gandan nedir bor. Demak, Xudoni tanish uchun eng avvai
shu ramzlarni ko‘ra oiish, mazmun-mohiyatini tushunish
lozim.1 Albatta, bir qarashdayoq mazkur fikrlar bilan tasav-
vuf ta’limoíi orasida mushtaraklik borligini ko‘rish yoxud
mumtoz adabiyotimizdagi ramziylik mohiyaíida ham ayni
shu g'oyalar yotishini fahmlash qiyin emas. Faqat mazkur
masalaga adabiyotning bilish imkonlari haqidagi mulo-
hazalar doirasida to'xtalayoíganimizni yodda tutib, asosiy
mavzuga qaytamiz.
Ta’kidlash kerakki, ramz bilan anglanayotgan narsa
orasida bevosiía o'xshashlik yo‘qligi ramzlashtirish bilan
mimesisni farqlovchi asosiy jihatdir. Agar mimesis nar-
sa-hodisani unga taqlid qilish (ya’ni o'ziga monand tarzda
aks ettirish - o‘xshashini tasvirlash) orqali idrok qilsa, sim-
volizaísiya bunda «o‘xshamagan o‘xshashlik»ka iayanadi.
0 ‘rta asrlarga kelib masal janrining keng ommalashishi sa-
babi shu bilan izohlanadi. Zero, masalda tasvirlangan nar
sa anglanayotgan narsaning o'xshashi - aksi emas, biroq
ikkisining mohiyatidagi o'xshashlik anglanayotgan pred-
met mohiyatiga ishora qiladi - uní anglashga yordam be-
radi. Xullas, mimesis bilan simvolizatsiya bilishning o‘za-
ro oppozitsiya hosil qiluvchi ikki ko‘rinishi, Gegel uchligi
bo’yicha aytsak, ular orasida «tezis - antitezis» munosa-
bati mavjud. Awalo, bilishning mazkur ikki usuli universal
xarakterga egaligini aytish kerak. Shunga ko‘ra, ramzlash
tirish o‘ría asrlarga kelibgina paydo boldi emas, balki ilgari
- o‘sha mimesis zamonida ham mavjud bolgan, bunga
amin bo‘lish uchun Ezop masallarini eslashning o‘zi kifoya
qiladi. Zero, agar «tabiatga taqlid» mohiyatan «voqelikni
aks ettirish» bo'lsa, Ezopning ko‘plab masallari (masalan,
jonivorlar ishtirokidagilari)da bu yo‘ldan emas, balki voqe
likni biron mazmunni ifodalashga mos tarzda «qayta yara-
tish» yolidan borilgan. Xullas, qadim zamonlardan beri
1 Qar.: HJypoHOB
Dostları ilə paylaş: