   7
GULI

Xususiy metodika alohida predmetlarni o‘qitishda ta’limning turli shakl va vositalarini qo‘llanishining o‘ziga xosliklarini aniq hisobga olishda didaktikaga yordam beradi.


2. Didaktikaning maqsad – vazifalari va asosiy tushunchalari
Didaktikaning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat.
Bularning barchasi o‘qituvchining ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarini amalga oshirishida o‘z aksini topmog‘i lozim. Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim jarayonida o‘qituvchi o‘z ta’lim oluvchilariga qo‘lga kiritilgan bilimlarni o‘rgatadi. O‘kuv faoliyatida ularni ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradi. SHu bilan bir paytda u ta’lim oluvchilarda dunyoqarash va axloq me’yorlarini hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlarni shakllantiradi, ularning bilish faolligini oshiradi. O‘qituvchining faoliyati ta’lim oluvchi shaxsining maqsadga muvofiq shakllanishiga katta imkoniyatlar ochib beradi. YAnada aniq qilib aytsak, butun o‘quv jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda ta’lim oluvchilar bilan birgalikdagi faoliyatni tashkil etadi. Ta’lim oluvchilarga qiyinchiliklarni engib o‘tishda yordam beradi hamda ularning bilimlarini va butun ta’lim jarayonini tashxis qiladi. O‘z navbatida ta’lim oluvchilarning faoliyati o‘quv jarayonida o‘rganishga, bilim, ko‘nikma hamda malakalarni egallashga, o‘zini jamiyatga foydali faoliyatga tayyorlashga yo‘naltiradi. Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarning faoliyati ko‘p qirrali yo‘nalgan harakatni ifodalaydi va bu harakat bilishga doir vazifalarni hal qilishda ularga katta yordam beradi.

1.2 Didaktika- pedagogik ta'lim nazaryasi sifatida mavzusini o'rganishda suhbat metodining ahamiyati
Didaktik o’yinlar qoidali o’yinlar jumlasiga kiradi va rolli o’yinlarni rivojlantirish predmeti hisoblanadi. Bunday o’yinlar asosini bilishning u yoki bu mazmunini, o’yinning borishi belgilaydigan harakatlarni bajarishga qaratadigan aqliy va irodaviy urinishini tashkil etadi. Didaktik o’yinlarda asosiy fikrlash jarayonlari - tahlil qilish, taqqoslash, xulosa chiqarish va hokazolar takomillashadi.
Didaktik o’yinlar ta'lim jarayonida bolalarni o’qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O’yin paytida bolaning ijobiy ish faoliyatini kuchaytiradi, ixtiyoriy diqqatini, xotirasini takomillashtiradi. O’yinda o’quvchilar o’zlari sezmagan holda juda ko’p harakatlarni, mashqlarni bajaradilar, turli masalalarni yechadilar.

Didaktik o`yinlarga qo’yiladigan talablar:


1. Didaktik o’yinlar o’quv predmetlari bo’yicha dastur materialiga muvofiq yo’sinda tanlanishi lozim.
2. Didaktik o’yin unda qatnashuvchilarga bilimlar bo’yicha ma'lum talablar qo’yiladigan yo’sinda ishlab chiqilishi kerak.
3. Didaktik o’yinning muvaffaqiyatli o’tishi uning maqsadini yaqqol aniqlashiga bog’liq. Chunki bunda o’quvchilarning fikrini maqsadli yo’nalishga solish, ularning ishini bajarishga qiziqishini oshirish imkoniyati tug’iladi.
4. O’yinlarni tanlashda ma'lum izchillikka rioya qilish ham zarur. Mazmunan qiyin o’yinlardan oldin osonroq o’yinlarni o’tkazib, o’quvchilarni navbatdagi o’yinlarga puxtaroq tayyorlash juda muhimdir. Shu tariqa tahlil, sintez, taqqoslash, tasniflashda mavhumlashtirish, muayyanlashtirish, umumlashtirish singari aqliy operatsiyalarni asta-sekin murakkablashtirib borish shart.
5. Didaktik o’yinlarning qoidasini va tashkil etilishini tuzish va ishlab chiqishda o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini, ularning turli (bo’sh va kuchli, faol va loqayd) guruhlarini hisobga olish kerak.
6. O`yinning qoidalari sodda, aniq bo’lishi va yaqqol ifodalanishi lozim.
7. Har bir o’quvchi butun o’yin jarayonida faol ishtirok etishi, o’z "navbatini" uzoq kutish o’yinga qiziqishni susaytirishi mumkinligini unutmaslik kerak.
8. Har bir o’yinga umumiy va yakka tartibda yondashish, undagi topshiriqlarning qiyinlik darajasini va qanchasi mustaqil holda bajarilishini hisobga olish kerak.
Ma’lumki, bоlalar оdatda jim utira оlmaydilar va dоimо harakatda buladilar. O`yin bоlalarning tabiiy hamrоhi bo`lib, ularga mamnunlik va quvоnch baхsh etadi. Bоlalar o`yin оrqali dunyoni, ya’ni tеvarak-atrоfni biladilar, mеhnat qilishni o`rganadilar, ya’ni tarbiyalanadilar. Ular o`yinlarda o`zlari sеvgan qahramоnlar qiyofasi va hоlatiga kirib, rоstgo`ylik, ziyraklik, chaqqоnlik, bardоshlilik, tadbirkоrlik va g`alabaga intilish kabi fazilatlarni namоyish qiladilar.
Bоlalarning barcha o`yinlari o`ziga хоs jоzibaga ega va shuning uchun ular zo`r ishtiyoq bilan o`ynaydilar. O`yin bоlalarning оrganizmida katta o`zgarishlar ro`y bеrishiga ham sabab bo`ladi. O`yinda vujudga kеladigan vaziyatlar bоlalardan turli masalalarni tеzkоrlik "bilan hal etishni talab qiladi. Shunday paytlarda bоla o`zining barcha imkоniyatlarini ishga sоlib, mushkul ahvоldan qutulishga turishadi.
Shuning uchun o`yinlar bоlalarning usishida muhim o`rin tu- tadi, ularni mustaqillikka undaydi.
O`yin qоidalari asrlar davоmida хalq tоmоnidan yaratilgan, binоbarin O`yinning tarbiyaviy ahamiyatiga ko`prоq e’tibоr bе- rilgan. Shunga ko`ra marоh bilan ko`p o`ynaydigan bоlalar zеhni o`tkirligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa bоlalar jamоa bo`lib; o`ynashda bir-birining tartibsizligini, g`irrоm o`ynayotganini darrоv o`ziga aytadilar. Bu bilan bоlalar haqqоniylikka оdatlanadilar. "O`yin davоmida bоlalar uz kamchiliklarini yo`qоtishga harakat qiladilar. Bоshqalarga nisbatan aqlli, chaqqоn, kuchli va hоzirjavоbrоh bo`lishga intiladilar. Shu sababli bоlalar ko`pincha birgalashib uynashni yoqtiradilar va bunday paytlarda ularning o`rtоqlik, bir-birini himоya qilish, jamоachilik kabi fazilatlari rivоjlanadi.
O`yin bоlalar o`zini o`zi idоra qilishi, o`z imkоniyatlarini, bilag`оnligini tеkshirishining bir yo`li hisоblanib, har хil O`yinlar ularning tarbiyalanishida muayyan darajada yordam bе- radi.
O`yinlarda bоlalar o`zini o`zi tarbiyalashi tabiiy vaziyatda amalga оshadi. Bоlalar bоdshqa faоliyatlarida kursata оlmagan tirishqоqlik, talabchanlik, epchillik kabi sifatlarini o`yinlar­da yaqqоl namоyish qiladilar.
Bоlalar o`yinlarda o`zlarini erkin tutadilar va o`zlariga juda yuqоri talablarni qo`yadilar, qiyin vaziyatlardan o`zlaricha chiqishga harakat qiladilar. Tabiiyki, o`zicha harakat qilgan, o`ziga ishоngan оdam har qanday qiyinchilikni, mushkullikni еngishga qоdir bo`ladi.
O`yinlarda sho`хlik qilish, оrtiqcha hayajоnlanish bоlalar uchun tabiiy hоldir. Shuningdеk, ular tahlidchan bo`ladilar, хayolga kеlmagan narsalarni o`ylab tоpadilar. Shuning uchun ular chizmachilikdan didaktik O`yinlar o`tkazilayotganda plakat-chizmalardagi tasvirlar yoki mоdеllarni yuzaki idrоk qilib, bоshqa narsalarga uхshatishlari tabiiydir. Bоlalarning bu хususiyatlaridan fоydalanish maqsadida, dеtallarni hayotdagi narsalar­ga taqqоslash оrqali ularning mustahkam idrоk qilishiga erishish kеrak.
Umuman o`yinni go`dak bоladan tоrtib muysafidgacha uynashi mumkin. Lеkin оdamlar uz yoshiga mоs O`yinlarnigina o`ynaydilar. Masalan, bоlalar harakatli o`yinlarga, kattalar esa aqliy faоliyatni talab qiladigan o`yinlarga mоyil bo`ladilar.
Har хil o`yinlar mavjud va ular хalq pеdagоgikasining mahsuli bo`lib, o`qituvchilar ham dars jarayonida shu o`yinlarning ba’zi elеmеntlaridan samarali fоydalanishlari mumkin.
Ma’lumki, chizmachilik 7-8-sinflarda o`qitiladi va bu yoshdagi bоlalar o`yinning mazasiga tushungan, ya’ni o`yinqarоh bo`­ladilar. Shuning uchun darslarda tinch o`tirib chizmalarni chizishga sabr-tоqat qila оlmaydilar, tеzda tоliqa bоshlaydilar.
O`quvchilarning yuqоridagi хususiyatlarini o`rganib, chizmachi­lik darslarida o`yin elеmеntlaridan fоydalanishni lоzim tоpdik. Uqituvchi o`quvchilarning zеrikkanini sеzishi bilan 5—6 daqiqalik o`yin o`tkazishi kеrak. Chizmachilikdan o`tkaziladigan O`yinlar ijоdiy yondоshishni talab tsiladi. Shuningdеk o`qituvchi sinfdagi barcha o`quvchilar diqqatini qisqa muddatli O`yinga jalb qila bilishi zarur. Qisqagina o`yinda hamma o`quvchilar qatnasha оlmaydilar, ya’ni o`yin shartlariga javоb bеrishga ulgura оlmaydilar, albatta. Lеkin o`yinda ishtirоk etishga, fikrlashga intilishlari ularning butun his-tuyg`ularini ishga sоladi. O`yinning qiziqarli, jоnli va samarali o`tishi ko`prоq uqituvchining mahоratiga bоg`liqdir.
O`qituvchi bоlalar psiхоlоgiyasiga aynan muvоfiq o`yin elе­mеntlaridan fоydalansa, chizmachilik o`qituvchisi aytishicha, har bir darsda ko`zlangan maqsadga erishishi mumkin. Bоrdi-yu, bu ishga lоqayd qarab o`yinlarni sust, zavhsiz o`tkazsa, bоlalarning o`yinlarga qiziqishi yo`qоlishi, o`yinlar hеch qanday samara bеrmasligi shubhasizdir. Shuning uchun o`qituvchi har bir o`yinga tayyorlanishda uning bоlalarda zavq-shavq uyg`оtishini hisоbga оlishi kеrak. Har bir o`yin bоlalar uchun qiziqarli va muayyan maqsadga qaratilgan bo`lishi lоzim. O`yinda bеriladigan savоllar ham, unga qaytariladigan javоblar ham juda qisqa, aniq bo`lishi maqsadga muvоfiqdir.
Didaktik o`yinlar sоddadan-murakkabga printsipida, o`quvchilarning aqliy ishlashini faоllashtirishga mo`ljallab tuzilgan. Bunda o`quvchilarning tafakkurini, fazоviy tasavvur qilish qоbiliyatlarini o`stirishga ham jiddiy ahamiyat bеrilgan.
