BADIIY ASAR TAHLILI
Tahlil, sintez va talqin amallan, ularning tushunish jarayo-
nidagi nisbati va munosabati. Badiiy asarni tushunish
jarayonidagi obyektiv va subyektiv jihatlar. Kontekstual
va immanent tahlil. Tahlil metodlari tavsifi. Kompleks
(filologik) tahlil haqida.
0 ‘zbek filologiyasida «tahlil» va «talqin» istiiohlari aniq
va tabiiy fanlar sohaiarida ko‘proq xalqaro «analiz» va «in-
terpretatsiya» istiiohlari bilan ifodalanuvchi tushunchalarni
anglatish uchun qollanadi. Jumladan, adabiyotshunos-
likda «tahííl» va «talqin» istiiohlari juda keng qo'llanib,
ular badiiy asarni tushunish jarayonining bir-biriga uzviy
bog‘liq, hatto o'rni kelsa bir-birini qoplab ketadigan ikkita ji-
hatini anglatadi. Zero, badiiy asarni tushunish, uning maz-
mun-mohiyatini anglash jarayonida tahlil va talqin amallan
har vaqt birgalikda hozirdir.
O 'yiashim izcha,
ayni shu jihat
- mazkur amallarning birligi, birgaligini izohlashga zarurat
borki, bu masalaga batafsilroq ío'xtalish maqsadga rnu-
vofiq ko‘rinadi.
Avvalo, tahlil (analiz) istilohidagi ma’no o‘ziga xosligi
haqida. Yaxshi ma’lumki, lug‘aviy ma’noda «tahlil» istilo-
hi obyekt (narsa, hodisa, jarayon)ni o‘rganish maqsadida
fikran (yoki amalda) tarkibiy qismlarga ajratishdan ibo-
rat amalni anglatadi. Agar
analiz
davomida obyektning
tarkibiy qismlari, ularning mohiyati, har birining butun
tarkibidagi o‘rni va vazifalari tasavvur qilinsa, uning tamom
ziddi bo'lgan amal -
sintez
jarayonida ilgari ajratilgan
qismlar butunlikka biriktiriladi, shu asosda obyekt haqi
da tolaqonli tasavvur hosil boladi. Tafakkurning mantiqiy
mexanizmlari sifatida analiz va sintez bilish jarayonida
457
www.ziyouz.com kutubxonasi
fundamental ahamiyatga egadir. Muhim jihati shuki, gar-
chi ular bir-biriga zid amallar bo‘lsa-da, bitta tafakkur ak-
tining o'zida bir paytda mavjud, aniqrog'i, fikrlash jarayonl
aksar ularnlng o'zaro almashlnib turishi tarzida kechadi.
Shu jihatini e’tiborga olsak, adabiy asarga tatbiqan tah-
lil (analiz) istilohini qo'llash nojoiz degan fikrga qo‘shilib
bo'lmaydi. Bu fikr tarafdorlari badiiy asarni tirik organizm-
ga qiyos etishadi-da, «uní qismlarga ajratish jonsiz tana-
ga aylantirishdan boshqa narsa emas» degan qarashga
íayaníb, «tahlil» istilohini ma’qullamaydilar. Haqiqatda
esa bu - yanglish qarash. Negaki, u istilohning adabiyot-
shunoslikda birmuncha farqli ma’no anglatishini e’tiborga
olmaslikdan kelib chiqadi. Zero, adabiy asar tahlili uni
mexanik tarzda qismlarga ajratish emas, aksincha, ular-
ning har birini butunning qismi o'laroq idrok qilish, ularning
qay tarzda aloqaga kirishishi-yu badiiy butunlikning yuza-
ga kelishini ko'ra olish hamdir. Ya’ni adabiy tahlil - asarni
qismlarga ajratish va ularni butunga birlashtirish amallari-
ning navbati bilan almashlab, bosqichma-bosqich izchil-
likda amalga oshirilishidan iborat aqliy jarayondir. Ayon
bo'ldiki,
adabiyotshunoslikda «tahlil» istilohi adabiy asar
ni o ‘rganish jarayonidagi «analiz» va «sintez» amallarini
umumlashtirib ifodalar ekan.
