taqdim etildi. Albatta, bunda o‘sha vazmin-salobatli ohang
muhim. Ilk jumla ohangi - leytmotiv, kuy ilk pardalaridan
tanib olingani kabi. Bu ohangni hosil qiladigan ritm esa, av-
valo, ilk jumladagi kolonlarning uzunligi (8,11 va 7 bo‘g‘in)
hisobiga yuzaga keladi. Agar, o‘rta martabadagi saj’da
kalom bo'laklari bir-biridan «ozgina uzun (yo qisqa)roq»
bo‘lishi mumkinligidan
kelib chiqqan holda, 7 va 8 bo‘g‘inli
kolonlarni yaxlitlab, shartli ravishda 8 bo‘g‘inli, 10 va 11
bo‘g‘inlilarni 10 bo'g'inli, 4, 5 va 6 bo‘g‘inlilarni 5 bo‘g‘inli
deb olsak, parchada 5, 8 va 10 bo‘g‘inl¡ kolonlar muayyan
tartibda takrorlanayotganini ko‘rish mumkin bo'ladi. Albat
ta, bunda she’rdagi kabi qat’iy o'lchov va tartib asosidagi
ritm yo‘q, biroq taqriban teng bo'laklarning
birmuncha er-
kin tarzdagi takroridan o‘ziga xos ritmiklik yuzaga keladi.
Kolonlar oxiridagi tovushlar ohangdoshligi, takror, sintak-
tik parallelizm kabi ritmik vositalar esa ritmiklikni ta’kidlab
kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tasvirlanayotgan narsa-hodisa,
hayotiy holat ruhiyatga
ta’sir qiladi, buning natijasida ko'ngilda boshlangan tuyg'ular
harakati esa eng awal ritmda o‘z aksini topadi. Masalan,
Ergash Jumanbulbu! o‘g‘li daryoda oqib kelgan sandiqdan
Xolbeka oyimning surati chiqib, «ishqi yuz bo‘lgan»idan
Kuntug‘mish to'ra «toqat qilolmay» behush yiqilgan paytda-
gi tahlikali vaziyatni mana bu tarzda tasvirlaydi:
Qirq yigit shoshib,
5
dami
ichiga tushib,
7
aqlidan adashib,
6
barisi chuvlashib,
6
to‘rani o‘rtaga olib,
8
hay-hayni solib:
5
- Ko'zingni och! - dedi.
6
To‘rani asió o'ziga keltirolmadi.
13
E’tibor berilsa, baxshining hayajoni qirq yigitnikidan asió
kam emas, go‘yo qirq yigit qatori shahzoda uchun mas’ul-
299
www.ziyouz.com kutubxonasi
lik unga ham yuklangan-u, hozirgi holdan aqli shoshib, ne
qilarini bilmay turibdi. Ayni hisní o'quvchiga yuqtirish, uni
hayotiy holat ruhiga olib kirishda
ritm hal qiluvchi ahami-
yat kasb etadi. Tahlikali vaziyatga mos shiddaíli ritm 5-6
bo‘g‘inli qisqa kolonlar, sanash ohangidagi uyushiq gap va
bolaklardan tarkibiangani, ulardan oltitasining ohangdosh
tugatiigani, mazmunning izchil kuchaytirib borilgani kabilar
hisobiga yuzaga keladi. Yettinchi kolonning avvalgilari kabi
ohangdosh emasligi, boshqacha tugallangani «zarb» ef-
fektini hosil qiladi. Nihoyat, parchaning oxiridagi 13 bo‘g‘in-
li kolon - jumladagi ruhiy holat
bungacha kuzatilganiga
tamom zid. Ya’ni endi nuqtayi nazar tamom o‘zgardi: bun
gacha vaziyat ichdan tasvirlangan bolsa, endi unga chet-
dan nazar solinyaptiki, bu asarning
qabul qilinishini bosh-
qarishda ham ritmning muhim rol o'ynashiga dalolat qiladi.
Mumtoz adabiyotimizning ko'plab namunalarida saj’dan
g'oyat mohirona va samarali foydalanilgan. Yuqorida Haz-
rat Navoiy qit’alarining nasriy sarlavhalaridan ayrim namu-
nalarni ko'rib o‘tdik. Bundan tashqari, «Xamsa» dostonlari
boblarining nomianishida ham saj’ning
turli martabadagi
navlari qollanganini ko‘rish mumkin. Masalan, «Layli va
Majnun»ning XVII bobi mana bu tarzda sarlavhaianadi:
Dostları ilə paylaş: