xususiyatlar bilan bir qatorda o‘sha hudud kishilarigagi-
na xos bo'lgan jihatlar (urf-odatlar, tasawurlar, aqidalar,
narsa-buyumlar va b.) ham mavjudki, bular birinchi gal-
da sheva tilida o‘z aksini topadi. Shunday ekan, asarda
tasvirlanayotgan hududga xos bo'yoqlarni berish, unda
harakatlanayotgan personaj xarakterini to‘laqonli badiiy
talqin etish uchun tabiiy ravishda dialektizmlardan foyda-
lanish zarurati yuzaga keladi. Masalan, N.Eshonqulning
«Urush odamlari» qissasi voqealari hozirgi Qamashi tu-
manining Tersota qishlog'ida, urushning oxirgi yilida ke-
chadi. Avvalo, aytish kerakki, qissa bir o‘qishdayoq o'quv-
chi ko'ngliga chippa yopishadigan, uni befarq qoldirishi
mumkin bo‘lmagan asariardan. Albatia, qissada keskin
dramatizmga yo‘g‘rilgan hayotiy holatning qalamga olin-
gani, urush atalmish olamiy fojianing kichik bir qishloq ahli
hayoti misolida akslantirilgani bunda hal qiluvchi ahami-
yatga ega. Ayni paytda, o‘quvchining asar ruhiga kirishi,
betakror fe’l-sajiyali tersotaliklarga hamdard-u hamnafas
bo'lib qolishida uning tili ham g'oyat muhim. Qissani o‘qi-
ganda «xalq ruhi tilda aks etadi» degan gapning shuncha-
ki lutf emasligiga amin bo'ladi kishi. Ilk sahifalarda eshi-
tilgan - Normatning urushdan qaytishi munosabati bilan
uyushtirilgan to‘ychiqdagi yosh bolalar kurashi qo‘zg‘agan
shavq-u tarafkashlik ifodasi bolmish luqmalar, pardali yo
behayo ekaniga hukm qilishga shoshib qolinadigan tagdor
hazillar-u qochirimlar- bari sodda samimiyatdan, xalqona-
likdan darak. Kurashda g‘olib bolakay qo‘llagan usulning
mana bu tarzda olqishlanishi haqida ham shunday deyish-
ga tola asos bor: «Halol! - baqirib yubordi Sharif chavan-
doz. - Buni yiqitish deydi-da!
Dostları ilə paylaş: