Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

nominativ-tasviriy
1 Введение в литературоведение / Под ред. Г.Н.Поспелова. 3-е изд., испр. 
и доп. - М.: Высшая школа, 1988. - С.279.
2Хализев В.Е. Теория литературы. - М., 2002. - С.264 - 266.
255
www.ziyouz.com kutubxonasi


m a’nosi aktuallashadi.
Ya’ni badiiy nutq tarkibida so‘z 
o'zining asliga - obrazli tabiatiga qaytadi, yana ham 
to‘g‘rirog‘i, so'zning mazkur azaliy xususiyati badiiy nutq 
tarkibida tolaqonli namoyon boladi.
Nominativ-tasviriy ma’nosi aktuallashgan so‘zlarning 
semantik va grammatik boglanishi natijasida badiiy obraz
- konkret-hissiy idrok etish (ko'rish, eshitish va b.) mumkin 
bolgan voqelik parchasi paydo boladi. Diqqat qilinsa, buni 
istalgan badiiy matnda, masalan, quyidagi she’riy parcha 
misolida kuzatish mumkin:
Xona sovuq. Xontaxta uzra
Bo‘m-bo‘sh shisha. Unda oy aksi
Va burchakda turibdi muzlab
Oq bo‘zdagi g ‘a mg in qiz rasmi.
Keltirganimiz - X.Davron qalamiga mansub «San’at» 
she’rining ilk bandi. Avvalo, bandni o‘qiganda tasavvurimiz- 
da jonianuvchi obrazni tutib turgan tayanch so'zlarni ajra- 
tib olish darkor: «xona», «xontaxta», «shisha», «burchak», 
«oy aksi» va «oq bo'zdagi qiz rasmi». She’rni o'qish jarayo- 
nida sanalgan so‘z!ar (bundagi ikkita so‘z birikmasi ham 
atash nuqtayi nazaridan so‘zga teng)ning nominativ-tas- 
viriy ma’nosi aktuallashadi: tasavvurimizda ayni so'zlar or- 
tidagi narsalar navbatma-navbat aks etadi-da, pirovardida 
tugal manzara jonlanadi. Shoirning musavvirona nigohi 
«shishaga tushib turgan oy aksi»ni ko‘radi - rassom qaro 
tunni bedor o'tkazayotganiga she’rda boshqa bironta isho- 
ra yo‘q, biroq shuning o'ziyoq o'quvchiga san’atkor ijodiy 
tolg'oqda ekanini anglatadi. Xona burchagida turgan «oq 
bo'zdagi g'amgin qiz rasmi» esa bu anglamni quvvatlay- 
di. Zero, bu 
0
‘rinda gap molbertdagi - hali butkul tugallan- 
magan surat haqida bormoqda, ya’ni ijod jarayoni davom 
etmoqda, ifoda imkonlari izlanmoqda. Matndagi «sovuq», 
«bo‘m-bo‘sh», «muzlab turmoq», «g'amgin» so‘zlari esa
256
www.ziyouz.com kutubxonasi


tasavvurdagi manzarani birmuncha aniqlashiirsa ham, 
ko'proq unga emotsional bo‘yoq berishga xizmat qiladi. 
Avvalo, «sovuq» so‘zini faqat xona harorati ma’nosida 
tushunmaslik kerak, she’rda u ijodkor xalqiga xos faqiro 
na turmush ramziga aylanadi. Shunga o'xshash, «bo‘m- 
bo‘sh» sifati ijodiy jarayondagi qalb qiynoqlariga ishora 
qilsa, molbertdagi qizning «g‘amgin»!igi bunga yo‘qotish 
iztiroblarini qorishtiradi. Xullas, ijod jarayoni kechayot- 
ganini aks ettiruvchi obraz so‘zlarning nominativ-tasviriy 
ma’nosi asosida yuzaga kelmoqda. Boshqacha aytsak, bu 
o'rinda yangi ma’no hosil qilingani yo‘q, so‘zlarning mavjud 
ma’nosi «o‘stirilmoqda».
So‘zning tasvir imkoniyatlari juda keng, faqat ularning 
ro‘yobga chiqish darajasi bevosita ijodkor mahoratiga, 
aniqrog'i, undagi estetik nigohning nechoglik o'tkirligiga 
bog'liq. Ya’ni olamni musavvirona nigoh bilan ko’rish iqti- 
doriga ega shoir yo adibgina ko‘rganlarinî so‘z vositasida 
tasvirlashga imkon qidiradi, o‘z navbatida, uning ijodiy 
izlanishlari so'zning tasvir imkoniyatlarini kengaytiradi. 
Masalan, yozuvchi Isajon Sulton asariarini o'qiganda un­
dagi iste’dodning ayni shu qirrasi yaqqol ko‘zga tashlana- 
di. Bunga amin bolish uchun «Ozod» romanidan olingan 
quyidagi parchaga e’tibor qiling: «So‘qmoq o‘ydim-chuqur, 
aravaning g'ildiragi o‘t-o‘lanlarni ezib-yanchib o‘tgan, iziga 
yomg‘ir suvi to‘planib, sarg‘ish-qizg‘imtir tus oigan, shu 
sath oynasida ham osmonning va ko‘!mak chetidagi tuproq 
uyumining bir qismi aks etardi». Ko‘rib turibmizki, muallif 
oyoq ostiga - ko'pda e’tibor ham berilmaydigan narsalar- 
ga bamisoli durbin orqali nigoh tashlaydi. Shu bois ham 
parchani o‘qiganda yirik planda olingan kinolentani tomo- 
sha qilayotgandek taassurot qoladi kishida. Bunga qanday 
erishiladi? Yuqorida aytdikki, avval «ko‘ra olish» kerak, 
shundan so‘nggina ko‘rilganni tasvirlash imkoniyatlari qidi- 
riladi. So‘z bilan tasvirlash jarayonidagi eng muhim ikkita 
nuqtani ta’kidlash lozim: 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin