J u m a x o ja
N.
Milliy istiqlol mafkurasi va adabiy m erosi//0‘zbek tili va
adabiyoti. —1998 — №1. — B. 3—6.
7.
H a q q u l
I.
Mafkura - tafakkur va taraqqiyot tam ali//0‘zbek tili va adabiyoti.—
1998. №3. B.3-6.
8.
Потебня А.
Эстетика и поэтика—М., 1976.
9.
Борее Ю.В.
Эстетика -М ., 1988.
San’at tushunchasi. Amaliy va badiiy san’atlar. Badiiy adabiyot
- so‘z san’ati. Badiiy adabiyotning san’at turlari orasidagi o ‘m i va
о‘ziga xosligi. Badiiy adabiyotning boshqa san’at turlari bilan aloqasi.
0 ‘z vaqtida A bdurauf Fitrat: «San’at lug‘atda h u n ar
demakdirkim, bir narsani yaxshi ishlab chiqarishdan iboratdir»-
deb yozgan edi. Bir qarashda Fitrat «san’at» so‘zining ma’nosini,
san’atning mohiyatini jo ‘nlashtirayotgandek ko'rinishi mumkin. Biroq
e’tibor qilinsa, olim «yaxshi» so‘ziga ayricha urg'u berayotgani, unga
juda katta m a’no yuklayotgani anglashiladi. Xo‘sh, ko'chirmadagi
«yaxshi» so'ziga qanday ma’nolar yuklangan? Darhaqiqat, tilimizda
ishlatiluvchi «san’at» so'zining ma’no qirralari ancha keng. Masalan,
«rassomlik san’ati», «kulollik san’atini egallamoq», «yuksak san’at
bilan ishlangan» kabi birikmalaming har birida «san’at» so'zi turli
ma’no qirralarini ifodalaydi. Shunga qaramay, ularda «san’at» so'zi
ifodalayotgan ma’no qirralarini birlashtiruvchi umumiv nuqtalar
mavjudki, bu mazkur so'zning har uchala holda ham «go‘zallik»,
«mahorat», «did» tushunchalari bilan bog‘liqligidir.
“San’at” so‘zi jonli tilimizda nechog‘li keng ma’noda qo‘llanmasin,
tabiiyki, bizni uning lug‘aviy ma’nosi emas, istilohiy m a’nosi
qiziqtiradi. Istilohiy ma’noda «san’at» deganda insonning go‘zallik
qonuniyatlari asosida borliqni badiiy o‘zlashtirish(va o‘zgartirish)ga
qaratilgan yaratuvchilik faoliyati hamda uning natijasi o'laroq vujudga
kelgan narsalar jami tushuniladi. Demak, bu ma’noda tushunilsa,
go'zallik qonunlari asosida mahorat va did bilan yaratilgan narsalarning
hammasi san’atga aloqadordir. Shu bois ham biz «amaliy san’at» va
«badiiy(nafis) san’at» turlarini ajratamiz. Amaliy san’at turlariga
kulolchilik, naqqoshlik, kashtachilik, zardo‘zlik, modelerlik kabi
qator sohalarni kiritsak, badiiy san’atlarga rassomlik, musiqa,
haykaltaroshlik, kino, teatr kabilarni mansub etamiz. Modomiki
biz keng ma’nodagi «san’at» ichida amaliy va badiiy san’at turlarini
ajratar ekanmiz, ulaming umumlashtiruvchi va farqli jihatlari bo'lishi
lozim. Bu o'rinda umumlashtiruvchi jihat shuki, har ikkisi ham
go'zallik qonunlari asosida did va mahorat bilan yaratiladi. Farqli
jihatlariga kelsak, ulardan eng muhimi shuki, amaliy san’at mahsuloti
insonning moddiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilsa, badiiy san’at
namunalari insonning ma’naviy-ruhiy ehtiyojlarini qondirishga
qaratilgandir. Demak, amaliy san’at mahsuloti insonning kundalik
turmushda foydalanishini ko'zda tutadi, ayni paytda unga zavq beradi.
Masalan, kulol ishlagan piyola qanchalik nafis va go'zal bo'lmasin,
biz unda choy (umuman, ichimlik) ichamiz. Mohiyat e ’tibori bilan
nafis ishlangan piyola ham, jo'n piyola ham amaliy foydaliligi jihatidan
teng. Biroq nafis ishlangan piyola kishining choy ichishiga vosita
bo'lishidan tashqari unga zavq ham beradi, kayfiyatini ko'taradi.
Shunday bo‘lsa-da, zavq bag'ishlashlik piyolaning ikkilamchi
funksiyasi. Demak, amaliy san’at mahsulotining qimmati birinchi
navbatda foydaliligi bilan belgilanadi. Endi qiyos uchun, masalan,
qadim yunon haykaltaroshi yaratgan biror bir haykalni olaylik.
Haykalni yaratar ekan yunon undan amalda foydalanishni ko'zda
tutgan emas. Aytaylik, u o'zi topingan ma’budlardan birining haykalini
yaratdi. Haykaltarosh o'sha ma’budni avvalo o'zining tasawurida
yaratdi, ijodiy fantaziya quwati bilan tasawur qila olgani obrazda —
qotirib qo'yilgan lahzada ma’budining go'zalligi, qudrati, mehriyu-
qahrini ko'ra oldi, undan zavqlandi, hayratlandi, unga topindi va
ayni shu holatni toshda yo'nib muhrladi. Haykalni ko'rar ekan,
tomoshabin o'sha zavqni, hayratni o'ziga yuqtiradi, haykaldan boshqa
maqsadda foydalanishni o'ylamaydi ham. Ko'ramizki, haykal boshqa
bir odamning zavqiyu hayratini boshqa odamga ko'chirdi, uning
ruhiyatiga oziq berdi.
Yuqoridagidan ko'rinadiki, piyola ham, haykal ham go‘zallik
qonunlari asosida did va mahorat bilan yaratilgan. Ya’ni amaliy san’at
ham, nafis san’at ham estetik faoliyat mahsuli. Insonning go'zallik
qonunlari asosida borliqni o'zlashtirish va o'zgartirishga qaratilgan
faoliyati estetik faoliyat deb yuritiladi.
Estetik faoliyat inson hayotining barcha nuqtalarida o'zini
namoyon qiladi: kundalik turmushda, mehnatda, istirohatda va h.
Aytaylik, hovlisiga gulu rayhon o'tqazayotgan ayol, o'ziga oro
berayotgan qiz, daraxtlarga shakl berayotgan bog'bon, tabiat
manzarasidan zavqlanayotgan sayyoh, o'sha manzarani chizayotgan
rassom ... — bularning barida estetik faoliyat unsurlari u yoki bu
darajada mavjud. Biroq ular bir-biridan farqlanadi. Aytaylik, agar
piyola go'zallik qonunlari asosida kechgan mehnat faoliyati mahsuli
bo'lsa, haykal go'zallik qonunlari asosida kechgan ijodiy-ruhiy faoliyat
mahsuli. Anglashiladiki, estetik faoliyat tushunchasi badiiy ijod,
badiiylik tushunchalaridan keng ekan, zero, badiiy ijod estetik
faoliyatning bir ko'rinishi sifatida mavjuddir. Biz mutaxassis sifatida
ko'proq tor m a’nodagi «san’at» tushunchasi bilan ish ko'ramiz.
Tor ma’noda qo'llanilgan «san’at» so'zi badiiy san’atlami ko'zda
tutadi. Badiiy san’atlar deganda biz musiqa, raqs, rassomlik,
haykaltaroshlik, badiiy adabiyot, teatr, kino kabi san’at turlarini
tushunamiz. Modomiki san’atni turlarga ajratar ekanmiz, bu turlami
umumlashtiruvchi va farqlovchi jihatlar bo'lishi lozim. Sanalgan san’at
turlarini umumlashtiruvchi jihat obrazlilik, ya’ni ularning bari badiiy
obraz vositasida fikrlaydi. Farqlovchi jihatlarga kelsak, bu narsa,
birinchi navbatda, obrazni yaratish materialida ko'rinadi: musiqa
ohanglar, rassomlik ranglar, raqs plastik harakatlar, haykaltaroshlik
qotgan plastika vositasida obraz yaratadi. Badiiy adabiyot esa so'z
vositasida obraz yaratadi va shu bois ham so'z san’ati deb yuritiladi.
So'z universal bilish vositasi bo'lganidek, universal ifoda vositasi
hamdir: har qanday fikriy faoliyat va hisning ifodasi so'z vositasida
amalga oshadi, amalga osha oladi. So'z bilan ish ko'rgani uchun ham
badiiy adabiyot boshqa san’at turlari orasida tasvir va ifoda
imkoniyatlarining kengligi bilan alohida o'rin va mavqe kasb etadi.
Biz ko'pincha «rangtasvir tili», «kino tili» kabi tushunchalarga duch
kelamiz. Negaki, boshqa san’at turlarining tili badiiy adabiyot tiliga
o'girilishi mumkin, boz ustiga, biz boshqa san’at turlariga mansub
asarlami-da so'z vositasida aqliy va hissiy mushohada qilamiz,
«singdiramiz». San’at turlarining ichida ifodaviy va tasviriy san’at
turlarini farqlanadi. Bir xil san’at turlari tasvirlasa, boshqalari
ifodalaydi. Aytaylik, musiqa - ifoda san’ati, kompozitor ohanglar
orqali kechinmalarini ifodalaydi va shu ohanglar ruhiyatimizda
muayyan bir kayfiyat hosil qiladi. Musiqani tinglarkan, o'sha kayfiyat
asosida har bir tinglovchi o'ziga xos bir manzarani, holatni ko'z
oldiga keltiradi. Ya’ni kompozitor muayyan obraz ta’sirida tug'ilgan
kechinmalami ifodaladi — obrazning o'zini tasvirlamaydi, tinglovchi
esa kechinmalar asosida o'sha obrazni o'zi tasavvur etadi. Rassomlik
bilan haykaltaroshlik tasviriy san’at turlari sanaladiki, bunda
o'zgacharoq holga duch kelamiz. Bu jarayonni tubandagicha tasavvur
qilishimiz mumkin: biror manzara, holat musawir qalbini jumbishga
keltirdi, ko'nglida muayyan kechinmalar bo'hronini qo'zg'adi —
musawir o'zini hayratga solgan, zavqlantirgan, ko'nglida kechinmalar
qo'zg'agan o'sha manzarani rangtasvirda muhrlaydi — rangtasvir
bizda-da o'sha yoki o'shanga yaqin his-tuyg'ularni uyg'otadi,
kayfiyatni hosil qiladi. Badiiy adabiyotga shu jihatdan nazar solsak,
uning qorishiq hodisa sifatida namoyon bo'lishi ko'rinadi: deylik,
epik asarlarni olsak, ularda tasviriylik xususiyati ustunligini, lirik
asarlarda esa ifodaviylik etakchilik qilishini kuzatamiz.
San’at turlari orasidagi farq yana ulaming retsepiyent (o'quvchi,
tinglovchi, tomoshabin) tomonidan qabul qilinishidagi o'ziga xoslikda
ham ko'rinadi. Masalan, rassom chizgan peyzajni qabul qilish jarayoni
bilan epik asardagi so'z bilan tasvirlangan peyzajni qabul qilishdagi
farqni olaylik. Rangtasvir asarini yaxlit holda ko'ramiz: ya’ni uni
awaliga butunicha ko'ramiz, keyin butundan qismga (detallarga qarab)
boramiz. Badiiy adabiyotdagi peyzajni qabul qilishda esa, aksincha,
qismdan butunga qarab boriladi: awaliga detallar bilan navbatma-
navbat tanishamiz-da, oxirida ko‘z oldimizda yaxlit manzara hosil
bo‘ladi. Ayrim san’at turlariga mansub asarlarini resipiyent bevosita
qabul qilsa, boshqalaming qabul qilinishi uchun o'rtada vositachi —
ijrochining bo'lishi talab etiladi. Masalan, musiqa asarini olaylik. Musiqa
asarining yaratuvchisi (kompozitor), asarning o'zi (notalar bilan
ifodalangan matn), ijrochisi va eshituvchi bor. Ko'rinib turibdiki,
kompozitor tinglovchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi, zero,
ijro etilayotgan kuyda qisman ijrochining-da talqini qo'shilgan. Bu
jihatdan badiiy adabiyotning ustunligi shundaki, o'quvchi badiiy
informatsiyani bevosita (asarning o'zi orqali) qabul qiladi,
o'quvchining ruhiy faolligi yuqori darajada bo'ladi. Turli san’at turlariga
mansub asarlaming yaratilishi jarayoni bilan bog'liq farqlarga ham
to'xtalish lozim. Masalan, badiiy adabiyot yozuvchining individual
ijodiy faoliyati mahsuli bo'lsa, kino kollektiv ijod mahsuli sifatida
yaraladi. K ino asarining y aratilish id a ssenariy m uallifi,
sahnalashtiruvchi rassom, kompozitor, aktyor kabilarning ijodiy
mehnati borki, ulaming bari bir fokusga — rejissyor nigohiga
jamlanadi. Mavjud san’at turlari orasida badiiy adabiyot yetakchilik
mavqeida turadi. Bu xil mavqening asosi shuki, badiiy adabiyot universal
bilish va ifoda vositasi bo'lmish so'z bilan ish ko'radi. Biz yuqorida
badiiy adabiyot «tili»ga barcha san’at turlari «tili»ni o'girish mumkin,
dedik. Biroq, agar bu fikmi mutlaqlashtirilgan holda tushunadigan
bo'lsak, unda boshqa san’at turlarining paydo bo'lishi asossiz, keraksiz
bo'lur edi. Holbuki, rangtasvir darajasidagi tasviriylikka, musiqa
darajasidagi ifodaviylikka adabiyotning erishmog'i dushvordir. Shunga
qaramay, badiiy tafakkur so'z asosiga qurilgani sababidan ham badiiy
adabiyot belgilovchi san’at turi sanaladi: boshqa san’at turlari yaratuvchi
obrazlar so'z san’atida yaratilgan obrazlar kontekstida qabul qilinadi.
Keyingi yillarda «ko'rish»ga asoslangan badiiy informatsiyaning o'mi
kuchaysa ham, so'z o'zining yetakchi mavqeini saqlab qoldi va shu
bois ham badiiy adabiyot hamon san’atning belgilovchi turi bo‘lib
turibdi.
Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlari rivojiga kuchli ta’sir
ko'rsatganidek, boshqa san’at turlari ham badiiy adabiyot taraqqiyotiga
kuchli ta’sir ko'rsatadi. Ya’ni adabiyot boshqa san’at turlari bilan
aloqada yashaydi va rivojlanadi. Masalan, o'zbek milliy teatrining
rivojlanishi o'zbek badiiy prozasining tasvir va ifoda imkoniyatlarini
kengaytirgani, nasriy asarlar strukturasini o'zgartirgani shubhasizdir.
Zam onaviy nasriy asarlarda «sahnaviylik»ning kuchaygani,
dialoglarning tobora keng o'rin olib borishi hamda tasvirda
«obyektivlik»ka intilishning ortgani teatr san’atining rivoji bilan
bog'liqdir. Zero, teatr san’ati milliy badiiy tafakkurni boyitdi:
nosirlarimiz «dialog» vositasida qahramonlar ruhiyatini ochish,
hayotiy holatning ruhiy asoslarini ko'rsatish kabi yangi badiiy
imkoniyatlarni o'zlashtirdilar. Ikkinchi tomondan, o'quvchilar shu
xil nasriy asarlarni qabul qilishga tayyorlandilar, epik nasriy asar
voqealarini «chetdan» kuzatish(xuddi sahna asarini tomosha
qilayotgandek) orqali estetik zavq olish, asar mazmun-mohiyatini
tushunish ko'nikmalarini hosil qildilar. Boshqa bir misol tariqasida
musiqani olaylik.
Milliy turmush tarzining, hayot ritmining o'zgarishi barobari
milliy musiqamiz ritmida ham o'zgarishlar sodir bo'ldiki, bu
o'zgarishlar she’riyatda ham kuzatiladi. Milliy rangtasvir san’atining,
xususan, undagi portret va peyzaj janrlarining rivoji va milliy
nasrimizdagi peyzaj, portret tasviridagi o'zgarishlar, shuningdek,
peyzaj she’rlar haqida ham yuqoridagicha fikrlami aytish mumkin
bo'ladi. Bulardan ko'rinadiki, badiiy adabiyotning tasvir va ifoda
imkoniyatlarining kengayishi va takomilida uning boshqa san’at turlari
bilan aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham hozirgi
adabiyotda nafaqat adabiy turlar orasidagi sintezlashuv, balki boshqa
san’at turlari bilan sintezlashuv hollarini ham kuzatish mumkin.
Misol tariqasida X.Davronning tubandagi she’rini olaylik:
Ro‘mol o‘rab ko‘chaga chiqdi,
ro‘molini yechdi ko‘chada
va sochlari birdan shovullab
oqib ketdi yelkalaridan.
Juda go‘zal ayol edi u
qalandardek ergashdi hilol.
Bu she’r o ‘quvchisining ko‘z oldida tasvir birma-bir, xuddi
kino kadrlaridek namoyon bo‘ladi. Ya’ni she’ming qabul qilinishida
kino asarini qabul qilishga yaqinlik, demakki, uning ifoda yo‘sinida
kino «tili»ga yaqinlik bor. Demak, badiiy adabiyotga qotib qolgan hodisa
sifatida ham, mutlaqo mustaqil hodisa sifatida ham qaramaslik kerak.
Shundagina bugungi adabiyotdagi o‘zgarishlarni his qilish va ularni
«hazm» qila olish mumkin boMadi. Aks holda mutaxassis sifatida ham,
kitobxon sifatida ham cheklanib qolish, adabiy hodisalami o‘tmish
«toshi» bilangina o‘lchaydigan bo‘lib qolishimiz mumkin.
Xulosa shuki, chinakam adabiyotshunos b o im oq uchun,
birinchidan, san’atning barcha turlaridan zavqlana biladigan hassos
qalbga, ikkinchi tomondan, undagi o‘zgarishlarni ziyraklik bilan
ilg'ashu tahlil qilishga qobil teran aqlga ega bo‘lmoq lozim.
Tayanch so‘z va iboralar:
Dostları ilə paylaş: |