xitoblami eslasak, mushtaraklik yana ham bo'rtib ko'zga tashlanadi. E’tiborli jihati shundaki, Yevropadagi ma’rifatchilik adabiyoti bilan jadid adabiyotining o'xshashlik jihatlari badiiy shakl bobidagi izlanishlarda ham ko'zga tashlanadi. Masalan, fransuz adibi Monteskening «Fors xatlari», ingliz yozuvchisi Goldsmitning «Dunyo fuqarosi yoki xitoylik kishi xatlari» nomli asarlarida Evropa voqeligi chet elliklar — birida fors, ikkinchisida xitoylik kishi nigohi orqali beriladi. Bu xil badiiy-kompozitsion usulga murojaat qilinishining sabablarini qo'ya turaylik-da, Fitratning «Munozara», «Hind sayyohi» asarlarida ham shu yo'ldan borilganini eslaylik. Yoki «Munozara»ning dialog shaklida qurilganini olaylik. Qadimgi yunon faylasuflari foydalangan bu shakl XYIII asrda ma’rifatchilar tomonidan tiriltirilgan, Didro, Lessing, Gerderlarning falsafiy- publitsistik asarlari (hatto Didroning «Ramo jiyan» romani)dan ayrimlari ayni shu shaklda yozilgan edi. Tabiiyki, mazkur masala maxsus o'rganilsa, bulardan boshqa ham mushtarak o'rinlar topilishi, ehtimol. Yuqoridagilardan ko'rinadiki, Yevropa ma’rifatchilik adabiyoti bilan jadid adabiyoti orasida qator o'xshashliklar mavjud. Buning sababi esa har ikki adabiyotni yuzaga keltirgan ijtimoiy-tarixiy omillar, har ikki harakat ko'zlagan maqsadlardagi o'xshashlik bilan izohlanadi. Badiiy adabiyotning taraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan ko'p jihatdan bog'liq bo'lgani holda, uni faqat shu sharoit bilan bog'lab tushunish, tashqi ta’sir ahamiyatini mutlaqlashtirish ham to'g'ri
boMmaydi. Deylik, badiiy adabiyot muayyan tarixiy bosqichlarda jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti darajasidan oldinlab ketishi yoki,