Оdatda o`quvchilar an’anaviy darslarda оlgan bilimlar еtarli darajada puхta bo`lmaydi va o`quvchilar ularni muayyan sharоitda tatbiq qila оlmaydilar. Masalan 7—8- sinflarda chiz­machilik bo`yicha o`zlashtirgan bilimlarini оliy o`quv yurtida namоyish qila оlmaydilar. Chizmachilik darslarida didaktik o`yin­lar qo`llansa, o`quvchilarning bilimi mustahkam bo`ladi, dеgan umiddamiz. Chunki o`yinda faоl qatnashgan o`quvchi bilimni hayajоn va zavq-shavq bilan o`zlashtiradi. Bunday bilim puхta bo`lib, o`quvchining хоtirasida ko`p yillar saqlanadi va kеzi kеlganda o`quvchi uni eslaydi va amalda qo`llaydi. Didaktika (ta’lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» “o‘rgatuvchi”, «didasko» esa – “o‘rganuvchi” ma’nosini bildiradi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolar)ni o‘rganuvchi fan. Bu so‘z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi Volfgang Ratke (1571-1635 yillar) tomonidan kiritildi. Bu tushunchani shunga o‘xshash usulda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592- 1670 yillar) “Buyuk didaktika” nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, deb ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim ta’lim nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning ko‘rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so‘z yuritadi. Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi. Pedagogika fani ta’lim va tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida o‘rganadi. Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasini ajratib ko‘rsatadilar. Hozirgi davrda didaktika o‘qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi. Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo‘yicha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud. Ularning mazmuni ta’limning ma’lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o‘rganish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o‘qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur. Didaktika predmetini aniqlash bo‘yicha turli qarashlar ilgari surilgan. qarashlarning turlicha bo‘lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog‘liq. Ko‘pchilik olimlar ta’lim obyekt deb o‘qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko‘rsatadilar. Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etadi. Ta’lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta’limiy faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi - o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv materiali, o‘quvchi - boshqa o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi. Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy hisoblanishi kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o‘quvchining o‘quv materialiga bo‘lgan munosabati, ya’ni, bilimlarni o‘rganish munosabatini asosiy deb e’tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko‘p. Darhaqiqat, o‘qish, o‘rganishi ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologiya nuqtai nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga pedagogik, ya’ni, ijtimoiy tajribani berish, o‘rgatish nuqtai nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat – ikki shaxs (o‘quvchi va o‘qituvchi) o‘rtasidagi munosabatlar yetakchi o‘rin egallashi lozim ekanligi anglanadi. Didaktika predmetini mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash ta’lim-tarbiya jarayonini yaxlit o‘rganish zarurligini ilgari suradi. Ta’limning tarbiyaviy vazifalari o‘quvchining bilimni o‘zlashtirishlarini ta’minlabgina qolmay, shaxs xususiyati, uning rivojlanishi, ma’lum ma’naviy-axloqiy sifatlarni o‘zlashtirishi, fe’l-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shartsharoitni yaratishdan iborat. Didaktikaga ta’limning mazmunli va jarayonli jihatlarini birgalikda o‘rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o‘rganish obyekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish obyekti sifatida qaraydi. Umumiy didaktikaning predmeti dars o‘tish (o‘qituvchi faoliyati) va bilim olish (o‘quvchining o‘rganish faoliyati)ning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi hisoblanadi. Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat: - ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta’riflash va tushuntirish; - ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish; - ta’lim jarayoni uchun xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta’riflash. Didaktika nazariy va bir vaqtning o‘zida meyoriy-amaliy fan. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o‘rganish, uning turli jihatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir. O‘zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo‘naltirish, ta’limini jamiyat tomonidan qo‘yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo‘llash meyorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-meyoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi. Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar tizimi. Muayyan fanga xos bo‘lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to‘plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi: falsafiy tushunchalar; xususiy ilmiy, ya’ni, muayyan fangagina xos bo‘lgan tushunchalar. Didaktika uchun “umumiy va alohida”, “mohiyati va hodisa”, “qarama-qarshilik”, “bog‘liqlik” kabi falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktikada qo‘llaniladigan umumiy-ilmiy tushunchalar orasida “tizim”, “tuzilma”, “vazifa”, “element” kabilar alohida o‘rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi: ta’lim - o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon; dars – bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli; bilim olish – idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni; ta’lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. o‘quv fani – ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan hamda o‘zida muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba. ta’lim mazmuni – davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati. Didaktikada “idrok etish”, “o‘zlashtirishi”, “mahorat”, “rivojlanish” va boshqalar (psixologiya) hamda “boshqarish”, “qayta aloqa” (kibernetika) kabi turdosh fanlarga xos bo‘lgan tushunchalar ham qo‘llaniladi. Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam yangilanib va to‘ldirilib borilmoqda. Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: dars, bilim olish, ta’lim, bilim, ko‘nikma, malaka, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, ta’lim jarayoni, ta’lim jarayonini tashkil etish, ta’lim turlari, shakllari, metodlari va vositalari, ta’lim natijasi. So‘nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda. 1) bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui; 2) bilim olish – idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni; 3) ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati; 4) malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli; 5) ta’lim – o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon; 6) ta’lim metodlari – ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmui; 7) ta’lim mazmuni – shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati; 8) ta’lim vositalari – ta’lim samaradorligini ta’minlovchi obyektiv (darslik, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproyektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshqalar) va subyektiv (o‘qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar; 9) ta’lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; 10) ta’lim mazmuni – davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati; 11) ta’lim maqsadi (o‘qish, bilim olish maqsadi) – ta’limning aniq yo‘nalishini belgilab beruvchi yetakchi g‘oya; 12) ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) – ta’lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi; 13) ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash; 14) ta’lim tizimi – yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o‘quv-tarbiya muassasalari majmui. Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari. Ta’lim jarayoni psixologikpedagogik konsepsiyalar (ular aksariyat hollarda didaktik tizimlar ham deb ataladi) asosida tashkil etiladi. Didaktik tizim (yunoncha «systema» – yaxlit qismlardan tashkil topgan, birlashtirish) – ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning yaxlit holatini belgilash, ajratib ko‘rsatish demakdir. U ta’limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini ifodalaydi. Tadqiqotchilar mavjud didaktik konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib quyidagi guruhlarga ajratadilar: an’anaviy; progressiv; zamonaviy. Ta’lim nazariyasida Y.A.Komenskiy, I.Pestallotsi va I.Gerbartlarning didaktik konsepsiyalari muhim ahamiyatga ega. An’anaviy didaktik tizimning yaratilishi nemis faylasufi, psixolog va pedagog I.F.Gerbart (1776-1841 yillar) nomi bilan bog‘liq. U Y.A.Komenskiyning sinf-dars an’anaviy tizimini tanqidiy nuqati nazardan qayta asoslab, etika va psixologiyaning nazariy yutuqlariga tayangan holda ta’lim tizimini yaratdi. I.F.Gerbart ta’lim tizimining asosiy belgisi quyidagilardan iborat. o‘quvchilarning intellektual rivojlanishini ta’minlash maktabning asosiy vazifasi; bolani tarbiyalash esa oilaning vazifasidir. Progressiv (pedotsentrik) tizim bolaning bilim olishida faoliyatining asosiy rol o‘ynashini e’tirof etadi. Mazkur tizim asosini D.Dyui tizimi, G.Kershteynning mehnat maktabi, V.Lay nazariyalari tashkil etadi. Zamonaviy didaktik tizim. XX asrning 50-yillarida psixolog va pedagog B.Skinner qismlarga bo‘lingan axborotlarni yetkazish, bu jarayonni muntazam nazorat qilish asosida materialni o‘zlashtirishda samaradorlikka erishish g‘oyasini ilgari suradi. Mazkur g‘oya keyinchalik dasturiy ta’lim deb ataladi. Keyinchalik N.Krauder nazorat natijalariga qarab o‘quvchiga mustaqil ishlash uchun turli materiallarni taklif etadigan tarmoqlashtirilgan dasturlarni yaratdi. D.Dyuining nazariy g‘oyalari muammoli ta’limning asosi bo‘lib qoldi. Bugungi kunda muammoli ta’lim deb nomlanuvchi, ushbu g‘oya o‘qituvchi rahbarligi ostida muammoli vaziyatni yaratish va ularni hal etishda o‘quvchilarning faollik va mustaqilliklarini ta’minlashga erishishni nazarda tutadi. Muammoli ta’limning vazifasi faol o‘rganish jarayonini rag‘batlashtirish, o‘quvchilarda fikrlash, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. L.V.Zankovning (1901-1977 yillar) rivojlantiruvchi ta’lim konsepsiyasi XX asrning 50- yillarida keng tarqaldi. Uning g‘oyalarini amalga oshirish ta’lim jarayoniga insonparvarlik g‘oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi. Psixolog L.S.Vo‘gotskiy (1896-1934 yillar) tomonidan 30-yillarda ilgari surilgan “Yaqin rivojlanish zonasi” g‘oyasi ham muhim ahamiyatga ega. Unga ko‘ra bola kattalar yordamida bilim olib, o‘zi mustaqil bajara olmagan ishlarni bajara boshlaydi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi +onunida ta’lim va tarbiyani insonparvarlik, demokratik g‘oyalarga muvofiq tashkil etilishi e’tirof etilgan. Ta’limni insonparvarlashtirish ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsini hurmat qilish, uning sha’ni, obro‘si, qadr-qimmatini poymol etmaslik, mavjud iste’dodini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Yüklə 155,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin