Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

Derazamga uriladi qor
Jaranglaydi jarangsiz kumush, -
satrlarida metaforaning ma’no assotsiatsiyalari yanada 
kengroq. Ma’lumki, qorning kumushga (rang o'xshashligi)
279
www.ziyouz.com kutubxonasi


o'xshatilishi ancha keng qo'llanadi. Shoir shu asosda «ku- 
mush»ning yana bir assotsiyatsiyasini uyg'otadi: qorning 
yog‘ishini «kumush tangalarning sochilishi»ga o‘xshatadi- 
ki (jaranglaydi jarangsiz kumush), go‘yo kimdir xayr-ehson 
qilib tanga sochayotgandek. Xalqimizda «qor» yogïshi 
to'kinlikdan, barakotdan deb bilinishi sizga ma’lum, albatta. 
Ko'ramizki, qor shoirning assotsiativ fikrlashida avva! «ku­
mush»™, keyin xalqimizning maishiy tafakkurida muqim 
o'rinlashgan inonchni uyg'otadi. Anglashiladiki, agar leksik 
metaforaning mazmuni bir so‘z doirasida anglashilishi 
mumkin bo'lsa, matn ichidagi metaforaning ma’nosi matn- 
dagi boshqa so'zlar bilan aloqada oydinlashar ekan. Mas- 
alan, shoir yozadi:
Eng dahshatli baqiriq - soqovning baqirig'i.
0 ‘, qanday kuch bilan baqirar qabrtoshlar...
Albatta, bu o'rinda metaforaning ma’nosi turlicha tushu- 
nilishi, u o‘quvchiiar ongida bir-biridan farqli assotsiatsi- 
yalarni uyg'otishi mumkin ekani tabiiy. Biroq har qanday 
holatda ham parchadagi birinchi misra ikkinchisining ang- 
lanishiga, metaforik mazmunning yuzaga chiqishiga asos 
bo‘ladi. «Soqovning baqirig‘i»dagi dahshatli jihat shuki, uni 
kamdan kam odam eshitadi, eshita oladi. Shunga o‘xshash, 
aslida, qabrtoshlar ham bizni juda ko‘p narsalardan ogoh 
etib turadi, faqat ularning baqirig‘ini biz doim ham «eshitol- 
maymiz». Baqirig'ini yonidagi odam eshitmayotganini bilib 
turgan soqovning holatini tasavvur qilasiz-da, bizni ogoh 
etib unsiz baqirayotgan qabrtoshlar, ular ortidagi o‘tgan- 
lar ruhini tasavvur etasiz. Ayni shu nuqtada she’r dilingizni 
titratadi, boshda tushunarsizdek ko‘ringan satrlar qatidagi 
ma’no ongingizga o'chmas bo’lib muhrlanadi.
Atoulloh Husayniy uqtiradiki: «Aqllig1 jondorlardin o‘zga 
tilsiz hayvonlar, o'sumluklar, jismlarga xitob va alarning 
orasidagi tig‘-u qalam, kun-u tun, sham’-u gui munozaralari
280
www.ziyouz.com kutubxonasi


yanglig1 shoirlar yaratgan munozaralar ham istiora qabi- 
lidindur».1 Ya’ni olim ko'chimlaming bir guruhi mohiyatan 
metaforaga yaqin ekanligini ta’kidlaydi. Zamonaviy ada- 
biyotshunoslikda ham Atoulloh Husayniy sanagan 
jon-
lantirish
(
antropomorfizm
), 
tashxis (personifikatsiya
) va 
allegoriya (majoz
) metafora guruhiga kiruvchi ko'chimlar 
sifatida e’tirof etiiadi.
Badiiy nutqda keng va faol qo'llanuvchi ko'chim turlari- 
dan yana biri metonimiyadir. Metonimiya 
(gr.
«o'zgacha 
nomlash», «boshqa narsa orqali atash») usulida ma’no 
ko'chganida narsa-hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik asos 
qilib olinadi. Bu aloqadorlik turlicha ko'rinishlarda namo- 
yon bo‘lib, bunda narsa-hodisa, holat yoki harakat bilan 
ular egallagan joy («stadion hayqirdi», «shahar bosh 
ko'tardi»), vaqt («og‘ir kun», «omadli yil»); harakat bilan 
u amalga oshiriladigan vosita («achchiq til»); narsa va 
uning egasi, yaratuvchisi («Fuzuliyni o'qimoq»); narsa va 
u yasalgan modda, xomashyo («barmoqlari to‘la tilla»); 
ruhiy holat, xususiyat va uning tashqi belgisi («ko‘z yum- 
moq») kabi aloqalarga asoslaniladi. Badiiy adabiyotda 
uzoq davrlar mobaynida metaforik tafakkur yetakchilik qil- 
gan, shu bois ham metonimiya nisbatan kamroq uchragan 
bo'lsa, zamonaviy adabiyotda - badiiy proza maqomining 
yuksalishi bilan bogliq holda - metonimiya ham faollash- 
gan. Badiiy-estetik funksiyadorligi, ta’sir kuchi jihatidan 
metonimiyaning metaforadan quyiroq turishini ko'pchilik 
mutaxassislar e’tirof etadilar. Shunday bo‘lsa-da, badiiy 
matnda, ayniqsa, metafora bilan yondosh qo'llangan holda 
u katta badiiy samara beradi, fikrni lo'nda va ta’sirli ifoda- 
lashga xizmat qiladi. Misol uchun A.Oripovning «Bahor» 
she’ridan olingan «Qaydadir yurtini eslab ingrar nay» sat- 
rini olib ko'raylik. Cholg'u asbobi orqali kuy ma’nosining 
berilishi - metonimiya, biroq bu ma’no «ingrar» metaforasi
1 Ko'rsatilgan asar. - B.220.
281
www.ziyouz.com kutubxonasi


bilan qo‘shilgan holda ifodalanadi, shu tufayli ham kuch- 
!i badiiy samara beradi. Yoki «Faryod chekkanim yo‘q el 
ichra taqir, 0 ‘ch ham olganim yo‘q na qalamimdan» satr- 
larida ham yana vosita orqaii jarayon nazarda tutiiadi va 
u ham «o‘ch olmoq» metaforasi bilan baqamti qollanadi. 
Bu ikkisining birligida esa «butun vujudim bilan ijodga beri- 
lib g'amlarimni unuiishga harakat qilmadim» degan ma’no 
ifoda etiladi va, muhimi, metonimiya mazmunni obrazli, 
ta’sirli ifodalashga xizmat qiiadi. Yuqoridagi misollarda vo- 
sita -- harakaî aloqasi asosidagi ko'chimni koYgan bolsak, 
U.Azimning «Ko'zlarini ochib-yumar Mitti qushcha - yara- 
dor. Falak, unga najot yubor, 0 ‘iim, bo'lma xaridor» satr- 
larida joy metonimiyasini koYamiz. Zéro, bundagi «falak» 
so‘zi tafakkurimizda oYinlashgan ishonch asosida «yarat- 
gan»ni anglatadi. Yoki yana shu shoirning «Sen nima- 
ni koYibsan, ey Rim?» satrida ham joy nomi orqaii unda 
yashovchilar ma’nosi ifodalanadi. Ba’zi hollarda obrazni 
yaratishda metafora va metonimiyaning qorishiq holda ke- 
lishi, birgina so'zning ham metonimik, ham metaforik asos- 
dagi ko‘chma ma’nolari qo'llanishi kuzatiladi. Shu jihatdan 
Sh.Rahmonning quyidagi sheYiga diqqat qilaylik:

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin