devor»da yumoristik ruh ustivorlik qiladi. Yuqoridagi asosiy janrlardan tashqari kichik dramaturgik janrlar, shuningdek, turli janr modifikatsiyalari ham mavjud. Jumladan, janr modifikatsiyasi sifatida musiqali drama, musiqali komediyalar ko'rsatilishi mumkin. Musiqa jo'rligida ijro etishga mo'ljallangani, dialog va monologlar o'rnini qisman vokal ( ariya va duetlar) egallashi ulaming o'ziga xosligini, sintetik san’at namunasi ekanligini ko'rsatadi. Ayrim san’at turlarining, ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi natijasida dramatik turning yangi janrlari paydo bo'ldi, borlari faollashdi. Masalan, estrada san’atining rivoji natijasida monolog janri dunyoga keldi, qo'g'irchoq teatrlari rivoji va modernizatsiyasi uning uchun yoziladigan pesalarni faollashtirdi, televideniyening rivoji esa intermediya janrini faollashtirdi. Tayanch so'z va iboralar:
dramatik syujet ijro imkoniyatlar makon va zamonning cheklangani shartlilik tragediya tragik konflikt tragik holat tragik qahramon komediya drama
1. Dramatik asarning badiiy tomonlarini belgilovchi eng muhim xususiyat qaysi? Dramaga xos “shartlilik”ni qanday izohlaysiz? 2. Dramatik asarning o'qilishi va sahna talqini (spektakl) orasidagi farqni tushuntiring. Epik asar bilan uning sahna varianti (inssenirovka) bir-biriga teng bo'la oladimi? Nima uchun? Buni konkret misol bilan tushuntiring. 3. Dramatik asarlarni janrlarga ajratishda nimaga asoslaniladi? Tragediyaning janr xususiyatlarini “Mirzo Ulug'bek” tragediyasi yordamida tushuntiring.