barida shakl xususiyatlari janmi belgilovchi asos bo'lib xizmat qiladi. Bu narsa, ayniqsa, musammatlarda (masnaviy, musallis, murabba’ va h.k.), mustazod, tarkibband, taijeband kabi janrlarda yana ham yorqinroq ko'rinadi. Bulardan ko'rinadiki, o'zbek mumtoz she’riyatida o'zining muayyan shakl belgilariga ega bo'lmish turg'un she’riy janrlar yetakchi o'rin tutgan. Shunisi ham borki, badiiy tafakkur taraqqiyotining muayyan bosqichida turg'un janr shakllarining yetakchi mavqe egallashi umuman jahon adabiyotida kuzatiladigan hodisadir. Masalan, yevropa adabiyotidagi sonet, rondo, rondel, tersina, oktava kabi shakllar fikrimizni dalillash uchun yetarlidek. Biroq badiiy tafakkur rivojining keyingi bosqichlarida jahon adabiyotida turg'un shakllarni inkor qilish, she’riyatning qat’iy
ramkalar doirasidan erkinlik tomon intilishi kabi umumiy tendensiya kuzatiladi. Buning natijasi o'laroq, lirik asarlarni janrlarga ajratishda endilikda shakl xususiyatlaridan, aniqrog'i, tashqi shakldan kelib chiqish imkoni yo'q. Shuningdek, lirikani janrlarga ajratishda faqat mazmundan kelib chiqish (ishqiy lirika, falsafiy lirika, siyosiy lirika qabilida ajratish) ham maqbul emas. Boz ustiga, bu holda janr mohiyatini buzib tushungan bo'lib chiqiladi. Zero, janr ma’lum bir mazmunni shakllantirish va ifodalashga xizmat qiluvchi shakl hodisasi ekanligi ayon haqiqatdir. Ma’lumki, klassik she’riyatimizda faol ishlatilgan ayrim turg'un janrlar (g'azal, ruboiy, qasida va b.), shuningdek, xorijiy adabiyotlardan o'zlashgan turg'un she’riy shakllar (sonet, rondo, tanka, xokku va b.) hozirgi she’riyatda, xususan, o'zbek she’riyatida ham oz bo'lsa-da qo'llaniladi. Buning ustiga adabiyotshunos faqat