qon»dagi Shokirota do'koni, «Mahmud Torobiy»dagi isyon
manzaralari «Bolalik» qissasidagi muqobilini yodga soladi.
Ya’ni «Bolalik» qissasi adib bolaligida ko'rgan-kechirgan-
larini keyincha yaratgan asarlari
badiiy voqeligiga singdi-
rib yuborganini namoyish qiladi. Avtobiografik qissaning
borligi uchungina biz adib asarlaridagi biografik izlarni
komil ishonch bilan ko'rsatyapmiz. Shundan ham ko'rsa
bo'ladiki, biografik metodning qanchalik samarali bo'lishi
birinchi galda tadqiqotchi ixtiyorida mavjud biografik mate-
rialga bogliq bo'lib qoladi. Biografik metod kabi muallifga
yo'naltirilgan
psixologik, psixoanalitik
tahlil metodlarida bu
bog‘liqlik yanada kuchli. Zéro, masalan,
psixoanalitik tahlil
amalga oshirish uchun tadqiqotchiga yozuvchining bolalik
chog'lari, oilasi, o‘qish va mehnat faoliyati kechgan m u h it-
xullas, hayotiga oid aniq faktik materiallar, hatto bir qarash-
da arzimas mayda-chuydadek ko'rinuvchi tafsilotlargacha
kerak bo'ladi. Aytish kerakki, o'zbek adabiyotshunosligida
biografik metodning yetarli darajada samara bilan qollan-
may kelaÿotgani ayni shu narsa - biografik materialning
yetarli emasligi bilan izohlanadi. Mazkur holning sababi
esa, birinchidan, shaxsiy va oilaviy arxiv yaratish an’anasi-
ning shakllanmagani, îkkinchidan,
milliy mentalitet bilan
bogliq holda ma’lumotlaming kuchli «filtrlanishi»dadir.
Ijodiy-genetik metod biografik metodga yaqin va u bilan
birlikda qo'llanib, badiiy asarning ijodiy tarixini o'rganishni
maqsad qiladi. Bu metod adabiyotshunosga hayot ma-
terialining badiiy obrazga aylanish jarayoni, badiiy matn-
ning sayqallanish yo'lini kuzatish imkonini beradi. Maz
kur metod adabiyotshunosning
biografik materiallar bilan
birga o'rganilayotgan asar qoralamalari, uning turli nashr
variantlari, tarixiy hujjatlar va hokazolarni chuqur tadqiq
etishini, konkret faktlar asosida uning yaratilish tarixi va
omillarini ochib berishini taqozo etadi. O'zbek adabiyot
shunosligida ijodiy-genetik
metod asosida amalga oshi-
rilgan jiddiy tadqiqotlardan biri sifatida R.Qo'chqorning
463
www.ziyouz.com kutubxonasi
A.Qahhor romanlari ijodiy tarixini yoritishga bag'ishlangan
ilmiy ishini ko'rsatish mumkin.1
Sotsiologik tahlil metodi tadqiqotchini badiiy asar voqeli-
gi bilan real voqeiik munosabatiari, uning tarixan haqqoniy-
lik darajasi, hayot haqiqati bilan badiiy haqiqat munosabati
kabi masalalarni o‘rganishga yo'naltiradi. Bu xil yondashuv
asarning g‘oyaviy-mafkuraviy tomonlarini tahlil qilarkan,
qahramonlarning
xarakter xususiyatlari, asardagi konflikt-
lar tabiati, obrazlar tizimi va hokazo badiiy unsurlarning
ijtimoiy ildizlarini ochib beradi. Hayot haqiqatining badiiy
haqiqatga aylanish jarayoni,
xarakter va prototip, tarixiy
shaxs obrazi va real tarixiy shaxs munosabati kabi ijod
jarayoni bilan bogliq muammoiarni o'rganishda ham sot
siologik yondashuv asos vazifasini o‘taydi. Shubhasiz,
sotsiologik metod adabiyotshunoslikda muhim ahami-
yatga molik, u adabiy asar bilan bog‘liq ko‘p
masalalarni
oydinlashtirishga yordam beradi. Biroq uni boshqalardan
ustun qo'yish, adabiy asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyat-
larini ijtimoiy omillar bilangina izohlashga intilish - xullas,
uni mutlaqlashtirish adabiyot uchun zararli oqibatlarga olib
kelishi mumkinki, bunga yorqin misollarni sho‘ro
adabi-
yotshunosligidan istalgancha topish mumkin. Masalan,
20 - 30-yillar sho‘ro adabiyotshunosligidagi
Dostları ilə paylaş: