Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi


www.ziyouz.com kutubxonasi SHE’RIY NUTQ HAQIDA



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

311
www.ziyouz.com kutubxonasi


SHE’RIY NUTQ HAQIDA
OMchovlilik she’riy nutq ritmikligining asosi sifatida. Rit-
mik bo‘lak (birlik) tushunchasi. Ritmik vositalar: pauza,
urg‘u, qofiya, qofiyalanish tartibi. Qat’iy o‘lchovlilikdan
chekinish, she’riy nutqdagi nasr tomon siljish jarayoni.
She’riy sintaksis haqida.
Kelib chiqishi jihatidan badiiy nutqning she’riy shakli 
nasriy shakldan qadimiyroq, aniqrog'i, o‘z vaqtida u badiiy 
nutqning yagona shakli bo'lgan. Sababi, she’riy nutqning 
o'ziga xos tashkillanishiyoq uni amaliy nutqdan farqlagan, 
she’riy nutq vositasida yetkazilayotgan informatsiyaning 
badiiyatga aloqador ekanligini ta’kidlab turgan. Shu sabab- 
li ham milliy adabiyotlar tarixining ilk bosqichlarida adabiy 
asarlar she’riy yo'lda yozilgan, nasrda yozilgan so‘z san’ati 
namunalarining paydo bo'lishi, baski, nasming badiiy nutq 
ko'rinishi sifatida e’tirof etilishi esa nisbatan keyingi davr- 
larga to‘g‘ri keladi.
An’anaviy tushunchaga ko‘ra, she’riy nutq muayyan 
bir o'lchov (vazn) asosidagi ritmga ega, o'zining mu- 
siqiy jarangi, hissiy to'yintirilganligi bilan farqlanuvchi 
nutqdir. She’riy nutqdagi o'ziga xos intonatsiya, musiqiy- 
lik muayyan vaqt davomida takrorlanuvchi ritmik bo'laklar 
va ularni ta’kidlovchi ritmik vositalar, o'ziga xos fonetik 
tashkillanish, turli-tuman sintaktik usullar yordamida vu- 
judga keladi. Lirik asardagi kayfiyatning hosil qilinishi, 
kechinmaning o'quvchiga «yuqtirilishi»da uning ritmik-in- 
tonatsion tomoni muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, 
she’rning ritmik-intonatsion xususiyatlari uning mazmu- 
ni bilan belgilanadi, mazmun bilan uyg'unlik kasb etadi. 
She’riy nutqning o'ziga xosligini, o'ziga xos tashkillani-
312
www.ziyouz.com kutubxonasi


shini tasavvur qilish uchun, avvalo, uning ritmik-intonat- 
sion xususiyatlarini belgilovchi unsurlar, vositalar haqida 
tushunchaga ega bo‘lish zarur.
She’riy nutqning ritmik qurilishini tasavvur qilish uchun 
eng avval 
ritmik bo'lak
va 
ritmik vosita\am\
belgilab oli- 
shimiz zarur. Ritmik bo'lak deganda she’riy nutqning ritm 
jihatdan bo'laklarga bo‘linishidan kelib chiqiladi. Unutmas- 
lik kerakki, ritmik jihatdan bo'linish inson nutqining tabiiy 
(nafas olish bilan bog'liq) bo'linishi bilan mos kelishi ham, 
ba’zan mos kelmasligi ham mumkin. Shuning uchun bu 
o‘rinda «ritmik jihatdan» deya alohida ta’kidlab aytilmoqda.
Ritmik bo'laklar sifatida bo‘g‘in (hijo), turoq (rukn), mis- 
ra va bandni olamiz. Mazkur tushunchalar maktabdanoq 
tanishligini hisobga olib, ularga qisqacha to'xtalish bilan 
kifoyalanamiz.
Bo‘g‘in (hijo) bir havo zarbi bilan aytiluvchi tovush yoki 
tovushlarguruhi bo'lib, u barcha she’rtizimlarida eng kichik 
ritmik bo‘lak sanaladi. 0 ‘zbek she’riyatidagi barmoq tizimi 
uchun bo‘g‘inning sifati (qisqa, cho'ziq yoki o‘ta cho'ziqli- 
gi, ochiq yoki yopiqligi, urg'uli yoki urg'usizligi) ahamiyatsiz 
bo'lsa, aruz tizimida uning qisqa, cho'ziq va o‘ta cho'ziq 
navlari ajratiladi.
Turoq bilan ruknning ritmik bo'lak sifatidagi ahamiyati va 
darajasi teng keladi. Barmoq tizimiga xos turoq bo'g'inlar- 
ning ma’lum miqdorda guruhlanishidan hosil bo‘!sa, aruz 
tizimiga xos rukn qisqa va cho'ziq hijolarning ma’lum tar- 
tibda guruhlanishidan hosil bo'ladi. Bu o'rinda bitta narsani 
unutmaslik kerak: turoq so'zni hech vaqt bo'lib yuborma- 
gani holda, rukn so'zning bir qisminigina o'ziga olishi, ya’ni 
uni bo'lib yuborishi mumkin.
She’rning alohida satrga joylashtirilgan bo'lagi misra 
deb yuritiladi. Misra bir necha turoq (rukn)ni birlashtirishi 
ham, birgina turoqqa, ya’ni birgina so'zga teng bo'lishi 
ham mumkin. Biroq uning misra deb atalishi uchun kat- 
ta-kichikligining ahamiyati yo'q. Misra oxirida zarb bo'lishi,
313
www.ziyouz.com kutubxonasi


0
‘zidan so'ng sezilarli pauza mavjudligi bilan xarakterla- 
nadi. Shu jihatdan qaralsa, she’r misrasi zinapoya shakli- 
ga solinib, har bir so'zi yoki so‘z birikmasi alohida satrga 
joylangan bo'lsa, ularning hammasini misra deyish to‘g‘ri 
bo‘lavermayd¡, chunki ularda zarb bolgani holda, misra 
pauzasi mavjud emas. Masalan, E.Vohidovning «Vafo» 
nomli she’ridan olingan mana bu parchadagi kabi:
So'ng...
Bir kun yoningga 
Shoshib kelardim,
Fursat to'xtab qoldi 
Yo'lda nogahon.
Intilib,
Intilib
Yetolmay,
Dardim
Dilga oqdi go'yo 
Bir piyola qon.
Aslida, mazkur she’r 11 (6+5) bo'g'inli barmoqda yozil- 
gan bo'lib, undan olingan parchadagi 1-, 2-, 3-satrlar bi- 
rinchi, 4 - 5-satrlar ikkinchi, 6-, 7-, 8-, 9-satrlar uchinchi, 10
- 11-satrlar to'rtinchi misrani tashkil qiladi. Alohida satrga 
ajratib yozilgani so'zga ma’no urg'usi berish, kuchli pozitsi- 
yasini ta’kidlashga xizmat qiladi, xolos. Yana bir jihati, katta 
hajmli «Vafo» she’ri ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qis- 
mi 11 (6+5) bo'g'inli barmoq vaznidagi to'rtliklar shaklida, 
shu sababli ham parcha shu ritmik kontekstda o'qilaveradi, 
faqat ohang (intonatsiya) mazmunga mos o'zgaradi.
She’rning ma’lum miqdordagi misralardan tarkib topib, 
mazmun va ritmik-intonatsion jihatdan nisbiy tugallikka 
ega bo'lgan bo'lagi band deb yuritiladi. Eng kichik band -
ikki misra. Ikkilik bandlar, odatda, o'zaro qofiyalangan mis­
ralardan tarkib topadi. Mumtoz adabiyotimizda ikkilik band
314
www.ziyouz.com kutubxonasi


shaklini masnaviy deb yuritiladi. Ikkilik bandning alohida 
bir ko'rinishi baytdir. Bayt masnaviydan qofiyalanish tar- 
tibi jihatidan (dastlabki bayt o'zaro qofiyalanadi, keyingi 
baytlarning ikkinchi misrasi birinchi bayt bilan qofiyadosh 
bo‘ladi) farqlanadi. Demak, biz g'azal, qasida, qit’a jan- 
ridagi asarlarning bandlariga nisbatangina «bayt» atama- 
sini ishlatsak to‘g‘ri bo'ladi. Uchlik bandlar nisbatan kam 
uchraydi. Mumtoz adabiyotimizda uchlik bandlar musal- 
las (musallis) deb yuritiladi. Shu tarzda mumtoz adabi' 
yotimizda to'rt misrali - murabba’, besh misrali - muxam- 
mas, olti misrali - musaddas, yetti misrali - musabba’, 
sakkiz misrali - musamman singari band shakllari ajratil- 
gan. Mumtoz adabiyotimizdagi «musammat» degan 
umumiy nom ostida yuritiluvchi turg'un she’riy shakllar 
she’rning necha misrali bandlardan tarkiblanganiga qa- 
rab nomlanadi.
Ilgari aytilganidek, keng ma’noda ritm muayyan 
bo'laklarning ma’lum vaqt oralig'ida tartibli takrorlani- 
shi, she’riy ritm deganda esa she’r misralaridagi ritmik 
bo'laklarning ma’lum o'lchov asosida tartibli takrorlanishi- 
dan hosil bo'luvchi ohang tushuniladi. Buni konkret misol 
asosida ko'rib o'taylik:
- V 
-
- / -

-
- / -

-
- / -

-
O-ra-zin yop-qach ko'-zim-dan so-chi-lur har lah-za yosh
-

-
- / - V 
— 
— / — 

— 
- / -

-
Bo'y-la-kim pay-do bo'-lur yul-duz ni-hon bo'l-g'och qu-yosh
Keltirilgan bayt paradigmasi (taqte’)da ritmik bo'laklar­
ning qat’iy tartib asosida takrorlanishini kuzatish mumkin. 
Masalan, ilk misraning dastlabki ruknidagi birinchi qisqa 
hijo (ya’ni ritmik bo'lak) o'n to'rt bo'g'indan so'ng (ya’ni 
ma’lum vaqt oralig'ida) aynan takrorlanmoqda. Xuddi shu 
tartibdagi takrorlanish barcha hijolarga - cho'ziq va qisqa 
hijolarga ham birdek tegishlidir. Ya’ni har bir hijodan o'n
315
www.ziyouz.com kutubxonasi


to‘rt bo‘g‘¡n so‘ng yana xuddi shunday sifatdagi hijo tak- 
rorlanadi.
Misralararo ruknning takrorlanishiga e’tibor qiisak, rukn 
(ya’ni cho‘ziq va qisqa hijoiarning muayyan tartibdagi gu- 
ruhlanishi) har uch rukndan so‘ng ayni o‘sha tartibda takror- 
lanishi ko'riladi. Misra esa she’riy nutqning o‘n besh hijoga 
teng bolagini rukn tartibida birlashtiradi va bayt doirasida 
haro‘n besh bo‘g‘indan so‘ng takrorlanadi. Olingan parcha 
g'azal janriga mansubligini e’tiborga olsak, band (bayt) ¡kki 
misraga muayyan ruknlar tartibida joylashgan o‘ttiz hijoni 
jamlaydi va har o'ttiz hijodan so‘ng takrorlanadi. Demak, 
hijo, rukn, misra va bandni she’rda o‘lchov birligi sifatida 
qabul qilish mumkin, ularning kichigi o'zidan kattasining 
tarkibiga kirgan holda she’rning ritmik-intonatsion qurilishi- 
ni ta’minlar ekan.
Ritmik bo'laklarning o'lchov birligi sifatidagi ahamiya- 
ti turli she’rlarda turlicha namoyon boladi. Masalan, izo- 
metrik (misralarida bo‘g‘inlar soni birxil bolgan) she’rlarda 
bo‘g‘in, turoq, misra va band birdek ahamiyatga ega bo‘lsa, 
geterometrik (misralarida bo‘g‘inlar soni turlicha bolgan) 
she’rlarda ularning o'lchov birligi sifatidagi mavqeyi o‘zga- 
radi. Masalan, A.Qutbiddin qalamiga mansub she’rlardan 
birining ritmik qurilishi quyidagicha:
Baliqning tishi-la tilimni tildim, (6 + 5)
Yuragim urchuqday uch aylantirdim, (6 + 5) 
Ko'zimni qiynadim, (6)
Qiynog'im qiziq... (5)
Yayradim. (3)
She’rning boshqa bandlari ham ayni shu tartibda quril- 
gan. She’rning birinchi va ikkinchi misralari 11 bo‘g‘indan 
bo'lib, uchinchi va to'rtinchi misralar qo'shilgan holda 11 
bo‘g‘innl tashkil qilishi ko'rinib turibdi. Biroq uchinchi va 
to'rtinchi misralarning qo'shilishi, birinchidan, she’rníng in-
316
www.ziyouz.com kutubxonasi


tonatsiyasi, ikkinchidan, qofiyalanish tartibiga ta’sir qiladi. 
Sababi, bu ikki misra qo‘shilgani holda, ular orasida nis- 
batan qisqa (turoqlararo) pauza tushishi lozim bo'ladiki, 
bu narsa intonatsiyaga ta’sir qiladi. Zero, hozirgi holatida 
har ikki misraning alohida satrlarga chiqarilishi ulaming 
0
‘qilishidagi ta’kidni kuchaytiradi. Xullas, she’rdagi beshta 
bandning hammasi shu tartibda misralarga bo'linganki, bu 
xil she’rlar geterometrik she’r deb ataladi. Yuqorida Navoiy 
bayti asosida ko‘rganimiz har bir ritmik bo‘lak (hijo, turoq, 
misra va band)ning o‘z holicha ritmik birlik bo’lib kelishi 
bunda kuzatilmaydi. Ya’ni bo‘g‘inlar soni teng emasligi bois 
bo‘g‘inning, turoqlardagi bo‘g‘inlar soni turlichaligi sababli 
turoqning, misralarda turoqlarning bir xil tartib va miqdorda 
bo'lmagani sababli misraning ritmik bo'lak (birlik) sifatidagi 
ahamiyati susayadi, bularning vazifasini to'laligicha band 
o‘z zimmasiga oladi. Ya’ni she’rning ritmik qurilishi she’r 
buturiligida namoyon bo'ladi va band uning asosiy ritmik 
bolagi (birligi)ga aylanadi.
She’riy nutqning tashkillanishida ritmik bolaklardan 
tashqari ularni ajratib ta’kidlovchi, ritmni kuchaytiruvchi 
unsurlarning ham katta badiiy-estetik ahamiyati bor. Rit­
mik bo‘laklardan farqlagan holda ularni ritmik vositalar 
deb yuritamiz. Ritmik vositalar she’r ritmining ta’kidlanishi, 
kuchaytirilishiga xizmat qilib, ularning asosiylari sifatida 
ritmik pauza, qofiya va qofiyalanish sistemasini ko‘rsatish 
mumkin.
She’rdagi har bir ritmik bo‘lak boshqalaridan ritmik pau­
za hisobiga ajratiladi va shu ajratilish hisobiga bu bo'laklar 
o'ziga xos o‘lchov birligi sifatida namoyon bo‘ladi. Deylik, 
bo‘g‘in bir tovush zarbi bilan aytiladi va juda ham qisqa, 
sezilar-sezilmas pauza (aslida, bu pauza emas, ikki tovush 
zarbining bir-biridan farqlanib turishi hisobiga «pauza»dek 
taassurot qoldiradi, xolos) bilan ajraladi. Turoqlardan 
keyingi pauza biroz sezilarliroq bo'lsa, misralar nihoyasi- 
dagi pauza yaqqol seziladi, band yakunidagi katta pauza
317
www.ziyouz.com kutubxonasi


unga ritmik-intonatsion tugallik baxsh etadi. Ritmik pauza 
bilan mantiqiy pauza doim ham bir-biriga mos kelaver- 
masligi mumkin, ya’ni she’riy nutqda vergul 
q o ‘y ilm a g a n
o'rinlarda ham to'xtalib o'tish va, aksincha, vergulli o'rin- 
larda to'xtalishni sezilmaslik darajasiga keltirish zarurati 
paydo bo'lishi odatiy holdir.
Ritm nuqtayi nazaridan qaralsa, misra oxirida keluvchi 
qofiyalar - so‘z, qo'shimcha, ba’zan esa so‘z birikmalari- 
ning ohangdosh bo'lib kelishi misrani ta’kidlab ko'rsatishga, 
bu bilan esa she’rning ohangdorligi, musiqiyligi, ta’sirdor- 
ligini oshirishga xizmat qiladi. She’rni o‘qish davomida (bu 
narsa, ayniqsa, yoddan o'qilganda yoki she’rtinglanganda 
yaqqol seziladi) qofiya misraning tugaganidan darak be- 
radi, pauza bajarayotgan ajratish funksiyasini ta’kidlaydi.
She’riyatda qofiyaning bir qator ko'rinishlari (to'liq va to‘- 
liqsiz qofiya; unlilar ohangdoshligigagina asoslangan asso- 
nans va undosh tovushlar ohangdoshligigagina asoslangan 
dissonans qofiyalar; rus she’riyatida ochiq yoki yopiq bo‘g‘in 
bilan tugashiga qarab ochiq - «jenskaya rifma», yopiq -
«mujskaya rifma» va b.) mavjud. Jumladan, hozirgi o‘zbek 
she’riyatida qofiyadagi tovushlaming qay darajada mosli- 
gi jihatidan och (to'liqsiz) va to‘q (to'liq) qofiyalar ajratiladi. 
To'liq qofiyada qofiyadosh so'zlar tarkibidagi tovushlaming 
katta qismi to'la mos (misol tariqasida A.Qutbiddin qofiyala- 
ridan keltiramiz: «buzib - uzib», «lo'killaganda - lopillagan- 
da», «izlardan - yuzlardan») kelsa, to'liqsiz qofiyalarda to- 
vushlarning ayrimlarigina mos («dahriy - qahridan», «tutun
- Alovuddin», «titrab - guldurak») keladi.
Qofiyalanish tartibi deganda band misralarining o'zaro 
qofiyalanish sxemasi nazarda tutiladi. Banddagi qofiyala­
nish tartibi turlicha bo'lib, bu tartib bandning ritmik-into- 
natsion butunlikka birikishida muhim ahamiyat kasb eta­
di. Ikkinchi tomondan, o'qish jarayonida qofiya misraning 
tugaganligini ta’kidlaganidek, qofiyalanish tartibi bandning 
shakllanib bo'lganligi, tugaganini ta’kidlaydi. Masalan, to'rt
318
www.ziyouz.com kutubxonasi


misrali 
a-b-a-b
tarzida qofiyalangan she’r o'qilayotgan 
bo'lsa, o'quvchi keyingi bandlarda ham shu xil tartibni ku- 
tadi, tartib nihoyalanganida banddagi tugallanganlikni his 
qiladi. Ya’ni qofiyalanish tartibi, bir tarafdan, she’r ritmi- 
ning his qilinishiga, ikkinchi tarafdan, mazmun va ritmning 
uyg'unlashuviga, o'quvchi tasavvurida yaxlit birlik hosil qi- 
lishiga yordam beruvchi vosita ekan.
Ta’kidlash zarurki, bungacha aytilgan gaplar vazn 
(o‘lchov)li she’r tizimlariga1 xos qat’iy o‘lchov asosida rit- 
mik tashkillanuvchi she’riy nutqqa taalluqli. Zéro, an’ana- 
viy tarzda she’riy nutq deganda muayyan o'Ichov asosida 
tartibga solingan ritmiklikka ega nutq tushunilgan. Milliy 
adabiyotlar o'tmishiga qaralsa, aynan vaznli she’r awal 
vujudga kelgani - antik yunon she’ri, arab aruzi, turkiy 
barmoq, sillabik, sillabo-tonik kabi tizimlarni birlashtiruvchi 
umumiy jihat ularning qat’iy o'Ichov asosiga qurilishi ekani 
ko'riladi. Shu bilan birga, sanalgan barcha she’r tizimlari 
doirasida qat’iy o'ichovlilikdan chekinish kuzatiladiki, bu, 
bir tomondan, ritmik imkoniyatlarni boyitish zarurati bilan 
yuzaga kelsa, ikkinchi tomondan, ijod jarayoniga xos qolip- 
larga sig'maslik, erkinlikka intilish bilan izohlanishi mumkin. 
Buning misoli sifatida aruzda taraqqiyot jarayonida zihoflar 
va ular asosida far’iy bahrlaming paydo bo'lishini, shu- 
ningdek, mustahzod janrining vujudga kelishini ko'rsatish 
mumkin. Bularning birinchisini «gorizontal ritrmdan og‘ish 
(ya’ni misrada vazni o'zgacha rukn paydo bo‘ldi) desak, 
mustahzodni «vertikal ritrmdan chekinish (ya’ni vertikaliga 
bir xil o'Ichov saqlanmaydi) sifatida tushunish mumkin. Ta- 
biiy ravishda kechib kelayotgan ushbu jarayon nasming 
badiiy nutq shakli sifatida qaror topishi bilan bog'liq holda

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin