Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

Sinfdosh qizlarim, dildosh qizlarim
Kimlarga ko'ngilsiz yor bo'lib o‘tar.
(Iqbol Mirzo)
Ko‘p hollarda sintaktik parallelizm boshqa stilistik fi- 
guralar bilan birga qollanadiki, bu o‘sha usulning este- 
tik samarasini oshiradi, uni ta’kidlab ko'rsatishga xizmat 
qiladi:
Shamolga sovrildim, soylarda oqdim,
Sen hamon o'shasan, sen o‘sha-o‘sha.
(Iqbol Mirzo)
Birinchi misrada sintaktik parallelizm tufayli yuzaga 
kelgan ohang va mazmun ta’sirida o‘quvchi ikkinchi mis­
rada ham shuni «kutadi», lekin ikkinchi misrada kesimlik 
qo‘shimchasi tushirib qoidiriiadi (buni shartli ravishda no- 
to‘liq ellipsis deyish mumkin) va «kutilmaganlik» effekti 
asosida «o‘sha-o‘sha» so‘ziga ayricha urg‘u beriladiki, bu 
bilan ta’sirdorlik sezilarli ortadi. Yoki quyidagi misralarda 
ellipsis to‘liq namoyon bo‘ladi:
324
www.ziyouz.com kutubxonasi


Aylanadi charxpalak, guldiraydi tegirmon,
Umr o'tar suv kabi, bug'doymisol to‘kilar.
(Iqbol Mirzo)
Ikkinchi misradagi «bug'doymisol to'kilar» jumlasi- 
da ega («umr») tushirib qoldirilgan. Agar «Umr o'tar suv 
kabi» jumlasi «ega - kesim - hol» qolipida qurilgan bo'lsa, 
«bug'doymisol to'kilar (umr)» jumlasi «hol - kesim - (ega)» 
tarzida unga teskari tartibda qurilgan. Sintaktik parallelizm- 
ning bu turi 
xiazm
deb atalib (mumtoz poetikada 
tardi aks),
u sintaktik qurilmani teskari tartibda takrorlashga asosla- 
nadi:
Meni ham
bir yigit 
shunday sevsaydi,
Sevib 
o‘ldirsaydi meni ham shunday.
(X.Davron)
Uzun tunlar bunchalar mahzun,
Mahzun tunlar bunchalar uzun.
(Iqbol Mirzo)
She’riy sintaksisda eng keng qo'llaniluvchi vositalar- 
dan biri takrordir. Avvalo shuni aytish kerakki, takror tilning 
barcha sathlariga xos hodisa bo‘lib, she’riyatda uning bir 
qator xususiy (tovush takrori, so‘z takrori, anafora, epifo- 
ra, ma’no takrori, ma’noning kuchaytirilgan va susaytiril- 
gan takrori, misra takrori, band takrori) ko'rinishlari faol 
qo'llaniladi. She’riy misralarda bir xil tovushlar takrori 
al-
literatsiya
deb yuritiladi. Alliteratsiyaning vokal alliteratsi- 
ya (unlilar takrori) va konsonans alliteratsiya (undoshlar 
takrori) turlari mavjud. Xullas, turli ko'rinishdagi takrorlar 
she’riy nutqqa musiqiylik, xushohanglik (evfoniya) baxsh 
etuvchi muhim vosita sanaladi.
So‘z takrori ham sintaktik usullardan sanalib, u fikrni 
ta’kidlab ifodalash bilan birga ohangdorlikni oshirishga va
325
www.ziyouz.com kutubxonasi


shular asosida she’rning ta’sir kuchini oshirishga xizmat 
qiladi. Masalan, X.Davron bir she’rida yozadi:
Oppoq edi boshda bu dunyo,
Ko‘cha oppoq, kechalar oppoq.
Qanday yaxshi ekan bolalik,
Oppoq ranglar bilan yashamoq...
Bir bandning o‘zida «oppoq» so'zi to'rt marta takror- 
lanmoqda. Boialik sog‘inchi ifodalangan she’rda «op­
poq» so'zining ta’kidlab takrorlanishi bejiz emas - iirik 
qahramonning sog'inchi, aslida, o'sha oqlik, musaffolik, 
beg'uborlik sog‘inchidir. Ya’ni bu o'rinda «oppoq» so'zining 
ta’kidli takrori Iirik qahramon dilidagi kechinmani yorqinroq 
ifodalashga, ayni paytda, o‘sha sogïnchning o‘quvchiga 
yuqtirilishida yetakchi ahamiyat kasb etadi. Yoki I.Mirzo 
she’ridan olingan mana bu bandda «yumshoq» so‘zi to‘rt 
bora aynan takrorlanadi:
Ushuq urgan ko‘saklar yumshoq,
Paxta yumshoq, 
go‘daklar yumshoq -
Domlaga gap qaytarmas edik,
Yer ham yumshoq - botardi etik...
Takrorlanayotgan «yumshoq» so‘zi sho‘ro zamonida 
paxtaga qui qilingan xalq fojiasini «yumshoqlik» bilan ochib 
beradi, lekin bu «yumshoqlik»ning ta’siri ancha-muncha 
invektiva ruhidagi xitoblardan ham ta’sirliroq. Buning bosh 
omili takrorning o'rinli, aniq badiiy-estetik maqsadni ko'zda 
tutgan holda amalga oshirilganidir. Gap takrorlanayotgan 
so‘zlarning o'rniga tushganidagina ham emas, muhimi, 
ular fikr-tuyg‘uni ta’kidlab-bo'rttirib ifodalayotganida. Tak­
rorlanayotgan «yumshoq» so‘zi «osmon uzoq, yer qattiq»
326
www.ziyouz.com kutubxonasi


naqli bilan pinhon zid qo'yiladi va shu asosda holatning 
mantiqqa sig'maydigan, chidab bo'lmaydigan ekanligi 
anglashiladi.
Anafora (misralar boshida bitta so'zning takrorlanishi) 
bilan epifora (misralar oxirida bitta so'zning takrorlanishi) 
ham mohiyatan so‘z takrorining xususiy ko'rinishlaridir. 
Mumtoz she’riyatimizdagi radif va hojib ham, aslini olgan- 
da, so‘z takrorining bir turi bo'lib, ular ham qat’iy belgilan- 
gan o'rinda - qofiyadan keyin yoki oldin takrorlanishi bilan 
xarakterlanadi. Aytish kerakki, mumtoz poetikada takror- 
lanuvchi so‘zlar she’r misrasining qayerida joylashganiga 
qarab (baytning birinchi misrasi boshi va ikkinchi misra 
oxirida; ikkala misra boshida; birinchi misra oxiri va ikkin­
chi misra boshida va b.) takrorning yana bir qator ko'rinish- 
lari farqlanadi.
She’riy misralarda aynan bir so‘zn¡ emas, balki ma’noni 
kuchaytirib takrorlashga asoslangan usul 
gradatsiya
deb 
yuritíladi. Masalan, I.Mirzo she’ridan olingan quyidagi par­
chada ma’noning kuchaytirilgan takrori kuzatiladi:
Sevgilim,
dilsizlar dillarimizni 
toshbo‘ron
g/'/salar, 
vayron qilsalar,
tikonlar qoplasa
yo'llarimizni...
E’tibor berilsa, avvalo, bu o'rinda ma’noning kuchay­
tirilgan takrori sintaktik parallelizm asosida voqelanayot- 
gani ko‘riladi. Aynan sintaktik qurilish jihatidan o'xshash 
birliklarning ma’no urg'usi olayotgani she’r ritmini zarb 
bilan ta’kidlaydi, zarb esa she’r ohangiga sezilarli ta’sir 
qiladi - ovoz tonalligi ma’no kuchayishi barobarida yuqo- 
rilab boradi. Ma’noning kuchaytirilishiga keisak, buning 
qisqacha sharhi quyidagicha: toshbo'ron vayronalikka
327
www.ziyouz.com kutubxonasi


olib keladi, vayrona esa tikonzorga aylanishi bilan xarak- 
terlanadi. Ma’noning kuchaytirilgan takrori bu o'rinda lirik 
qahramon kechinmalaridagi dinamikani berish bilan birga 
o‘quvchida ham tuyg'uni kuchaytirib, kechinmani chuqur- 
lashtirib boradi.
Tabiiyki, biz she’riy nutqning tashkillanishiga xos bar- 
cha xususiyatlar, barcha usul va vositalarga mufassal 
to‘xtalish imkoniga ega emasmiz. Demak, berilgan yo‘na- 
lish asosida bu haqdagi tasavvur va bilimlaringizni boyi- 
tish sizning zimmangizga tushadi. Buning uchun sizdan 
she’rni mutaxassis sifatida o‘qish, ya’ni yuragingizni «jiz» 
etkizgan she’rga mutaxassis sifatida qarash, o‘sha she’r 
nimasi bilan ko'nglingizga o‘tirishgani-yu shoir qaysi usul 
va vositalar bilan dilingizga yo‘l topa bilganini anglashga 
intilishingiz talab qilinadi.

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin