hozirgi adabiyotni o'rganish bilan cheklanmaydi, u, ayniqsa nazariy masalalami o'rganish va xulosalar chiqarish jarayonida, umuman jahon adabiyoti materialiga tayanadi. Shunga ko'ra, o'zbek she’riyatida qo'llanilgan she’riy janrlarni, bizningcha, tubandagicha janr turlariga ajratish mumkin: 1) shakl xususiyatlariga ko'ra (bandning tarkiblanishi, qofiyalanish tartibi va h.k.) ajraluvchi janrlar: g'azal, mustazod, tuyuq, ruboiy, taijiband, tarkibband, musammatlar. 2) anjumanga mo'ljallangan janrlar: nazira, badiha, muammo, chiston (lug'z); 3) xorijiy adabiyotlardan o'zlashgan janrlar: sonet, xokku, tanka, oktava, oq she’r, epigramma va h.; 4) hozirgi she’riyat janrlari: avtopsixologik lirika (uning ko'rinishlari sifatida meditativ lirika va intellektual lirika), ijroviy lirika, tavsifiy lirika, voqeaband lirika. Hoziigi she’riyatda qo'llaniluvchi janrlarni yuqoridagicha turlarga ajratar ekanmiz, biz ulaming shakl xususiyatlariga, biroq, mumtoz adabiyotdagidan farqli o'laroq, ichki shakl xususiyatlariga tayanamiz. Jumladan, avtopsixologik she’r deganda, biz lirik qahramon va shoir shaxsiyati munosabatidan kelib chiqamiz.
Avtopsixologik she’rlaming bir ko'rinishi sifatida olingan meditativ lirikaning predmeti shoir ko'nglidirki, bunda shoir ko'nglidan kechayotgan oniy kechinmalar, doim ham mantiqiy idrok etish va tushuntirish mushkul tuyg'ular ifodalanadi (shu bois ham hozirda buni «ko'ngil she’riyati» deb atamoqdalar). Umuman lirikaga xos bo'lgan lirik meditatsiya (hissiy mushohada, his-tuyg'uga yo'g'rilgan mushohada) meditativ she’riyatning asosini tashkil qiladi.