Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi


www.ziyouz.com kutubxonasi SHE’R TIZIMLARI



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

329
www.ziyouz.com kutubxonasi


SHE’R TIZIMLARI
I
«She’r tizimi» va «vazn» tushunchalari. Jahon adabi-
yofidagi she’r tizimiari haqida. Aruz she’r tizimi. Barmoq
she’r tizimi. Erkin she’r tushunchasi. Sarbast haqida.
Ma’lumki, termin (istiloh) muayyan fan tarmog'i doirasi- 
da faqat bitta tushunchani anglatishi lozim. Shunga qara- 
may, amaliyotda bu qoidadan chekinilgan hollarga qay- 
ta-qayta duch kelamiz: ba’zan tushunmaganlikdan, ba’zan 
e’tiborsiziik sabab, ba’zan so'zning an’anaviy ishlatilishiga 
ergashib, xullas, turli sabablar bilan istiiohiy chalkashliklar- 
ga yo‘l qo'yamiz. Masaian, biz muayyan bir g‘azal haqida 
«aruz vaznida yoziigan» deyishimiz ham, adabiyot tari- 
xi haqida gapira turib «aruz vazni musulmon Sharqida 
yetakchi mavqeni egallagan» qabilida fikrlashimiz ham 
mumkin. Holbuki, konkret g‘azal «aruz vazni»da emas, 
aruzning «falon vaznida» (ramali musammani maqsur, 
hazaji musammani mahzuf va b.) yoziigan boladi, ya’ni 
vazn konkret she’rda namoyon bo'ladigan hodisa, u kon­
kret she’rning o'lchovini bildiradi. Shunga binoan, ikkinchi 
holda, «aruz vazni musulmon Sharqida yetakchi mavqeni 
egallagan» deyilganda, «vazn» emas, balki vaznlar siste- 
masi - she’r tizimi nazarda tutilgan. Ko'rinadiki, biz «vazn» 
terminini ham konkret she’rning olchovi (metr) ma’nosi- 
da, ham «she’r tizimi» ma’nosida ishlatyapmiz, shu tufayli 
ham terminologik chalkashlik yuzaga kelmoqda. Hoibuki, 
mutaxassis sifatida biz bu xil chalkashlikdan qochishga
istilohni aniq bitta ma’noda qo'llashga burchlimiz. Shun­
ga ko‘ra, har bir konkret holatda va tushunchalardan qay 
bin nazarda tutilayotganidan kelib chiqqan holda shuni 
anglatuvchi istilohni qo'llash zarur bo'ladi. Jumladan, agar
330
www.ziyouz.com kutubxonasi


muayyan o'lchov íamoyiilariga asoslangan vaznlar maj- 
muyi nazarda tutiiayotgan bo‘lsa, «she’r tizimi» ¡síiiohini 
qo'llash lozim. Masalan, «aruz tizimi» deyíiganda misralar- 
da qisqa va cho'ziq hijolarning ma’lum tartibda takrorlanib 
kelishiga asoslangan «she’riy sistema» tushuniladiki, bu 
íizim yuzlab konkret vazniarni o‘z ichiga oladi.
Ma’lum bo'ldiki, 
«she’r 
tizimi» 
she’r 
tuzilishining asosi- 
ni, uning asosiy qonuniyatlarini belgilab beradi. Har bir 
xalq she’riyatidagi «she’riy tizim» o‘sha xalq tilining o‘ziga 
xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Mavjud she’r tizimlari- 
ning hammasida asosiy o'lchov birligi sifatida bo‘g‘in olin- 
gan. Bo‘g‘in esa, ma’lumki, turli tillarda turlicha sifatiy va 
miqdoriy ko'rsatkichlarga ega. Shunga ko‘ra, jahon xalqlari 
she’riyatida mavjud she’riy sistemalar bo‘g‘inning miqdori 
(sillabik she’r tizimi), urg‘uli yoki urg'usizligi (tonik), cho'ziq 
yo qisqaligi (metrik), baiand yoki past talaffuz qilinishi 
(melodik) kabi jihatlarni o'lchov asosi qilib oladi.
Metrik she’r tizimi misralarda cho'ziq va qisqa hijolar­
ning muayyan tartibda (rukn, stopa) takrorlanib kelishi­
ga aéoslanadi. Bu she’r tizimi unlilari cho'ziq-qisqaligi 
jihatidan sezilarli farqlanuvchi tillarga ko'proq xosdir. Ma­
salan, qadimgi yunon va rim she’riyati metrik sistemaga 
asoslangan. Shu bois ham metrik sistema qadimdayoq tu- 
gal sistema sifatida shakllanib, o'shandayoq uning nazariy 
asoslari, qat’iy qoidalari ishlab chiqilgan. Antik adabiyot- 
dagi metrik sistemada qisqa hijo (v) mora deb nomlanib, 
u eng kichik o'lchov birligi sanalgan. Cho'ziq hijo (-) ikki 
moraga (v v) teng deb qaralgan. Shuning o'ziyoq metrik 
she’r tizimida misralardagi bo'g'iniar soni turlicha bolsa­
da, ularning talaffuz vaqti teng bo'lganligi va ayni shu narsa 
izometriyani (izoxroniya asosida) ta’minlaganini ko'rsatadi. 
Sharq she’riyatida yetakchi o'rin tutgan aruz ham metrik 
sistemaning bir ko'rinishidir.
Sillabik she’r tizimida misralardagi bo'g'iniar miqdori- 
ning tengligi o'lchov asosi sanalib, bu tizim bo'g'inlari sifat
331
www.ziyouz.com kutubxonasi


jihatidan sezilarli farq qilmaydigan tillarga xosdir. Masalan, 
o'zbek tilida bo‘g‘in cho‘ziq-qisqaligi jihatidan (
mas
., arab 
tilidagi singari) sezilarli farq qilmaydi, urg‘u ham turg'un 
(asosan so‘z oxirida) xarakterga ega. Shuning uchun 
ham sillabik she’r tizimi o'zbek tili xususiyatlariga ko'proq 
muvofiq keladi - she’riyatimizda qadimda 
(mas.,
folklor) 
va hozirgi kunda barmoqning yetakchilik qilishi shu bilan 
izohlanadi. Sillabik she’r sistemasi polyak, serb va xorvat 
she’riyatlarida ham yetakchi o‘rin tutadi. Shu o‘rinda she’r 
tizimi tilning tabiatiga mos bolishi zarurligining yorqin bir 
misolini ta’kidlab o‘tish foydadan xoli emas. Rus she’riyati- 
da polyak she’riyati ta’sirida qariyb XVIII asr oxirlarigacha 
sillabik she’r tizimi qo‘llangan. Ko‘proq urg'usi turg'un tillar 
tabiatiga mos keluvchi bu tizim urg‘u o‘rni muqim bo‘lma- 
gan rus tili tabiatiga mos emas edi, shu bois ham u rus 
she’riyatida uzoq yashay olmadi.
Tonik she’riyatda misralardagi urg'ular miqdori olchov 
asosi qilib olinadi. Ya’ni bu tizimda misralardagi bo‘g‘inlar 
miqdori farqlanaverishi mumkin, urg'ular miqdori esa teng 
bolishi lozim. Bilasizki, so'zlar turli miqdordagi bo‘g‘inlar- 
dan tarkib topadi, ularning ayrimlari esa (masalan, yordam- 
chi so'zlar) urg‘u olmaydi. Demak, tonik she’r misralarining 
uzunligi bir-biridan keskin farqlanishi, tashqi ko'rinishi ji­
hatidan nasriy nutqqa o'xshab ketishi mumkin. Biroq bir 
urg‘u atrofida birlashayotgan bo‘g‘inlar guruhini talaffuz 
qilishga ketadigan vaqt taqriban teng, shu sababli ham 
ma’lum darajadagi izoxroniya (tengvaqtlilik) saqlanadiki, 
bu olchovlilik hissini yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, tonik 
she’rning ko‘rinishlari sifatida qaraluvchi 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin