Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

adabiy
as/iarga ajratish bilan 
kifoyalangan bolsak, uchinchi bosqichni davrlashtirishda 
unga qo‘shimcha ravishda 
adabiy aviod
tushunchasi bilan 
ham ish ko'rishga to‘g‘ri keladi. Negaki, uchinchi bosqich, 
bir tomondan, insonning ijtimoiylashuvi kuchaygan, shu- 
ning natijasida ijtimoiy ruh-kayfiyatning ijodkor shaxsiyati 
orqaliasardaakslanishi, ikkinchi yoqaan, ijtimoiy taraqqiyot

Kßpanr.
Фитрат. Танланган асарлар. 2-жилд. - Тошкент: Маънавият, 2000.
- Б.37 - 45, 55 - 61; Миён Бузрук. Урта Осиё ва узбек адабиёти тарихига 
умумий к;араш. - Тошкент, 1930. - Б.60 - 62; Маплаев Н.М. Узбек адабиёти 
тарихи. - Тошкент, 1976. - Б.7 - 8; Рах;монов Н. Узбек адабиётини даврлаш- 
тириш масалалари. - Тошкент, 2016. - Б. 17 ва б.
432
www.ziyouz.com kutubxonasi


sur’aílari benihoya tezlashganidan ijtimoiy ruh-kayfiyatning 
g‘oyat tez o‘zgarishi me’yorga aylangan davrdir. O'zga- 
rishlar shiddati tufayli shaxs va ¡jodkor sifatida shakllanish 
davri atigi o‘n-o‘n besh yil bilan farqlanuvchi ijodkorlarning 
ijodiy-estetik qarashlari ham bir-biridan jiddiy farqlanishi 
mumkin bo'ladiki, bu ho! 
adabiy avlod
tushunchasini zaru- 
ratga aylantirib qo'yadi. Fikrimizcha, 
yangi o'zbek adabiyo­
ti
davrida hozirga qadar uchta 
adabiy asr
aniq farqlangani 
ko‘zga tashlanadi: 1 ) o'zbek jadid adabiyoti; 2) sho'ro davri 
o'zbek adabiyoti; 3) istiqlol davri o‘zbek adabiyoti. E’tibor 
qilinsa, jadid adabiyotining Behbudiy, Ibrat, Cho'lpon sin- 
gari namoyandalarining ijodiy-estetik prinsiplarida sezilarli 
farqlar borligini ko‘rish mumkin. Shunga qaramay, yagona 
g‘oyaviy asosda sobit turgani ularni boshqa-boshqa avlod- 
larga mansub etishga izn bermaydi. Bundan farqli o'laroq, 
ikkinchi adabiy asr - sho'ro davri o'zbek adabiyoti doirasi- 
da 
20-yillar, 60-yillar va 70-yillar
adabiy avlodlari yaqqol 
ajralib turadi. Ta’kidlash kerakki, adabiy avlodga mansub- 
lik ma’lum guruh ijodkorlarining bir davrda tug'ilgani yoki 
bir davrda adabiyotga kirib kelgani bilan emas, balki ijodda 
bir-biriga yaqin tamoyillarga tayanishi bilan belgilanadi. 
Shu jihatdan qaralsa, 60-yillar adabiy avlodining vakillari 
sirasida O.Yoqubov, P.Qodirov, E.Vohidov, O'.Umarbekov, 
A.Oripov, O'.Hoshimov ko'rsatilishi mumkin. Holbuki, ma- 
salan, O.Yoqubov bilan A.Oripov orasida o'n besh yosh 
farq bor; birinchisi 50-yillarda, ikkinchisi esa 60-yillarda 
adabiyotga kirib kelgan. Ularning ijodiy-estetik prinsiplari 
50-yillar oxiri - 60-yillar boshlarida jamiyatda hukm sur- 
gan ijtimoiy ruh-kayfiyat ta’sirida shakllangan. Ayni prin- 
siplar keyingi avlod tomonidan inkor qilinadi. Zéro, u yangi 
ijodiy-estetik prinsiplar bilan maydonga chiqib keladi. Ya’ni 
adabiy avlodlar munosabati mohiyatan jamiyatdagi «otalar 
va bolalar» munosabati kabi - ikkisi ham yangilanishga, 
taraqqiyotga xizmat qiladi.
433
www.ziyouz.com kutubxonasi


Badiiy adabiyotning taraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy sharoit bi­
lan ko‘p jihatdan bogliq bo'lgani holda, uni faqat shu sharoit 
bilan boglab tushunish, tashqi omil ahamiyatini mutlaqlash- 
tirish ham to‘g‘ri bo'lmaydi. Deylik, badiiy adabiyot muayyan 
tarixiy bosqichlarda jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti darajasi- 
dan oldinlab ketishi yoki, aksincha, ortda qolishi ham mum- 
kin. Masalan, XIX asrdagi chor Rossiyasi ko'plab Yevropa 
davlatlaridan ham iqtisodiy, ham ijtimoiy taraqqiyotda ancha 
ortda qolgan, yarim quldorlik tuzumiga asoslangan davlat 
edi. Biroq ayni shu asr rus adabiyoti ko'plab iste’dodlarni, 
jahon miqyosida tan olingan Tolstoy, Dostoyevskiy singari 
buyuk yozuvchilarni yetishtirdi. Yoki, aksincha, ayni shu asr 
oxirlariga kelib ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda ancha oldinlab 
ketgan Amerika adabiyotining jahon badiiy tafakkurida ho- 
disa sanaluvchi u qadar katta iste’dodlarni berolmaganini 
ham qayd etish zarur. Demak, badiiy adabiyot ko‘p jihatdan 
ijtimoiy sharoit bilan bogliq rivojlanadi va, ayni paytda, nis- 
biy mustaqillikka ham egadir.
Badiiy adabiyot taraqqiyotining muhim ichki omillari- 
dan biri sifatida an’ana va yangilik munosabati olina- 
di. Har bir davr o'zidan oldingi davr adabiyotida mavjud 
eng yaxshi jihatlarni o'ziga singdiradi va o‘zidan unga 
nimadir qo'shishga intiladiki, shu asosda taraqqiyot ja- 
rayonining uzluksizligi ta’minlanadi. Adabiyotdagi vorisiy- 
lik, an’analarga sodiqlik har bir milliy adabiyotdagi o'ziga 
xoslik, milliy qiyofaning yo‘qotilmasligini kafolatlaydi. Boy 
an’anaga tayangan adabiyotning rivojlanish imkoniyatlari, 
tabiiyki, boshqalarga nisbatan yuqori bo'ladi. Masalan, 
xalqimizning boy adabiy-madaniy an’analari XX asr bosh- 
laridan kuzatiluvchi yangi o'zbek adabiyotining shakllanish 
jarayoni tez kechishini ta’minladi: adabiyotimiz juda qisqa 
fursat ichida jahon adabiyotidagi yutuqlarning ko'pini ijodiy 
o'zlashtirdi, o'zining badiiy arsenalini boyitdi. Aytaylik, ro­
man g'arb adabiyotiga xos janr ekanligi, uning o'zbek ada­
biyotida o'zlashishi 20-yillarga to‘g‘ri kelishi ma’lum. Biroq
434
www.ziyouz.com kutubxonasi


g'arbona shakl milliy adabiyotimizni boyitdigina emas, 
balki adabiy an’analarimiz zaminida uning o‘zi ham boyidi
- o'zbek romanchiligi dunyoga keldi. Shu ma’noda milliy 
romanchiligimizning ilk namunasi bo'lmish « 0 ‘tkan kun- 
lar»dan boshlab «Otamdan qolgan dalalar»gacha bo'lgan 
barcha namunalarida ming yilliklar bilan o'Ichanadigan 
adabiy-madaniy an’analarimiz izlari bor, shu tufayli ham u 
o'zining betakror qiyofasiga ega «o‘zbek romani»dir.
Badiiy adabiyotning rivojlanishida adabiy aloqalar kat- 
ta ahamiyatga ega. Milliy adabiyotlarning o'zaro aloqasi 
ularni g'oyaviy-badiiy jihatdan boyitadi, rivojlanishiga turtki 
beradi. Aytish kerakki, bunday aloqalarning manshai, ular­
ni yuzaga keltirgan omillar turlicha bo'lishi mumkin. Jum- 
ladan, o'zbek adabiyotida aloqalarning: 1)qo‘ni-qo‘shnichi- 
likda yashash; 2) turli tarixiy jarayonlar natijasida yuzaga 
kelgan ko'rinishlari kuzatiladi. To'g'ri, ikkala omil qorishiq 
holda ham ta’sir qilishi mumkin, biroq ulardan biri albatta 
yetakchilik qiladi.
Adabiyotlarning o'zaro aloqasi eng avval xalqlarning 
tig'iz maishiy, madaniy, iqtisodiy aloqalari natijasida yuzaga 
keladi. Shunga ko'ra, o'zbek adabiyotining aloqalari haqi- 
da so'z borganda eng avval forsiy adabiyotni tilga olishga 
to'g'ri keladi. Negaki, o'zbek (turkiy) xalqi qadimdan fors-to- 
jik tilida so'zlashuvchi xalqlar bilan bir hududda yashab ke­
ladi: ular bilan qo'ni-qo'shnichilik, qondoshlik, quda-anda- 
lik aloqalari mustahkam bog'lanib ketgan. Shuning uchun 
ham o'zbek adabiyoti taraqqiyotiga uning forsiy adabiyot 
bilan aloqalari juda katta ta’sir ko'rsatgan. Jumladan, for­
siy adabiyot boshlab bergan xamsachilik, ruboiynavislik 
an’analari o'zbek adabiyotida muvaffaqiyat bilan davom 
ettirildi; deyarli barcha mumtoz shoirlarimiz Shayx Sa’diy, 
Hofiz Sheroziy kabi mashhur forsiyzabon ijodkorlardan 
ta’sirlandilar, ularni o'zlariga ustoz deb bildilar. XX asrga 
kelib sho'roning milliy chegaralash siyosati natijasida mint- 
aqada O'zbekiston va Tojikiston respublikalari tashkil top-
435
www.ziyouz.com kutubxonasi


gach ham bu aloqalar an’anaviy ravishda davom etdi. Ikki 
tilda birdek qalam surgan Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat 
kabi uiug'larimiz yangi davrda bu aloqalar qanday bo'lishi 
lozimligini ko'rsatib ketdilar desak, aslo yanglishmaymiz. 
Muhimi, bu aloqalar hozir - har ikki davlat mustaqil rivojla- 
nish yoliga kirgach ham tig‘iz davom etmoqdaki, bu o'zin- 
ing ijobiy samarasini beradi.
Islom dinining kirib kelishi bilan xalqimizning arab, shun- 
ingdek, keyingi davrlarda arab tili orqali musulmon dunyosi 
madaniyatidan bahramand bo‘lish imkoni tug'ildi. Tabiiyki, 
islom g‘oyalari ostidagi birlik madaniy aloqalarning na- 
faqat tig'izlashuvi, balki qator umumiy xususiyatlarga ega 
bo'luviga ham olib keldi. Bundan tashqari, arab tili orqa­
li xalqimizning ziyoli qatlami antik yunon-rim madaniyati, 
ilm-fani yutuqlari bilan tanishdi. Shunga o‘xshash, chorizm 
istilosidan keyin boshlangan rus madaniyati bilan, keyin- 
chalik sho'ro respublikalari, dunyoning mafkura asosida 
bo'lingan «sotsiaiistik lager»i va unga xayrixoh mamlakat- 
lar adabiyotlari bilan aloqalar ham, albatta, adabiyotimiz- 
da sezilarli iz qoldirgan. Yana bir muhim tomoni, rus tili 
orqali xalqimiz, jumladan, qalam ahli jahon adabiyotining 
durdonalari bilan tanishdi, tabiiyki, ulardan ijodiy ta’sirlan- 
di, ruh oldi, ular bilan musobaqaga bel bog‘ladi. Nihoyat, 
hozirgi kunda - globallashuv jarayonlari kuchaygan, ax- 
borot-kommunikatsiya texnologiyalari g‘oyat rivojlangan 
sharoitda milliy adabiyotlarning o'zaro aloqalari benihoya 
tig'izlashdi. Zero, bugungi o'quvchi ham, ijodkor ham in­
ternet orqali jahondagi adabiy hodisalardan «onlayn re- 
jimi»da xabardor bo'lib turish, xorijdagi qalam ahli bilan 
muntazam muloqot o'rnatish imkoniyatiga ega. Ya’ni ad­
abiy aloqaning tamomila yangi ko'rinishi paydo bo'ldiki, bu 
adabiyotshunoslik oldiga uning istiqbollari, adabiyotimizga 
keltirishi mumkin bolgan foydasi va ehtimoldagi ziyoni, bir- 
inchisini ko'paytirish, ikkinchisining oldini olish yollari kabi 
qator masalalarni o'rganish vazifasini qo'yadi.
436
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin