Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

Ulug'vor bir qudrat bilan
Chayqaladi cho'ng dengiz, -
satrlari normadan og'ish bo'lmagan holda, ya’ni to‘g‘ri tar- 
tibda «Cho'ng dengiz ulug'vor qudrat bilan chayqaladi» 
tarzida berilishi kerak. Inversiya hodisasining yuz berishi 
natijasida «qudrat bilan» so'z qo'shilmasi va «dengiz» 
so'zi misralardagi urg'uli pozitsiyaga chiqariladi, ayni shu 
so'zlarga ma’no urg'usining tushishi esa mualiif ijodiy ni- 
yatiga, she’r mazmuni va emotsional tonalligiga muvofiq 
keiadi. She’rning keyingi satrlari:
Qancha og'ir xarsang tosh lar
Tubda unga cho‘kkan tiz, -
inversiyaning funksiyalari aytilganlar bilan cheklanmasli- 
gi, uning bundan boshqa ham muhim vazifalari borligini 
ko'rsatadi. Odatdagi tartibda bu misralar «Tubda unga 
qancha og'ir toshlar tiz cho'kkan» shaklida bo'lishi lozim 
edi. Inversiya natijasida, birinchidan, ifodalash ko'zlangan 
mazmun uchun eng muhim so'zlar («xarsang toshlar», 
«tiz cho'kkan») urg'uli pozitsiyaga o'tkaziladi, ikkinchidan, 
«dengiz» va «tiz» so'zlari qofiyalanadi.
Sintaktik sathdagi og'ishlarning yana biri ellipsis bo'lib, 
unda gap bo'laklaridan biri (ko'proq bosh bo'laklar) atayin 
tushirib qoldiriladi. Masaian:
Bulbullarmi?! Yetar!
Gullarmi?! Bo'ldi!
So‘z navbati - yurakka...
(X.Davron)
322
www.ziyouz.com kutubxonasi


Keltiriigan parchada kesim tushirib qoldiriigan va buning 
natijasida «yurakka» so‘zi mantîqiy urg'u oladi, she’rning 
dastlabki misralaridagi ohangning saqianishiga erishiladi. 
Mabodo kesim tushirilmaganida edi, unda so'nggi misra 
«So‘z navbati yurakka beriladi» shaklida bolar, natijada 
esa yuqorida aytilgan samara tamoman yo'qqa chiqar edi. 
Shunga o'xshash, she’riy misralarning atayin tugatilmay 
qo'yilishi yana bir sintaktik figura - jim qolishni yuzaga 
chiqaradi:
Men sendan ketmoq istayman
Yomgïrdek emas
-
Yomg'ir yana qaytib keladi.
Men sendan ketmoq istayman
Shamoldek emas
-
Shamol yana qaytib yeladi.
Men sendan ketmoq istayman
Muhabbat kabi...
(X.Davron)
She’rning dastlabki ikki satri uchinchi misra bilan, keyin- 
gi ikki satri oltinchi misra bilan izohlansa, so'nggi ikki satrda 
shoir bu yo'ldan bormaydi - jim qoladi, izohni endi she’r- 
xonning o‘zi shakllantirishi zarur boladi. Shunisi borki, ifo- 
da etilmagan so'nggi izoh avvalgilariga mazmunan zid: 
yomg'ir qaytib keladi, shamol qaytib keladi - muhabbat 
qaytib kelmaydi. Eng muhimi, shoir bu xulosani aytmagani 
uchun ham she’rni o‘qiyotgan kitobxon ongini «ketgan mu­
habbat qaytib kelmaydi» degan xulosa bir lahza chaqindek 
yoritib o‘tadi - qo'llangan usulning estetik samarasi, ta’sir- 
dorligi ham shunda.
She’r misralarida bir xil yoki bir-biriga juda yaqin sin­
taktik konstruksiyalarning takrorlanib qo'llanishi - sintaktik 
parallelizm ham she’rning ohangdorligini, ta’sirchanligini 
oshiruvchi figuralardan sanaladi:
323
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yo'lin yo‘qotsa odam - muhabbatga suyangay, 
G'ussaga botsa odam - muhabbatga suyangay, 
Chorasiz qotsa odam - muhabbatga suyangay...
(A.Oripov)
Ko‘rib turganimizdek, keltirilgan parchada misralarning 
har biri bitta gapga teng, uchala gap bir xil tartibda qu- 
rilgan. Biroq bu sintaktik parallelizm voqe bo'lishi uchun 
albatta gap takrori bo'lishi kerak degani emas, u bir gap 
doirasida - bir xil sintagmalar takrori asosida ham yuzaga 
kelaveradi:
Men 
nima axtardim, neni izladim
?
Kimga ermak bo‘!di go‘zal hislarim?

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin