va Nurxonning Samarqanddagi kvartirasida kechadi; «Yorqinoy»
dramasidagi voqealar esa besh joyda: 0 ‘lmas botiming qo‘rg‘on
boqchasi, boshqa bir boqcha, Nishobsoy begining boqchasi, shu
bekning haram uylaridan biri, Po'latning qarorgohi va xon saroyida
kechadi. Odatda, bir parda davomida sodir bo'luvchi voqealarning
bitta joyda kechishini, syujet voqealari ayni shu joylar bilan bog‘liq
holdagina rivojlanishini e’tiborga olsak, bu narsa dramatik asarning
syujet qurilishini belgilaydigan asosiy omil bo'lib qolishi anglashiladi.
Dramaturgda asarda jonlantirmoqchi bo‘lgan hayot materialining
barcha unsurlarini ham sahnada qayta yaratish imkoniyati mavjud
emas. Shunga ko‘ra, dramatik asar awalboshdanoq «shartlilik» kasb
etadi. Ya’ni muallif mavjud ijro imkoniyatlaridan foydalanib, ayrim
ishoralar orqali tomoshabin (o‘quvchi) tasawurida ko‘p narsalarni
uyg‘otishi, bevosita sahnada jonlantirilishi mumkin bo‘lgan voqealami
to‘ldirishi zarur bo‘ladi. Masalan, avtor remarkalarida «sahna ortida
otlar dupuri, qilichlar jarangi», «sahna ortidan keskin to'xtagan
mashina ovozi eshitiladi» qabilidagi ishoralar beriladi, ularning
yordamida sahnada jonlanmagan narsani shartli (ya’ni o‘quvchi
tasawuridagina) jonlantirish mumkin bo‘ladi. Shunga o'xshash,
syujetga kiritishning imkoni bo'lmagan voqea haqida personajlar tilidan
muxtasar hikoya qilinishi ham shartlilikning tag‘in bir ko‘rinishidir.
0 ‘z navbatida bu shartlilik personaj nutqiga ham ta’sir qiladi: deylik.
personajlaming har ikkisi ham o‘sha voqeadan xabardor, shunga
qaramay, ulaming «suhbati» o'quvchi (tomoshabin)da tasawur hosil
qilish uchun zarur va shu zaruriyat suhbatni tabiiylikdan chiqishiga,
shartlilik kasb etishiga olib keladi. Umuman, tafsilotlami ko'proq shu
Dostları ilə paylaş: |