struktural,
stilistik
va
semiotik
metodlarni ko‘rsatish mumkin. Struk
tural metod adabiy asarga sistema deb qaragan holda, un
dagi qismlarning bari muayyan badiiy maqsadga muvofiq
tarzda butunga birikadi degan qarashdan kelib chiqadi.
Umumlashtirib aytganda, struktural tahlil o‘z oldiga qo'yadi-
gan maqsad
asar qismlarining butun tarkibidagi o'rni va
vazifalari, ularning o'zaro aloqa-munosabatlari va shu
asosda butunlikning mantiqiy tashkillanishini tadqiq etish-
466
www.ziyouz.com kutubxonasi
dan iboratdir. Albatta, xususiy holatda tadqiqotchi matn-
ning tashkillanishi yoki badiiy voqelikning tashkillanishini
diqqat markaziga qo'yishi mumkinligi ham istisno emas.
Faqat bu holda ham tadqiqot predmetiga butunning qismi
sifatida, badiiy asarning sathlaridan biri sifatida qaraladi.
Stilistik tahlil ko'proq matnning til xususiyatlarida namoyon
bo'luvchi ijodkor uslubiy o'ziga xosligini o'rganishni maq-
sad qiladi. Nisbatan yangi hisoblanuvchi
semiotik tahlil
esa
asardagi badiiy obrazlarga belgi sifatida qaragan holda
ularning ma’no qirralarini ochib berishni maqsad qiladi.
Adabiy asar retsepsiyasi, aniqrog'i, uning ijtimoiy mav-
judligini o'rganish adabiyotshunoslik uchun muhim xulosa
va umumlashmalar chiqarish imkonini beradi. So'nggi yil-
larda bu boradagi izlanishlar ham ommalashib borayotgani
shundan. Hozircha adabiy asar retsepsiyasini o'rganish
metodlari yetarli darajada ishlab chiqilgani ham, sinov-
dan o‘tkazilgani ham yo‘q. Shu bois boshqa ijtimoiy fan
sohalarida qo‘llanib kelayotgan konkret sotsiologik tad
qiqot metodlaridan foydalanilmoqda. Jumladan, o'quvchi
omma orasida turli anketa so'rovlari o‘tkazish, kitobxonlar
konferensiyalarini tashkil qilish, insholar konkurslari o‘tka-
zish kabilarni hozircha ushbu metod doirasidagi tadqiqot
shakllari sifatida ko‘rsatish mumkin. Albatta, ushbu tad-
birlar o‘z-o‘zicha tadqiqot shakli bo'lib qolmaydi. Buning
uchun ularning, birinchidan, tadqiqiy maqsadni ko‘zda
tutgan (ya’ni avvaldan muammoni oydinlashtira oladigan
savollar tuzgan, insholar mavzularini maqsadli belgila-
gan, konferensiya ishini ma’lum yo'nalishga solgan) holda
tashkil qilinishi, ikkinchidan, olingan natijalarning atroflicha
va chuqur ilmiy tahlil qilinishi taqozo etiladi. Agar mazkur
metodlar adabiy konkret asar retsepsiyasini sinxroniya
aspektida o'rganishga xizmat qilsa, uning adabiy tanqid-
chilikdagi talqinlarini tadqiq etish orqali muammo diaxronik
aspektda o‘rganiladi. O'zbek adabiyotshunosligida alohida
olingan asarning tanqidchilikdagi talqinlarini o'rganishga
467
www.ziyouz.com kutubxonasi
bag'ishlangan maxsus tadqiqot hanuz yaratilmagan esa-
da, muayyan adib yoki shoir ijodining o'rganilishi tadqiq
etilgan ishlarda bu masala ham qisman yoritilgan.1
Shuni ham ta’kidlash joizki, yuqorida tavsiflangan
metodlar konkret badiiy asar tahlilida qorishiq holda qo'lla-
nadi. Ya’ni tahlil maqsadidan keiib chiqqan holda ulardan
bitta-ikkitasi yetakchi bolsa, boshqalari ularni to'ldiradi,
yordamchi vazifasini bajaradi. Deylik, asarni semiotik tahlil
qilishga chog'langan tadqiqotchi belgi (obraz)larga ma’no
berarkan, adabiy-madaniy kontekstni albatta nazarda
tutadi. Aks holda u obrazga yuklayotgan ma’no muallif-
ga mutlaqo aloqasiz, ya’ni uning o‘ziga tegishli subyek-
tiv ma’no bo'lib qolishi tabiiy. Yoki asarni biografik metod
asosida tekshirish maqsad qilinganda, o‘rni bilan tarixiy-
madaniy, sotsiologik, psixologik tahlil metodlariga ham
tayanish zarur bo'ladi. Zero, biografik metod negizida yo-
tuvchi muallif shaxsi, uning dunyoqarashi, ma’naviy-ruhiy
xususiyatlari konkret ijtimoiy-madaniy sharoitda shakllan-
gandir. Ma’lum boladiki, metodlarning qorishiq qo'llanishi
eng avval o‘rganilayotgan obyekt tabiati, adabiy asarning
g'oyat murakkab strukturali hodisa ekanligi bilan izohlana-
di. Ayni murakkablik konkret asarni bitta tadqiqot doirasida
tugal o‘rganish imkonini istisno etadi. Shunga ko‘ra, tad-
qiqotda asarning bir (yoki bir-biriga chambarchas bog'liq
bir necha) jihati diqqat markazida turadi. Ayni chog'da,
o‘sha jihat boshqa barcha jihatlarni e’tiborda tutgan holda
tadqiq qilinadi. Ya’ni adabiy asar tahlili unga sistema si-
fatida yondashgan holda amalga oshiriladi, bunda
sistem
yondashuvga fundamental tamoyil
sifatida qaraladi. Ayni
shu tamoyil hozirgi adabiyotshunoslikda keng qollanuv-
chi
sistem-butun tahlil, kompleks (filologik) tahlil
kabi tu-
shunchalarni umumlashtiradiki, ularning hammasi adabiy
asarni har jihatdan to‘la tadqiq etishni ko'zda tutadi. Man-
1 Содиков C. Абдулла K;a*x;op ижоди ва адабий танкид,- Т.: Университет,
1996; Каримов Б. Абдулла Крдирий: тан^ид, та)фил ва тал^ин,- Т.: Фан, 2006.
468
www.ziyouz.com kutubxonasi
balarda
filologik tahlil
va
kompleks tahlil
atamalari ko‘pin-
cha sinonim tarzida qollanadi. Mutaxassislar filologik tahlil
tushunchasi o‘z ichiga bir-biri bilan uzviy bog'liq: 1) badiiy
matnning lingvistik tahlili; 2) matnning uslubiy tahlili; 3) asar-
ning adabiyotshunoslik tahlili tushunchalarini qamrab olishini
ta’kidlaydilar. Ko‘rib turganimizdek, bejiz «filologik tahlil»
deyilgan emas, zero, u asarni ham tilshunoslik, ham adabi
yotshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etishni ko'zda tuta-
di. Biroq, ta’kidlash kerakki, lingvistik tahlil deganimiz ham
til vositalarining g‘oyaviy-badiiy niyatni qay tarzda amal-
ga oshirayotgani, badiiy-estetik funksiyasini o‘rganishga
qaratilgandir. Xuddi shu gapni matnning uslubiy tahliliga
nisbatan ham aytish mumkin. Adabiyotshunoslik tahlili esa
matnning badiiy asar, muayyan davr madaniy-tarixiy sha-
roiti mahsuli sifatidagi mazmun-mohiyatini ochib berish
maqsadini ko‘ziaydi. Ya’ni bunda asarni
tarixiylikprinsipiga
tayanib,
antroposentrik yondashuv
asosida va
kulturologik
y o ‘naiist)da
o'rganish taiab qilinadi.
Mazkur tamoyil va yondashuvlardan kelib chiqib adabi
yotshunoslik tahlilining o‘ziga xos dasturi, aytish mumkinki,
uning algoritmi - amalga oshirish tartibi ishlab chiqilgan.
Albatta, bu qat’iy amal qilinishi lozim bo‘lgan qoida emas,
biroq adabiy tajribalar qaymog‘i o'laroq asarning qaysi
jihatlari-yu undan tashqaridagi qaysi omillarga diqqat qi-
lish kerakligini ta’kidlab, maqsadga erishishning optimal
algoritmini ko'rsatishi bilan muhimdir. To‘g‘ri, mutaxassis
lar tavsiya etgan tahlil dastur-sxemalari bir-biridan ozmi-
ko'pmi farqlanadi, biroq asosiy bandlari hamisha umumiy
ekani bois ular mohiyatan yaqin bo‘lib qolaveradi. Misol
tariqasida epik asarlarning adabiyotshunoslik tahlili das-
tur-sxemasini keltiramiz:
1. Asar yozilgan davr va sharoit.
2. Asarning yozilish tarixi.
3. Asarning intertekstual aloqalari.
4. Adabiy turga mansubligi, janri.
469
www.ziyouz.com kutubxonasi
5. Asarning g'oyaviy-tematik asosi.
6
. Kompozitsion qurilishi.
7. Yetakchi pafos (badiiylik modusi).
8
. Asar badiiy konsepsiyasi.
Albatta, mazkur bandlar g'oyat umumiy bir tarz-
da berildi, ular o‘z ichida detallashtirilishi, ya’ni vazifalar
konkretlashtirilishi zarur. Masalan, oltinchi bandda qo'yil-
gan tadqiqiy vazifalar
asar arxitektonikasini tavsiflash,
ramka unsurlarí, roviy, rivoya usullari, rívoya kompozitsi-
yasi, nuqtayi nazar, badiiy detallar funksionalligi, perso-
najlar sistemasi, syujet motivlari, syujet qurilishi, konflikt,
kompozitsion usullar
tarzida konkretlashtirilishi mumkin.
Yoki beshinchi band doirasida
asarproblemasi, problema-
tikasi, mavzu va mavzuchalar, g'oyaviy-tematik butunlik,
g'oyaviy-hissiy munosabat va tipiklashtirish
kabi qator aniq
masalalar o'rganilishi lozim bo'ladi. Yuqorida aytilganidek,
adabiy asar tahlilida qat’iy belgilangan tartib va masalalar
mavjud emas, bular tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan
holda belgilanadi.
Xulosa qilib aytganda, adabiy asar tahlilining muvaf-
faqiyati ko‘p jihatdan maqsadni aniq belgilash, shu maq-
sadga erishishga yordam beradigan metodlarni tanlay bi-
lish va tahlilni amalga oshirish tartibini to‘g‘r¡ belgilashga
bog'liqdir. Shu shartlar asosida amalga oshirilgan tahlil
asartalqini - uning tushunilishi va tushuntirilishi ilmiy jihat
dan asosli bo'lishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |