Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

Uydan ketganimga o‘n yil bolibdi,
0 ‘n yil qishlog'imdan у и rib man uzoq.
Men yurgan yo'llarda o'tlar unibdi,
Ko'miiib bolibdi men kezgan so'qmoq.
E’tibor berilsa, bandda qollangan til unsurlari kundalik 
muloqotda qo‘llanuvchi unsurlardan o‘zga emasligi, unda 
turli badiiy vositalarning ishlatilmagani ko'riladi. Tajriba 
uchun banddagi badiiy nutqni amaliy nutq ko‘rinishiga kelti- 
ramiz: «Uydan ketganimga o‘n yil bolibdi. 0 ‘n yil qishlog'im- 
dan uzoq yuribman. Men yurgan yollarda o'tlar unib, men 
kezgan so'qmoq ko'milib bolibdi». Ko'rib turganingizdek, 
so'zlar aynan keltirildi, bunda bironta so'z o'zgartirilgani 
yo'q. Endi tasavvur qilingki, shu gaplarni kundalik mulo- 
qotda sizga kimdir aytmoqda. Bu holda mazkur parcha- 
ning badiiylikdan mahrumligi, endi uning badiiy informat-
242
www.ziyouz.com kutubxonasi


siya yetkazmayotganini anglash qiyin emas. Xo‘sh, nima 
uchun bir xi! so‘z!ardan tarkib topgan ikki nutqiy bo’lakning 
birini «badiiy» deymiz-u, ikkinchisini badiiylikdan mahrum 
deb hisoblaymiz? Farq shundaki, keyingi parchadagi gaplar- 
ni eshitganimîzda biz o‘zga odam yeikazayotgan informatsi- 
yani ham, o‘sha odamning ayni paytdagi his-tuyg‘ularini ham 
tushuncha shaklida qabu! qilamiz. Aksincha, she’rning ilk 
bandini o'qishni boshlashi bilanoq 
0
‘quvchi diliga mahzun- 
lik inadi, she’rning asosiy tematik obrazi - qishiog'idan o‘n 
yillarayro yurgan, endi qishlog'ini kezingancha hayot haqi- 
da mahzun o'ylarga cho‘mgan kishi kechinmalarini ko'ngli- 
dan bir-bir kechira boshlaydi. 0 ‘quvchi o‘sha o‘t bosgan 
yo‘llarni, ko'milib bo'lgan so'qmoqni ko‘radi, lirik qahramon 
bilan birga yoki o'zini uning o'rniga qo'ygan holda o'sha 
so'qmoqda kezinadi. Ya’ni u yangi bir olamda - til unsur- 
lari vositasida yaratilgan badiiy reallikda yashaydi. Badiiy 
reallik esa, bilasiz, voqelikning oddiygina aksi emas, balki 
uning ijodkor qaibi-yu ongida qayta yaratilgan aksi - badiiy 
obrazdir. Bu obrazda ijod onlarida shoir qalbida kechgan 
his-tuyg‘ular-u o‘y-fikrlar ham, uni o‘sha holatga olib kirgan 
voqelik parchalari ham til unsurlari vositasida uyg'un aks 
etgan. Boshqacha aytsak, ijodkor tasavvurida yaralgan 
obraz badiiy nutqda moddiylashadiki, u yetkazayotgan in- 
formatsiya 
obrazli va hissiyotga yo‘g ‘rilgan
informatsiyadir. 
Demak, badiiy nutqning belgilovchi xususiyatlari 
obrazlilik
(tasviriylik) va 
emotsionallik
ekan.
Tahlil qilganimiz ikkala misol badiiy nutqning obrazliligi 
lirik asarlarga nisbatan epik asarlarda yorqinroq namoyon 
bo'lishini koïsatadi. Lirik asarlarda tasvirlanuvchi voqelik 
parchalari lirik qahramon ichki olamiga olib kiruvchi vosita 
(ya’ni unda voqelikning shu maqsadga yetish uchun zarur 
fragmentlarigina qalamga olinadi) bo'lsa, epik asarlardagi 
badiiy voqelik o‘z holicha ham estetik qimmat kasb etadi- 
gan, to'laqonli, obyektivlashgan manzaradir. Shu bois ham 
epik asarlardagi ijodkor ko‘zi bilan ko'rilgan voqelik o‘quv-
243
www.ziyouz.com kutubxonasi


salqinini «his qiladi», choqqina hovli, kichkina sahn, sigir 
sog‘ayotgan ayo! va sahnni supurib turgan qizga bir-bir 
«nazar tashlaydi», shu asnoda tashqari eshikning «besa- 
ranjom» ochilganini «eshitadi», bir qo'lida supurgi, bir qo‘li 
tizzasida eshikka tikilgancha qotgan Zebini «ko'radi» va u 
bilan birga «bir seskanib oladi».
Zamonaviy adabiyot nuqtayi nazaridan qaralsa, badiiy 
nutq obrazliligi go'zal tashbeh-u istioralar yoxud boshqa 
tasvir va ifoda vositalari (o'xshatish, metafora, ramz va b.) 
ga boylik, bezakdorlik, bo'yoqdorlik, ko‘tarinkilig-u jimjima- 
dorlik kabi sifatlar bilan belgilanmasligini ham unutmaslik 
lozim. Ilgari aytilganidek, mazkur xususiyatlar badiiy nutq 
hali jonli so‘zlashuvga yaqinlashmagan davriarda bel- 
gilovchilik maqomida edi. Hozirgi adabiyotda esa bu xil 
vositalar mutlaqo yoki deyarli ishlatilmagan asarlar ham 
juda ko‘p, biroq bu bilan ulardagi nutq «badiiy» sifatidan 
mahrum bo'lib qolmaydi. Masalan, A.Oripovning «Xotirot» 
she’ri ilk bandini olaylik:

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin