so'zlashuv nutqiga xos jonlilikni uyg'unlashtirgan nasriy
nutq shakilana boshladi. Albatta, bu jarayonda ko'pchilik
- publitsistik maqolalari bilan davriy nashrlarda qatnashib
turgan ziyolilarimiz, ilk «milliy ro'mon», «feleto'n», «hayo-
tiy hikoya», badiiy-publitsisíik etyudlar, sayohatnomaSar-u
«teatru kitoblari» mualliflarining ulkan xizmatlari borligi
shubhasiz. Ayni chog'da, bu boradagi ijodiy izlanishlarning
natijalari, ya’ni badiiy nasr nutqidagi yangilanishlar ilk bor
« 0 ‘tkan kunlar» romanida to'laqonli bo‘y ko'rsatdi desak
ham adashmagan bolamiz.
Mazkuryangilanish romanning ilkjumialaridayoq ko'zga
tashlanadi:
Bir ming ikki yuz oltmish to'rtinchi hijriy, /
dalv oyining o‘n yettinchisi, /
qishki kunlarning biri, /
quyosh botqan, /
tevarakdan shorn azoni eshitiladir... //
Avvalo, bu jumla leksik tarkibi nuqtayi nazaridan ham,
qurilishiga ko'ra ham jonli so'zlashuv tiliga yaqin ekan-
ligini ta’kidlash joiz: unda na mumtoz poetik nutqqa xos
tashbeh-u istioralar, na turg‘un epitetlar, na arabiy-u forsiy
izofalar bor. Jumlaning ritmik qurilishi ham vazmin-saio-
batli epik hikoyalashga mos - uzoq cho'ziladigan hikoyani
so'zlab berishga choglangan odamning xotirjam joyla-
shib olib, shoshilmasdan salmoqlab gap boshlayotganiga
monand ohangni hosil qiladi. Ko‘rib turganimizdek, bunda-
gi dastlabki to‘rtta kolon uzunligi izchil qisqarib ( 1 2 - 9 - 7
- 4 ...) va shunga mos ravishda
Dostları ilə paylaş: