emas, biroq shu orqali o'quvchi va mutaxassislar diqqa-
tining jalb etilishi ham shubhasiz.1 Ba’zan esa, aksincha,
asari janrning an’anaviy talablariga to'la javob bermasligi-
ni his etganidan shoir «g'azal yo'lida», «g'azalnamo»,
«ruboiyona» singari qaydlari bilan uzrxohlik qiladi, «aybga
buyurmaysiz, buyam bir havas, mehrdan-da» demoqchi
bo'ladi go‘yo. Hozirgi o'zbek she’riyatida sarlavha ostida
«hazil» so‘zi qayd etilgan she’rlar juda keng tarqalganki,
bunda ham eng awal uzrxohlik funksiyasi mavjud. Ya’ni
she’r shunchaki kulgi uchun yozilmagan - zamirida jiddiy
ma’no yotibdi, asli, faqat shuni kishiga malol keltirmay yet-
kazmoqchi, xolos. Xullas, janrning qayd etilishiga befarq
qaramaslik lozim, chunki har bir konkret holatda u ham
muayyan badiiy-estetik yoki badiiy-kommunikativ funksiya
bajaradi.
Epigraf badiiy jihatdan samarali va ijod amaliyoíida
ancha keng tarqalgan ramka unsurlaridandir. Mohiyatan
epigraf ham ko'chirma bo‘lib, o‘quvchi ommaga tanish va
e’tiborli manbalar (xalq og'zaki ijodidan, mashhur ada-
biy asarlar, atoqli shaxslarning so‘zlari va b.)dan olingan
gaplarni sarlavhadan keyin keltirishdan iboratdir. Mumtoz
she’riyatimizda epigraf qo'llash odati bo'lmagan, bu narsa
yangi o‘zbek adabiyotida urfga kirdi. Jumiadan, Cho'lpon
o'zining «Yong'in» nomli she’riga gazeta xabarini epigraf
qilib oigan:
Dostları ilə paylaş: