Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


yuqori turuvchi oliy ma’naviy kuchlar (bunda yozilmagan, biroq



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

yuqori turuvchi oliy ma’naviy kuchlar (bunda yozilmagan, biroq
inson hayotini muayyan tartibga soluvchi ma’naviy qonun-qoidalar,
masalan, burch hissi kabilar nazarda tutiladi) egallaydi. Tragik konflikt
asosida yuzaga keluvchi tragik holatning mohiyati shundaki, qahramon
tashqi kuchlar bilan emas, o‘zi bilan o‘zi olishadi, mana shu olishuv
oqibati oiaroq chuqur ma’naviy iztirob, ruhiy qiynoqlarga duchor
bo'ladi. 0 ‘zining foje holatida ham maqsad sari intilishlik, ruhiy
iztiroblaru qiynoqlarga qobillik tragik qahramonga xos xususiyatdir.
Tragik qahramon qarshisida erkin tanlov imkoniyati mavjud — u
maqsaddan voz kechishi, oson yo‘lni tanlashi mumkin, biroq u
bunday qilmaydi, 
0
‘zining jisman yoki ma’nan halokatga uchrashi
mumkinligini bilgan holda ham maqsadidan, e’tiqodidan qaytmaydi.
Xuddi shu asosda tragik qahramonning xarakter kuchi, uning
favqulodda shaxsligi namoyon boMadi. Masalan, Edip yoki Gamletni
oling: ulaming ikkisi ham yuqorida tavsif etilgan yo‘ldan boradi. Deylik,
Edip yurt boshiga kelgan ofatning sababchisi o‘zi boMishi
mumkinligini sezganidayoq taftishni to‘xtatishi, «yopiqliq qozon
yopiqligicha» qolaverishi mumkin edi. Biroq u — tragik qahramon —
chekiga tushgan iztirobu qiynoqlar qadahini tubigacha sipqoradi.
Realizm bosqichigacha yaratilgan tragediyalarda tragik qahramon sifatida
ko‘proq mifologik personajlar, shohlar, shahzodalar, malikalaru
sarkardalaming olinishi ham bejiz emas, zero, 
0
‘zining foje holatini
idrok eta olish, qalbiyu ongida ma’naviy-ruhiy iztiroblami kechira
olish, shunda-da ruhan sinmay maqsad tomon yurishlikka o‘rtamiyona
odamlarning chogM kelmaydi. Shu bois ham XX asr o‘rtalarida
yaratilgan adabiyotimizdagi tragediya janri talablariga toMa javob berishga

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin