tezlashdi. Sababi, endi tom ma’nodagi «nazm - nasr» op-
pozitsiyasi yuzaga kelgan ediki, bu ularning bir-biri tomon
harakatini, sintezlashuvni ham taqozo etadi. Albatta, ilgari
ham nazm bilan nasr bir-biridan farqlanar edi-ku degan
e’tiroz tug'ilishi mumkin.
Darhaqiqat shunday, biroq ilgari,
badiiy nutq sifatida nazm tushunilgan bir sharoitda, nasr
unga bir ilova, yordamchi vosita (she’riy yo'lda yozilgan
asarlar sarlavhasida, boblarni nomlashda ishlatiladigan)
deb qabul qilingan. Shu bois
ham bu sharoitda nasrning
nazmga yaqinlashish tendensiyasi (saj’ning turli martaba-
lari) ustuvorlik qiladi. Nasr badiiy nutq shakli sifatida qaror
topgach esa bunga tamom qarama-qarshi tendensiya (er-
kin she’r, sarbast) kuzatiladi. Bu jarayonni, agar she’riy va
nasriy nutqni shartli ravishda ikkita qutb deb olinsa, quyi-
dagicha tasavvur qilish mumkin:
Mazkur jarayon natijasi shu bo'ldiki,
hozirgi kunga kelib
she’riy nutqning spetsifik xususiyati sifatida o'lchov asosi-
dagi ritmiklikni ko'rsatish kamlik qilib qoldi. Zero, bu holda
erkin she’r ham, sarbast ham she’riy nutq doirasidan chet-
da qolishi kerak bo'ladi. U holda she’riy nutq nasrdan nima-
si bilan farqlanadi? Lining spetsifik, belgilovchi xususiyati
nima? Tabiiyki, agar yuqoridagicha jarayon boshqa milliy
adabiyotlarda
ham kuzatilgan ekan, bu masala adabiyot-
shunoslar e’tiboridan chetda qolgan emas. Jumladan, o‘z
vaqtida bu masalaga maxsus to'xtalgan B.V.Tomashevs-
kiy shunday deb yozadi: «1) she’riy nutq o‘zaro mutanosib
birliklar (misralar)ga bo'linadi, nasr esa uzluksiz nutqdir;
2) she’r ichki o'lchov (metr)ga ega, nasrda esa bu narsa
320
www.ziyouz.com kutubxonasi
yo‘q... Zamonaviy tushunishda birinchi punkt ikkinchisidan
ko'ra ahamiyatüroqdir».1 Aytish kerakki, rus she’riyatining
B.Tomashevskíy ushbu fikrlarni aytgan vaqtdagi taraqqiyo-
ti, xususan, unda erkin she’r bilan verlibr keng o'rin íuta
boshlagani ayni xulosaga olib kelishi tabiiy edi.
Agar XX
asr o'zbek she’riyatida ham erkin she’r bilan sarbast g‘oyaí
keng ommalashgani e’tiborga olinsa, ular an’anaviy ta’rif-
dagi she’riy nutq doirasiga kirmay qolayotgani aniq bola-
di. Holbuki, biz erkin she’r bilan sarbastning she’riyatga,
baski, she’riy nutqqa daxldor ekanini asió inkor qilmaymiz.
Shunday ekan, nazariya ijod amaliyotidan ortda qolayot-
ganini tan oigan holda she’riy nutqqa doir nazariy qarash-
larga tahrirlar kiritish zarurati yuzaga kelganini ta’kidlamoq
kerak. Buning uchun esa, tabiiyki, vaznli she’r bilan sar
bast va erkin she’rning nutqiy tashkilianishidagi mushtarak
xususiyatini asos qilib olishga to‘g‘ri keladi. Ular uchun
mushtarak jihat esa bitta - misralarga bolinish.
Shunday
ekan, milliy she’riyatimiz poetik takomilining bugungi hola-
ti nuqtayi nazaridan aynan misralarga ajratilganlik she’riy
nutqning spetsifik xususiyati, muayyan olchov asosida
tartibga solingan ritmga egalik esa fakultativ belgi sifatida
tushunilgani to‘g‘riroq boladi.
She’riy nutqning tashkillanishida o‘ziga xos gap qurili-
shining
juda katta xizmati borki, sirasini aytganda, uning
musiqiy ohangga ega bolishi, emotsional jihatdan to‘yin-
tirilishi, ta’sirdorligi ko‘p jihatdan she’riy sintaksis hisobi-
ga ta’minlanadi. Sintaktik sathdagi normadan og'ishiar
ko‘proq she’riy nutqqa xos hodisa sanaladi,
shu bois ham
adabiyotshunoslikda «poetik sintaksis» degan maxsus
tushuncha mavjud.
She’r sintaksisiga xos normadan oglshning eng keng
tarqalgan ko‘rinishi inversiyadir. Inversiya she’riy nutqda
gap bolaklari tartibining o‘zgartirilishidir. Gap bolaklari tar-
'Томашевский Б.В. Стих и язык: Филологические очерки. - М.-Л., 1959. -
C. 10.
321
www.ziyouz.com kutubxonasi
tibining
0
‘zgarishi ma’no urg'usi tushayotgan so'zni ta’kid-
lab ko'rsatish, uni misradagi urg‘uli pozitsiya - ko'proq mis-
ra oxiriga surish imkonini beradi. Masaian, A.Oripovning:
Dostları ilə paylaş: