Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
drama («drama» atamasi ham adabiy tur ma’nosida, ham o'sha turning bir janri ma’nosida qo‘llaniladi) ko'rsatiladi. Dramatik asarlarni janrlarga ajratishda ulaming asosiy estetik belgilariga tayaniladi. Tragediyaning asosiy estetik belgisi — tragiklik, komediyaning asosiy estetik belgisi — komiklik, dramaning asosiy estetik belgisi dramatiklik sanaladi. Aytish kerakki, adabiyotshunoslikka oid ishlarda biz «asosiy estetik belgi» deb atagan narsa ko‘proq pafos deb yurtiladi. Pafos deganda, tasvirlanayotgan xarakterlarni milliy va umuminsoniy ahamiyatini e’tiborda tutgan holda g‘oyaviy-hissiy idrok etish hamda baholash natijasi o'laroq yuzaga kelgan, asarning butun to'qimasiga singdirib yuborilgan ruh tushuniladi. Bu jihatdan qaralsa, tragediya tragik pafos bilan, komediya satirik yoki yumoristik pafos bilan, drama dramatik pafos bilan yo'g'rilgan bo‘ladi. Pafos atamasini qo‘llashdagi ma’no turlichaligini e’tiborga olib, biz «asosiy estetik belgi» tushunchasini qo'llashni ma’qul ko'ramiz. Tragediya (gr.- «echki qo'shig'i») qadimdayoq shakllangan dramatik janr bo'lib, genetik jihatdan u ma’bud Dionisning o'limi va qayta tirilishi munosabati bilan ijro etilgan marosim qo'shiqlari asosida yuzaga kelgan. Tragediyaning janr xususiyatlari tragik konflikt, tragik holat va tragik qahramon tushunchalari bilan belgilanadi. Tragik konflikt deganda mohiyatan yechimi yo'q, mavjud sharoitda hal qilib bo'lmaydigan ziddiyat tushuniladiki, u har vaqt qahramon ongida kechadi. Qadimgi tragediyalarda konflikt shaxs va taqdiri azal o'rtasida (mas., «Shoh Edip») kechgan bo'lsa, keyinroq bu konflikt
tomonlarining ikkinchisi o‘zgardi: taqdiri azal o‘mini endi shaxsdan