Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
yaroqli «Mirzo Ulug‘bek», «Jaloliddin Manguberdi» tragediyalaridan binning markaziga shoh, ikkinchisining markaziga sarkarda chiqarilgan. Tragediya janr problematikasi nuqtai nazaridan turlicha: bu janrga mansub asarlarda ma’naviy-axloqiy («Shoh Edip», «Qirol Lir»), millatning tarixiy taqdiri («Jaloliddin Manguberdi») yoki romanga xos problematika («Mirzo Ulug‘bek») badiiy talqin qilinishi mumkin. Tragediya janri o‘zining faolligini yo'qotgan sanalib, zamonaviy
dramaturgiyada bu janr deyarli ishlanmaydi, biroq tragiklik badiiy adabiyotda estetik kategoriya (pafos) sifatida saqlanib qolgan. Realizm bosqichiga yaqinlashgan sari dramaturgiyada tragediya o‘mini, yetakchilik mavqeini drama egallay boshlaydi. Drama 0
‘zining mavzu jihatidan turfaligi, turfa hayotiy ziddiyatlami badiiy talqin qilish imkoniyatlarining kengligi bilan xarakterlanadi. Dramaning tragediyadan farqi shundaki, tragik konflikt qahramon ruhiyatida kechsa, dramatik konflikt qahramon bilan tashqi kuchlar orasida kechadi. Ayni paytda, dramadagi konflikt ham juda keskin bo‘lishi, qahramonni iztirobu qiynoqlarga solishi va oxir-oqibat halokatga olib borishi mumkin. Biroq bularning bari tashqi kuchlar bilan to'qnashuv natijasi o'laroq sodir bo'ladi, asar markazida dramatik konflikt turadi. Masalan, «Nurxon» musiqali dramasida eskilik va yangilik orasidagi kurash qahramon ruhiyatida emas, uning boshqa personajlar bilan to'qnashuvida namoyon bo'ladi va ayni shu ziddiyatlar Nurxonning o'limiga olib keladi. Drama turli mavzulami, xarakter va ziddiyatlami badiiy talqin qilishga keng imkoniyatlar ochishi, real hayotga yaqinligi bilan dramatik janrlar orasida alohida