Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

so'zlarni tanlash
va 
ularni joy-
257
www.ziyouz.com kutubxonasi


lashtirish.
Agar birinchi talab tasvirlanadigan narsalar bilan 
bogliq boisa, ikkinchisi aynan manzaraning butunligi bilan 
belgilanadi. Ya’ni matnning so‘z bilan chizilgan manzara 
aks etgan bolagi manzara kompozitsiyasiga mos quriladi, 
nutqda o‘sha manzara qismlari navbatma-navbat tavsifla- 
nadi. Yuqoridagi parchada manzara detallarining taqdim 
etilish tartibi ko‘zdan kechirilsa, matn kompozitsiyasining 
ahamiyatini yaqqol ko'rish mumkin:
1) awal umumiy tarzda so‘qmoq ataladi - o'quvchi 
tasavvurida umuman so‘qmoq aks etadi;
2) so'qmoqning «o‘ydim-chuqur»ligi qayd etiladi - so‘q- 
moq individual chizgiga ega boladi, konkretlilik kasb etadi;
3) arava glldiragi ezib-yanchigan o‘t-o‘lanlar;
4) g'ildirak qoldirgan iz, biroq u uzluksiz emas: ayrim 
joylarida chuqur iz qolgan, boshqa joylarda iz o‘t-o‘lanlar- 
ning ezib-yanchilganidangina bilinadi;
5) izga to'plangan yomg'ir suvi;
6) yomg'ir suvining sarg‘ish-qizg‘imtir tusi;
7) suv sathida aks etgan a) osmon va b) tuproq uyumi.
Tasvir nuqtayi nazaridan qaralsa, parchada to‘rtta
bolak ajraladi: umumiy plan - so'qmoq (1, 2), yirik plan
- g'ildirak ezgan o‘t-o‘lanlar (3), g'ildirak iziga to'plangan 
sarg‘ish-qizg‘imtir tusli suv (4, 5, 6) hamda suvda aks 
etgan osmon (7 a) bilan tuproq uyumi (7 b). Ya’ni sanal- 
gan detallardan tarkiblangan manzara matnning aynan 
yuqoridagicha kompozitsiyasi orqali namoyon etilgan. 
Davriy ketma-ketlikda berilgan detallarning pirovardida 
yaxlit manzarani hosil qilayotgani esa yozuvchi mahora- 
tidan - musavvirona nigohga munosib uslubga egaligidan 
dalolat beradi.
Shu o'rinda so‘z bilan tasvirlashning muhim talablari- 
dan birinchisi -
so‘z tanlash
masalasiga qaytish joiz. Ta- 
biiyki, tanlov tasvir predmetining tabiatidan kelib chiqib 
amalga oshiriladi. Masalan, tahlilga tortilgan parchada 
statik (turg'un) holat aks etgan. Shu bois ham unda ot va
258
www.ziyouz.com kutubxonasi


belgi angiatuvchi so'zlar ustuvor. Maindagi ravishdosh 
{to'planib -
uni mazmunga hech bir zararsiz 
to'plangan
bi- 
ian almashtirish mumkin) ham, sifatdoshlar (
ezib-yanchib
o‘tgan, tus oigan)
ham belgi ifodalashga xizmat qiladi. Hat­
to fe’l-kesim 
(aks etmoq)
ham harakatni emas, holatni -
suvda osmon va tuproq uyumi aks etib turganini ifodalaydi. 
Romandan olingan mana bu parchada statik holat bilan 
jarayon tasviridagi so‘z qollash farqini qiyosan kuzatish 
mumkin: «Soyning ba’zi joylarida suv sayoz, suvning osti 
mayda tosh qumi - zig'irqum. <...> Zig'irqum ustida mitti 
baliqchalar aniq ko'rinadi, birdaniga suzib ketishadi ular, 
shunda suvosti qumi to‘zg‘iydi, zarralari asta-sekin o‘z joyi- 
ga cho'kadi». Sayoz joy tasvirlangan birinchi jumlada bi- 
ronta ham fe’l qollangan emas. Keyingi qo'shma gapning 
birinchi sodda gapida tasvirlangan mitti baliqchalarning 
koYinibturishi ham mudom takrorlanadigan, ya’ni muayyan 
ma’noda turg‘un holatdirki, 
ko'rinmoq
fe’l shakli shuni ifo­
dalashga mos. Qo‘shma gap tarkibidagi keyingi sodda 
gaplarning «suzib ketishadi» - «to‘zg‘iydi» - «cho'kadi» 
fe’llari bilan ifodalangan kesimlari esa ketma-ket yuz ber­
gan harakatlar silsilasini tasavvurda jonlantiradi. Yana bir 
muhim jihati, mazkur harakatlar turli subyektlar (
baliqcha­
lar

qum, zarralar)
tomonidan amalga oshirilgani holda, 
o'quvchi nigohi bir nuqtaga qaratilgan: o‘sha nuqtada sa- 
bab-natija munosabati asosidagi ketma-ketlikda amalga 
oshgan jarayon tasvirlangan. Aytish kerakki, badiiy nasrda 
so'zning bu boradagi imkoniyatlari juda keng. Jumladan, 
so‘z turli subyektlarning bir paytdagi harakatlaridan tarkib- 
langan jarayonni ham to'laqonli tasvirlashga qodir. Ro- 
mandagi yana bir epizod - onasi non yopayotgan payt 
jajji singlisi qo'rqqanidan chirillab yig‘lab yuborgan holatni 
ko'rib chiqamiz: «Onam «Voy o!lay» deb unga qaraganida, 
kosovga ilashib chiqqan bir cho‘g‘ ko'ylagiga tushib, tutay 
boshlaydi. Singiim esa qattiq qo‘rqqani uchun battar chiril- 
laydi. Onamning ko'ylagi bir muddat tutab, keyin lov etib
259
www.ziyouz.com kutubxonasi


alanga oladi. «Ona-a, yonyapsan», deb baqiraman. Onam 
chopib boryapti-yu bir oiovga, bir singlimga qaraydi. Le- 
kin to‘xtamaydi, singlimning oldiga yetib boradi, unga hech 
nima qilmaganini bilganidan keyingina olovni o'chirishga 
urinadi. Obdastadagi suvni olib, ust-boshiga sepib yubora- 
di». Yuqoridagi parchadan farq qilaroq, bunda o‘quvchi 
nigohi uch subyekt - ona, qizcha va o‘g‘il (roviy)ga qara- 
tiladi. Bu uchala subyektning xatti-harakatlari davriy jihat- 
dan o‘z ¡chida 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin