lirik meditatsiya mavjud. Boshqacha aytsak, shoir o'zi tavsiflayotgan
yoki tasvirlayotgan narsa-hodisalar, tabiat manzaralarida kechinmalarini, o‘y-fikrlarini suratlantiradi. Masalan, Shavkat Rahmonning «Tong ochar ko‘zlarin erinib», «Tun gurkirab o‘sar yobonda», «Оу sinig‘i to‘la suvloqqa...» kabi bir qator she’rlarida ayni shunday holatga duch kelamiz. Misol tariqasida uning «Tungi manzara» she’riga diqqat qilaylik: 0 ‘rmonlar jim, yig‘lamas shamol, soy sayramas, baqalar jimdir, ingroqlarga to‘lib ketgan tun - g‘amgin qo‘shiq aytadi kimdir. Otim o‘lgan, qilichim singan, majaqlangan sovut qalqonim, kim tashladi meni bu chohga, qayda qoldi yorug‘ osmonim! Qayerdanman, qayga borarman, qora zindon naqadar chuqur, faqat toqning burjidagi oy - tuynukchadan tushar xira nur. Barcha azob kamlik qilganday soy sayramas, baqalar jimdir, go‘yo mazax qilganday goh-goh yopib turar tuynukni kimdir... Mazkur she’rda lirik qahramon ruhiyatidan o‘tkazib berilgan tabiat tasvirida uning kayfiyati, kechinmalari, o‘y-fikrlari o‘z aksini topgan. Lirik qahramon o‘zini asirlikdagi bahodirdek sezadi, tun tasviri uning ruhiyatidagi shu sezgini kuchaytirib ifodalaydi. She’ming kuchi shundaki, lirik qahramonning konkret holatdagi kayfiyati o‘quvchi ruhiyatida shunga monand turfa kayfiyatlarni hosil qilishga, shu kayfiyat asosida ko‘nglidan kechinmalar bo‘hronini, ongidan o‘y- fikrlar oqimini o‘tkazishga imkon beradi. Aslida shoiming tub maqsadi tabiat manzarasini chizishgina emas, shu bois u konkret manzarani