estetik hodisalari (badiiy adabiyotdagi yangiliklar, yangi adabiy-estetik tamoyillarning vujudga kelishi, yangi janrlarning paydo boMishi, adabiyotning real hayotga yaqinlashuvi, uning ijtimoiylashuvi va h.k.), adabiyotning u yoki bu yo‘nalishda rivojlanishiga ta’sir ko'rsatgan ichki va tashqi omillar (ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat, madaniy- ma’rifiy sharoit, adabiy aloqalar, adabiy an’ana va yangilik munosabati) - qisqasi, badiiy adabiyotga bevosita yoki bilvosita aloqador bo'lgan barcha narsa-hodisalar, jarayonlar nazarda tutiladi. Agar badiiy adabiyotning eng qadimgi davrlardan to hozirgacha kechayotgan uzluksiz rivojlanish jarayoniga nazar solinsa, bu jarayon kishilik jamiyatining taraqqiysi, uning ijtimoiy-iqtisodiy, umummadaniy va umumma’rifiy rivojlanishi bilan baqamti kechayotgani ko'riladi. Shu bois ham adabiyotshunos muayyan davr adabiy hodisalarini o'rganganda, ijtimoiy-tarixiy sharoitni albatta
e’tiborga oladi, chunki har bir davr adabiyotining rivojlanish darajasi, undagi turfa adabiy hodisalar ko‘p jihatdan ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy-tarixiy sharoit deganda, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, umummadaniy va umumma’rifiy holati tushuniladiki, bular bari badiiy adabiyot taraqqiyotining tashqi omili sanaladi. Ma’lumki, jahon hamjamiyatiga kiruvchi turli millatlaming ijtimoiy taraqqiyot darajasi turlicha bo'lib, bu narsa milliy adabiyotlar taraqqiy darajasida ham o‘z aksini topgan. E’tiborli jihati shundaki, umuman kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlariga xos ijtimoiy-tarixiy sharoit har bir konkret jamiyat rivojida mohiyatan o‘xshashdir. Shunga ko‘ra milliy adabiyotlar taraqqiyot bosqichlarida