da vaqí (yil) belgilangani holda keyingi uchtasida o‘sha
vaqt aniqlashtirilgan (oy, kun, fasl, kun botgan payt) -
umumiydan xususiyga, katta davriy bo‘lakdan kichigiga to
món kuzatiluvchi qisqarish va tonning pasayishi shundan;
beshinchi kolonda esa «shom azoni» orqali «tevaragidan
azon eshitiladigan» deya joyga o'tiladiki, mazmundagi bu
o'zgarish ma’no urg'usi tushishi bois ovoztonining sezilarli
ko‘tarilishi va kolonning uzayishi orqali ta’kidlanadi. Jum-
laning bu tarz tugallangani uning
keyingi jumla bilan maz-
muniy va ritmik jihatdan ravon, bir tekis ulanishiga zamin
bo'ladi:
Darbozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilg'an bu dong'dor saroyni /
Toshkand, Samarqand va Buxoro savdogarlari egallaganlar, /
saroydagi bir-ikki hujrani istisno qilish bilan
I
boshqalari musofiriar ¡la to'la
.11
E’tibor bering: jumlaning ¡Ik kolonida ma’no urg‘usi
«dong’dor saroy»ga íushmoqda, u esa mazmunan bi-
rinchi jumladagi «tevaragidan azon eshitiladigan joy»ni
aniqlashtiradi. Ritmik tomoniga kelsak,
birinchi gap oxi-
ridagi ko'tarilish ikkinchi gap boshidagi pasayish bilan al-
mashsa, o‘z navbatida, bu pasayish ilk kolon adog‘idagi
ko'tarilish bilan almashinadi - ritmik izchillik yuzaga keladi,
jumladan jumlaga ravon o'tiladi.
Jumlani bu tarz tahlil qilayotganimiz «nahotki, adib gap
tuzayotganida shularni o'ylagan bolsa?!» tarzida e’tiroz
uyg‘otishi mumkin va bu tabiiy ham.
Darhaqiqat, yozuv-
chi bularni o'ylab o‘tirmaydi - o‘zi tasvirlayotgan (ya’ni o‘z¡
tasavvurida aniq-tiniq ko‘rib, his qilib turgan) narsa-hodi-
sa, holat haqida o‘quvchisida ham imkon qadar yorqin
(ya’ni o‘zi ko'rib, his qilib turgan kabi) tasavvur hosil qi-
lishga intiladi, xolos. Bunga qay darajada erisha olishi esa
iste’dod
darajasi va shaxsiyati kuchi, shu ikkisi zaminida
shakllangan uslubi bilan bog'liq. Ya’ni biz hijjalab tushu-
304
www.ziyouz.com kutubxonasi
nish va tushuntirish payidagi holaílar asi ¡ste’dod ongi-yu
ko'nglidagini so‘z bilan ifoda etsayoq,
shunchaki hikoya
qilsayoq yuzaga kelaveradi. Negaki, «asar tug'ilmasidan
oldin uning ohangi, musiqasi tayyor bo'ladi», demak, shu
ohangga muvofiq so'zlarquyilib kelaveradi. Quyilib kelgan-
da esa har bir so'zning o‘z o‘rni bor - uni na almashtirish,
na tushirib qoldirish va na unga boshqa so‘zn¡ qo'shish
mumkin. Negaki, jumla qurilishidagi har qanday o'zgarish
ritmni ham o'zgartiradi, demakki, fikrning oqimiga, ruhiga,
urg'ulanayotgan ma’noga jiddiy ta’sir qiladi. Bunga amin
bo'lmoq uchun, masalan, birinchi jumla qurilishini o‘zgar-
tirib ko'rish kifoya:
Hijriy bir ming ikki yuz oltmish to'rtinchi yil /
dalv oyining o‘n yettinchi kuni... /
Birinchi kolonda biíta so'zning o‘rnini almashtirib (hijriy),
bittagina so'zni (kun) qo'shdik. Naíijada ma’no urg'usi ko-
lonning boshiga ko'chib, kolon
oxiridagi avval ustma-ust
tushgan mantiqiy va ritmik pauzalardan faqat keyingisigina
qoldi. Agar avvalgi variantida vaqtni umumiy tarzda (ya’ni
umuman hikoya qilinajak voqealar vaqtini anglaíish) belgí-
lash maqsadi ustuvor bo'lsa, endi konkret vaqt (ya’ni ayni
damni atash) ma’nosi ustun, sirasi, endi avvalgi ma’no
yo‘qqa chiqdi. Ikkinchi kolondagi o'zgarish sabab kesib
sanash ohangi yo'qolib, tugallanmagan ohang va shu bi
lan bog‘liq kutuv (ya’ni o'quvchi ayni shu kuni sodir bo'lgan
voqea-hodisaning atalishini kuiadi) yuzaga keiadi. Avvalgi
shaklida jumla «dongdor saroy»dagi doimiy holatlar (ham-
ma vaqt gavjum, kechki payt hammaning ovqatga unnashi
kabi) tavsiflangan keyingi jumlalarga mazmunan mos edi,
o'zgarish tufayli bu moslik ham yo'qqa chiqadi. Anglashila-
diki, ritm jumlalararo mazmuniy aloqani ta’minlash, nutqiy
bo‘laklarni o'zaro boglagan holda butunlikni
yuzaga chiqa-
rishga ham xizmat qilar ekan.
305
www.ziyouz.com kutubxonasi
Atoulloh Husayniy «alfozning ko‘p-ozlig‘i jihatidin saj’-
ning eng yuksak martabasi aning qisqasidur va aning che-
k¡ ikki lafzdur», shuning uchunki «alfoz necha oz bo'lsa,
saj’ning husni ortiqdur»1 deb uqtiradi. Haqiqatan ham
shunday, chunki kolonlar uzunligi qanchalik qisqa bo'lsa,
ritmiklik ham shunchalik bo‘rtiq ko‘zga tashlanaveradi. Ma-
salan, Otabek ta’rifida aytilgan mana bu jumladagi kabi:
Og‘ir tabiatlik,
6
ulug‘ gavdalik,
5
ko‘rkam va oq yuzlik,
6
kelishgan qora ko'zlik,
7
mutanosib qora qoshliq va
9
endigina murti sabz urgan
9
bir yigit.
3
O'quvchisi dilida ham o‘zi mehr qo‘ygan qahramoniga
mehr uyg'otishni juda xohlaganidan, adib uning ta’rifida
jumlani yuksak martabadagi saj’ shaklida quradi. Natijada
portret detallarini ta’kidlab sanash asosida (go‘yo mo'yqa-
lamning bitta harakati bilan) o‘quvchi tasavvurida «istarali»
qiyofa yaratiladi - qahramonga
nisbatan simpatiya hosil
qilinadi. Xuddi shuningdek, o'quvchi tasavvurida Homid-
ning «sovuq» qiyofasini yaratish uchun ham salbiy otten-
kali portret detallan ta’kidlab sanaladi - unga nisbatan an-
tipatiya hosil qilinadi:
uzun bo'ylik,
4
qora cho'tir yuzlik,
6
chag'ir ko'zlik,
4
chuvoq soqol,
4
o'ttuz besh yoshlarda bo'lg'an
8
ko'rimsiz bir kishi edi
8
Dostları ilə paylaş: