Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
axloqiy konsepsiya», yangicha dunyoqarashga asos bo'lgan MAFKURA deb hisoblaydilar. Yangi mafkuraning o'zagini «inson aqlu zakovatigina dunyoni o'zgartirishi mumkin», degan qarash tashkil etadi. Darhaqiqat, ma’rifatchilik g'oyalari ijtimoiy ongning keyingi taraqqiysiga jiddiy ta’sir ko'rsatdi: XYIII asrdan boshlab
moddiyunchilik (materialistik) qarashlari tobora ko'proq kishilaming ongini zabt eta boradi. Muayyan ijtimoiy sharoit mahsuli sifatida dunyoga kelgan bu mafkura jamiyat hayotining barcha sohalarida, ayniqsa, adabiyot va san’atda tub burilishlar yasadi. Yevropada ma’rifatchilik g‘oyalari ta’sirida yangicha estetik prinsi plarga tayangan adabiyot shakllandiki, uning asosida «dunyoni va insonni o‘zgartirishga qodir g‘oyaviy adabiyot kerak», degan aqida yotadi. Ya’ni, boshqacha aytsak, ma’rifatchilaming ijtimoiy ideali - «inson tabiati va «aql»ga muvofiq jamiyat qurish» ma’rifatchilik adabiyotining estetik idealiga aylandi. Bu esa adabiyotning-da shunga muvofiq holda o‘zgarishini taqozo qildi. Mazkur o‘zgarishlar orasida eng muhimi — idealning «yerga tushgani»dirki, buning natijasi o‘laroq badiiyat, go‘zallik tushunchalariga ham jiddiy tahrirlar kiritildi. Jadidchilar kabi ma’rifatchilar ham adabiyotda avvalo o‘quvchilami tarbiyalash asosida ijtimoiy hayotni isloh qilish vositasini ko‘rganlar. Shu bois ham ma’rifatchilik adabiyotidagi qator jihatlar jadid adabiyotidagi tamoyillami esga soladi. Badiiy adabiyotga konkret maqsadga erishish vositalaridan biri sifatida qaraganlari uchun ham ma’rifatchilarning asarlarida ko‘pincha qahramonlar orasida ochiq g‘oyaviy kurash kechadi, qahramonlar tilidan muayyan g‘oyalar