Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

m a ’rifatchilik, romantizm, realizm, modernizm, postm o-
dernizm
singari hodisalarni anglashda tabiiy qiyinchiliklar- 
ni keltirib chiqaradi. Sababi, Yevropaning har bir mam- 
lakatidagi ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlar va ularning 
milliy adabiyotlardagi ko'rinishlari o'ziga xos, chunki ular 
bevosita ijodkor shaxsiyati orqali akslanadi. Ikkinchi tomo- 
ni, bu bosqichda Yevropa adabiyoti boshqa mintaqalarda- 
gi milliy adabiyotlar uchun lokomotiv bo'lib qolganini ham
428
www.ziyouz.com kutubxonasi


e’tiborda tutish kerak. Ya’ni Yevropa adabiyoíida kechgan 
jarayonlar boshqa milliy adabiyotlarda ham u yoki bu da- 
rajada kuzatiladi. Jumladan, yuqorida nomi zikr qilingan 
jamoaviy maqolada aytilishicha, «Sharq adabiyotlarida 
traditsionalistik tafakkurning yemirilishi adabiyotdagi ma’ri- 
fatchilik, romantizm va reailzmga xos tendensiyalarning 
chatishuvi asosida kechadi».1 Darhaqiqat, e’tibor qiiin- 
sa, XX asrning 10 - 20-yiliarida adabiyotimizda ma’rifat- 
chiiik realizmi, romantizm va realizmga xos xususiyaílar 
qorishiq holda mavjud bolganini ko'rish mumkin. Maz- 
kur jarayonlarni kuzatganda, eng avva! G'arbda ikki asr 
davomida kechgan jarayoniar miliiy adabiyotimizda atigi 
1 5 - 2 0 yii ichidayoq amaiga oshgani ko'zga tashlanadi.2 
Albatta, bunda ijtimoiy hayotda kechgan o'zgarishlarning 
shiddati ham muhim, biroq Yevropa adabiyoti tajribasini 
ham e’tibordan soqií qiimaslik kerak. Ya’ni miiliy adabiyo- 
timiz tayyor tajribaga tayanish imkoniga ega edi. Yana bir 
muhim jihati, bu holda yangiliklarning sinovga dosh berib, 
badiiy tafakkurga singishib ketgan qismini olib, qoigani- 
dan voz kechish mumkin. Masalan, modernizmning har bir 
oqimi maydonga chiqqan vaqtida keskin bahslarga sabab 
bo'lgan bolsa, vaqt o‘tib unga xos nomaqbu! jihatlar inkor 
etilib, maqbullari umumbashariy estetik bisotga qo'shilib 
keíadi. 0 ‘zbek adabiyoti modernizmning ayni shu jihatla- 
rini o'ziga oldi, shu bois ham bu boradagi bahslar bizda u 
qadar keskin tus olgani yo‘q.
E’tibor qilinsa, adabiy jarayonni davrlashtirish uni ilmiy 
o'rganish uchun zaruriy amal ekani, aniqrogl, ushbu amal 
u haqda yaxlit ilmiy tasavvur hosil qüishning yagona vosita-
1 Аверинцев С.С., Андреев М.Л., Гаспаров М.Л., Гринцер П.А., Михай­
лов A.B. Категории поэтики в смене литературных эпох // Историческая поэ­
тика. Литературные эпохи и типы художественного сознания. Сб. статей. -
М.: Наследие, 1994. - С.37 - 38.
2Qar.: Куронов Д. Жа*он адабиётига йул // Жа^он адабиёти. 1997. №6. -
Б.1 6 8 - 172.
429
www.ziyouz.com kutubxonasi


si ekanini anglash qiyin emas. Shu tufayli ham davrlashti- 
rish adabiyotshunoslikning fundamental muammolaridan 
biri sifatida umum e’tirofiga molik. Yuqorida amin boldikki, 
bunda har bir davrning o'ziga xos umumiy jihatlari (topika) 
diqqat markaziga qo'yiladi. Adabiyotshunoslikda bu masa- 
lada qarashlarturlichaligi kuzatilib, u ikkita asosiy ko'rinish- 
ga ega: birinchisi adabiyotni davriashtirishda ijtimoiy-tari- 
xiy sharoitga asoslanishni, ikkinchisi esa adabiyotni faqat 
adabiy hodisalar, badiiy-estetik tamoyillardan kelib chiqib 
davrlashtirishni ko‘zda tutadi. Albatta, bu o‘rinda har ikki 
tomonni ham to'la yoqlash yoki to‘la inkor qilish maqbul 
emas, aksincha, oraliq mavqeni egallash to‘g‘riroq bo‘lur 
edi. Chunki, yuqorida ham ko'rdik, ijtimoiy-tarixiy sharoit- 
ning o‘zgarishi adabiyotda sezilarli darajada aks etmagan 
davrlar bo'lgani kabi, ular juda kuchli iz qoldirgan davrlar 
ham boladi. Deylik, insonning ijtimoiylashuv darajasi kuchli 
bolmagan davrlarda (Yevropada XVIII asrgacha, bizda XX 
asr boshlarigacha) ijtimoiy-tarixiy sharoitdagi o'zgarishlar 
adabiyotda har vaqt ham yaqqol ko‘zga tashlanmaydi, 
bundan keyingi davrlarda esa izsiz ketgan o'zgarishning 
o‘zi yo‘qdek. Demak, bu bosqichni davriashtirishda har bir 
konkret davriy oraliqdagi ijtimoiy-tarixiy sharoitni e’tibor- 
ga olish va ayni sharoitning adabiyot (uning badiiy-este- 
tik tomonlari)ga ko'rsatgan ta’sirini yaqqol ko'rsatish zarur 
bo‘ladi.
Adabiy jarayonni davriashtirishda 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin