individuallashtirish
zarurati badiiy
asar tilidagi differensiatsiyalanganlikni yanada orttiradi.
Chunki asardagi har bir personajning nutqi uning xarak-
ter xususiyatlariga, dunyoqarashi, muhiti, ma’naviy qiyo-
fasi, madaniy-ma’rifiy darajasi kabi jihatlarga muvofiq bo‘li-
shi lozim. Sababki, epik va dramatik asarlarda qahramon
xarakterini yaratishning asosiy vositalaridan bin personaj
nutqi sanaladi. Zero, asardagi har bir personaj o‘zining
yoshi, jinsi, ijtimoiy qatlamga mansubligi, fe’l-sajiyasi,
madaniy-ma’rifiy saviyasi kabilarga muvofiq gapiradi, de-
mak, nutqi bilan o‘zini tavsiflaydi.
Muallif nutqi bilan personaj nutqi orasidan badiiy nutq-
ning yana bir shakli -
o ‘ziniki bo‘Imagan muallif nutqi1
joy
oladi. Oraliq hodisa ekanligi uchun ham unda personaj
nutqi muallif gapi shaklida ifoda etiladi. Aytish kerakki,
zamonaviy o'zbek nasrida nutqning mazkur shakli ancha
keng tarqalgan. Undan ko'pincha personaj
o ‘y-m ush o -
1 Ushbu termin rus adabiyotshunosligida keng qo'llanuvchi «nesobst-
venno-avtorskaya rech» istilohini kalka usulida o'girib hosil qilingan. Rus
adabiyotshunosligida unga sinonim sifatida yana «nesobstvenno-pryamaya rech»
termini ham ishlatiladi.
248
www.ziyouz.com kutubxonasi
hadalari, ruhiyatida kechayotgan jarayonlarni tasvirlash
uchun samarali foydaianüadi. Masalan, «Kecha»da dar-
parda ortidan otasi mingboshidan sovchilar kelgani haqida
onasiga aytgan gaplarni eshitgan Zebi ruhiyatida kechgan
jarayon ayni shu nutq shaklida beriladi. Qizning xayolidan
avval qishioqda ko‘rgan-eshitgan mingboshi bilan bogliq
ma’lumotlar, so'ng aravadagi voqea tafsiiotlari, uylariga
Saitanatning onasi kelib ketgach, o‘z onasining rahmi kel-
ganday qarayotgani - hammasi yashin tezügida (bamiso-
li filmni ayovsiz qaychilab, faqaí eng zarur qadrlari qay-
ta montaj qilingan kabi) bir-bir o'tadi. Har holda, sanash
ohangida ketma-ket beriigan qisqa jumlaiar o‘quvchida
shunday taassurot qoldiradi: «Mingboshining darangla-
gan uyiari... Sertakalluf ziyofatiar... Bir-biri bilan bu qadar
inoq bo‘lib ko'ringan kundoshlar... Sultonxonning birdani-
ga oradan yo‘q bo'lib qolishi...» Avvalo, matnda bu gaplar-
ning qo'shtirnoqsiz, muallif nutqi shaklida berilgani, so‘ng
bu Zébi ongida kechayotgan o'ylov jarayoni ekani, ayni
damda, qizning miyasida yuzaga kelgan holatning sabab
va oqibatlari o'ta katta tezlikda mushohada qilinayotgani-
ni ta’kidlash lozim. Bu esa Cho‘lpon qahramonining ayni
damdagi holatini haqqoniy aks ettirish uchun eng maq-
bul shaklni topa bilganidan dalolat. 0 ‘quvchi shu gaplar
ortidanoq matnda aks etmagan, biroq Zebining xayolida
chaqnagan «Bejiz emas ekan-da!» degari o‘yni uqib ola-
diki, bu ham parchada haqiqatan o‘ylov jarayoni aks ettiril-
ganiga dalolat qiladi. Mazkur ruhiy holatni aks ettiruvchi
parchaning davomi yanada o‘ziga xos: «Oh, shu topda
Saltanatxon bo‘!sayd¡! Shu sirlarni ochib berib, buning
ko'nglini tinchlatarmidikin? Balki, bu sirlarni u ham bil
mas?.. Bilsa aravada aytmasmidi? Yo‘l bo‘yi gaplashib
kelib hech narsa demadi-ku. Yo yashirarmikin? Yashirsa,
uning do'stligi qayerda qoldi? Bunaqa odam do‘st bo‘lar-
midi, qalay!» To‘g‘ri, bundagi birinchi jumla aynan Zebiga
tegishlidek ko'rinadi. Lekin ikkinchi jumladagi «buning»
249
www.ziyouz.com kutubxonasi
(ya’ni Zebining) olmoshi gap uchinchi shaxs - muallifga
íegishli ekaniga dalolat qiladi. Ayni chog'da, bu gap Zebi
ko'nglidagi «Oh, shu topda Saltanatxon bo‘lsayd¡! Shu
sirlarni ochib berib, ko'nglimni íinchiatarmidikin?» tarzidagi
ístakning ifodasi ekani ham shubhasiz. Shuningdek, par
cha oxirida qo'llangan «qalay» kirish so'zi ham gapning
Zebiga íegishii ekanini koYsatadi. Zero, bu so‘z Razzoq
so'fi nutqida parazit so‘z darajasida ko‘p qollanadi, Qur-
vonbibi nutqida ancha faol - o'quvchi Zebi nutqida oilaviy
an’ana davom eíayoíganini yaqqol ko'radi, ya’ni «qalay»
so‘zi nutq egasiga ishora vazifasini ham o‘taydi.
Adabiyotshunoslikda nutq subyektlari sonidan ke-
lib chiqqan holda badiiy nutqning monologik va dialogik1
shakilari ham farqlanadi. Agar
monologik nutq
deganda
bir kishining (kimdir birov yoki o‘ziga murojaat shaklidagi)
nutq i tushunilsa,
dialogik nutq
ikki yoki undan ortiq perso-
naj orasidagi muloqotda voqe bo'ladi. Lirik asarlarda mo
nologik, dramatik asarlarda dialogik nutq ustuvorlik qilsa,
epik asarlarda ular qorishiq holda namoyon bo'ladi. Albat-
ta, mazkur nutq shakilari adabiy turlarni farqlashda hozirda
ham muhim, qadim yunon faylasufi Platón talqinida esa
ular turlarning belgilovchi xususiyati sanalgan.
Shu o'rinda badiiy nutqning «ichki nutq» deb ataluvchi
shakliga ham to'xtalib o‘tish zarur. Tabiiyki, agar «ichki
nutq» bor ekan, unga zid o'laroq «tashqi nutq»ning ham
mavjud bo'lishi taqozo etiladi. Har ikki istilohning ham
shartli ekanini ta’kidlagan holda «tashqi nutq» jarang top-
gan, ya’ni tovushlarda moddiylashgan nutqni, «ichki nutq»
esa moddiylashmagan, ya’ni faqat kishi botinidagina kech-
gan nutq («o‘ylov»)ni anglatishini aytish kerak. Badiiy ada-
biyotda personaj ruhiyatini ochib berish, uning ongida
1 Nutqiy muloqotda ¡kkidan ortiq subyekt ishtirok etsa, «polilog» istiiohini qo‘i-
lash amaliyoti ham bor. Biroq adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan bu istilohga
zarurat yo‘q, «dialog» termini ostida ikki va undan ortiq subyekt ishtirok etgan
nutqiy muloqot tushunilaveradi.
250
www.ziyouz.com kutubxonasi
kechayotgan
o 'y lo v - m u s h o h a d a
jarayonlarini tasvirlash
maqsadida «ichki nutq»dan keng foydalaniladi. Masalan,
personajning moddiylashmagan, o'ziga qaratilgan va ichi-
dagina kechuvchi nutqi -
ichki monolog
badiiy psixolo-
gizmning asosiy shakllaridan sanaladi. Odatda, epik asar-
larda ichki monoiog ko'chirma gap shaklida - qo‘shtirnoq
ichida beriladi va zarur darajada remarkalar («deb o‘yla-
di», «xayolidan o'tkazdi u» va b.) bilan ta’minianadi. Albat-
ta, ichki monolog shartli ravishdagina ongda kechayotgan
o'ylov (his etish) jarayoni sifatida qabul qilinishi mumkin,
chunki, aslida, o‘ylov jarayoni ichki monologlarda tasvir-
langan kabi batartib, izchil kechmaydi. Dramatik asarlarda-
gi aksariyat monologlar mohiyatan ichki monolog, faqat
ularda «ikki karra shartlilik» kuzatiladi. Chunki dramada-
gi monolog moddiylashadi - talaffuz etiladi, lekin perso
najning sahnada yolg'izligi va nutqi uning o'ziga qaratilgani
bu gaplarni haqiqatda voqe bo'lmagan, balki uning ongi-
da kechgan jarayon imitatsiyasi deb qabul qilishni taqozo
etadi. Shunga o'xshash, sahnadagi personajning boshqa
personajlar bilan muloqot chog'ida «chetga» gapirishi ham
shartli ravishda «ichki nutq» deb qabul qilinadi. Shuning-
dek, badiiy adabiyotda «ichki nutq»ning dialogik shaklidan
ham foydalaniladi. Odatda, bu holda personajning xayo-
lan kim bilandir bahs-munozarasini yo ruhiyatidagi ikkiga
ajralish - o‘z-o‘zi bilan kurashini tasvirlash orqali holat dra-
matiklashtiriladi. Masalan, «Kecha» romanidagi Miryoqub
ongida kechgan o‘z-o‘zini taftish qilish jarayoni uning «ter-
govchi» (o‘zini «biz» deya taqdim etgan sud hay’ati) bilan
dialoglari orqali tasvirlanadi. Matnda salmoqli o'rin egallov-
chi bu «ichki dialog» asar konsepsiyasini ifodalashda juda
katta ahamiyat kasb etadi.
Ritmik tashkillanishi jihatidan ham badiiy nutqning ikki-
ta: sochma (nasr) va tizma (nazm) shakllari mavjud. Nasriy
nutq ritmik jihatdan ma’lum darajada amaliy nutqqa yaqin
bo‘lsa, she’riy nutq muayyan bir o'lchov asosida tartibga
251
www.ziyouz.com kutubxonasi
solingan ritmiklikka ega, hissiy to'yintirilgan nutq sanaladi.
Nasriy nutq epik va dramatik asarlarning asosiy nutq shak-
li hisoblanadi. Shu bilan birga, she’riy yo‘lda ham epik va
dramatik asarlar yaratilishi mumkinligini unutmaslik kerak.
Shunga o'xshash, she’riy nutq link asarlarning asosiy nutq
shakli bo'lgani holda, nasrda yozilgan lirik asarlar ham
mavjud.
Dostları ilə paylaş: |