Shuni ham ta’kidlamoq joiz-
ki, adabiy asar tahlili mutaxassisgina amalga oshiradigan
ish emas, u bilan har kim ham muayyan darajada shug'ul-
lanadi. Zero, adabiy asar tahlili ham - o'qish, faqat bun-
da mutaxassis sifatida o'qiladi. Bu xil o'qish badiiy asarni
qismlarga ajratib-butlash asnosida uning badiiyat hodisa-
si sifatidagi mavjudligini, undagi o'quvchi ongi va ruhiya-
tiga ta’sir qilayotgan, u yoki bu tarzda tushunilishiga asos
bo'layotgan omillarni o'rganish maqsad qilinadi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, xuddi «tahlil» bilan «analiz» is-
tilohlari singari, biz «talqin» va «interpretatsiya» istilohla-
rini ham o'zaro mutlaq sinonim sifatida ishlatamiz. Keng
ma’noda «talqin» so'zi o'zga tomonidan aytilgan gap yo-
458
www.ziyouz.com kutubxonasi
xud yozilgan asar (¡Imiy, falsafiy, diniy, badiiy va b.) maz-
munini anglash, uni ma’lum yaxlitlikda tushunish va tu-
shuntirish (adabiyotshunosning maqsadi tushunishning
o'zigina emas, tushuntirish ham) deganidir. Shu ma’no-
da qaralsa, mumtoz adabiyotshunosligimizda, umuman,
o'tmish ¡Imida «talqin» so‘zining ma’nosi qisman «sharh»,
«tafsir» atamalari bilan ham berilgan. Qisman deganimiz
sababi shundaki, talqin umumiy tushuncha o'laroq xususiy
tushunchalar - sharh bilan tafsirni o‘z ichiga oladi. Zero,
zamonaviy tushunchadagi talqin muayyan belgilar orqali
kodlangan mazmunni soddaroq tilda va bir butunlikda qay-
ta yaratish deb biladiki, sharh va tafsir esa uning ko'makchi
vositalaridir. Mazkur fikrni adabiyotga tatbiq etsak, talqin -
badiiy asardagi «obrazlar tili»ni «mantiq tili»ga o'girmoq,
obrazlar vositasida ifodalangan mazmunni tushunish va
tushuntirmoqdir degan to'xtamga kelamiz.
Yuqorida badiiy asarni tushunish jarayonida tahlil va
talqin amallarining harvaqt hozirligi, ular tushunish jarayo-
nining ikki qirrasi ekani aytildi. Zero, tushunish jarayoni
da, bir tomondan, asar qismlari (mas., alohida epizodlar,
personajlar, ularning turli holatlardagi xatti-harakati, gap-
so'zlari va b.), ularning o'zaro mazmumy aloqalari tasavvur
qilinadi, ikkinchi tomondan, har bir qismga butun nuqtayi
nazaridan muayyan mazmun berish talab qilinadi. Albatta,
mazkur ikki amalni uddalay olish darajasi hammada bir xil
emas. Bas, avvalroq aytganimiz badiiy asarning turli o‘quv-
chilar tomonidan turlicha tushunilishining asosiy sababi
shunda. Biroq shunisi ham aniqki, o'quvchilar ongidagi
minglab talqinlarni umumlashtiradigan mushtarak nuqta-
lar ham mavjud. Demak, konkret asar talqinlari nechoglik
turfa bolmasin, ularning chegaralarini belgilab beruvchi
muayyan asos, yadro - javhar mavjudki, barcha talqinlar
shuning atrofida voqelanadi. Bu javhar esa badiiy asarning
o‘zi, ijod onlaridagi badiiyat hodisasini moddiylashtirgan va
o‘zida imkoniyat sifatida saqlovchi badiiy matndir. Talqin -
459
www.ziyouz.com kutubxonasi
o‘sha imkoniyatni yuzaga chiqarish amali, bu jarayon esa
tahlil asosida kechadi.
Ayon boldiki, badiiy asarni tushunish jarayoni obyektiv
va subyektiv ibtidolardan tarkib topar ekan: agar bu o‘rin-
da talqin qilayotgan shaxsni subyektiv ibtido deb olsak,
badiiy matn obyektiv ibtidodir. Bundan shunday xulosa
kelib chiqadi: agar talqin qiluvchi shaxs badiiy matnni ye-
tarli darajada bilmasa, asarqismlarini, ularning o'zaro alo-
qalarini yetarli tasavvur qilolmasa, ya’ni fikrlashida anaiiz
va sintez amallan oqsasa, uning talqini subyektivlik kasb
etadi. Boshqa tomondan, badiiy adabiyotning obrazlar
orqali fikrlashi, obrazning esa assotsiativ tafakkur mah-
suli ekanini e’tiborga olsak, talqinning subyektsiz mavjud
emasligi ham ayon haqiqatdir. Chunki ijodkorning assot
siativ fikrlashi mahsuli o'laroq yaratilgan va asarda aksini
topgan obrazning mazmun qirralari faqat subyekt ongida-
gina (ya’ni uning ham assotsiativ fikrlashi asosida) qayta
tiklanishi mumkin bo'ladi. Aytilganiar tushunish jarayonida
tahlil va talqin har vaqt hozir ekanligining yorqin dalilidir.
Oddiy o'quvchidan farq qilaroq, adabiyotshunos badiiy
asarni talqin qilarkan, tahlilga tayanadi, uning talqini tahlil
asosida yuzaga kelgani uchun ham ilmiy sanaladi. Shu
ma’noda tahlil badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o‘qish va
uqish demakdir.
Aytilganlardan ma’lum bo'ladiki, badiiy asar tahlilining
maqsadi - asarni tushunish (baholash - ikkilamchi maq-
sad). Xo‘sh, «asarni tushunish» deganda nima nazarda tu-
tiladi? Adabiyotshunoslikda bu masalada ham yakdil fikrga
kelinmagan: ayrim mutaxassislar bunda asarga
Dostları ilə paylaş: |