solim
h.ihrlar
deb yuritilsa, o‘zgarishga uchragan ruknlari (furu’)
ho'lgan bahrlar
far’iy
hisoblanadi.
A:,Naming o'zgarishga uchrashi aruzshunoslikda «z/-
lioln
deb ataladi. Zihoflar turlicha ko'rinishga ega bo'lib,
l iiiiida asl tarkibidagi hijolardan biri yoki bir nechtasining
In'.hirib qoldirilishi; sifatiy o‘zgarishga (qisqa hijoning
i hd'/iqqa, cho'ziq hijoning qisqaga, cho‘ziq hijoning o‘ta
< Iin7ic|qa aylanishi) uchrashi; bir paytning o‘zida ham hi-
jt ii
111
it I lushishi, ham qolgan hijolarning sifatiy o'zgarishga
337
www.ziyouz.com kutubxonasi
uchrashi mumkin. Aruzshunoslikda har bir zihofning, shu-
ningdek, shu zihofga uchrashdan hosi! bo‘lgan tarmoq
ruknning o‘z nomi mavjud. Misol tariqasida she’riyatimiz-
da eng faol qollanadigan asllardan bolmish mafoiylun-
ning iarmoqlarini ko'rib o'tamiz. Mafoiylun asli 12 xil zi
hofga uchrab, bundan quyidagi 12 tarmoq (furu’) yuzaga
keladi:
1. Qabz zihofiga uchraganda mafoiylun ( v ------- ) asli-
ning uchinchi cho‘ziq hijosi qisqaga o‘zgaradi (v - v - ) va
hosil bolgan tarmoq rukni «maqbuz» (mafoilun) deb ata-
ladi.
2. Kaff zihofiga uchraganda mafoiylun ( v ------ ) aslining
to'rtinchi cho'ziq hijosi qisqaga (v — v) o'zgaradi va hosil
bolgan tarmoq rukni «makfuf» (mafoiylu) deb ataladi.
3. Xarm zihofiga uchraganda mafoiylun ( v ------- ) asli
ning birinchi qisqa hijosi tushiriladi (------ ) va hosil bolgan
tarmoq rukni «axram» (mafulun) deb ataladi.
4. Shatr zihofiga uchrashdan hosil boluvchi tarmoq
ruknining nomi «ashtar» (foilun), taqtesi: - v -
5. Xarb zihofiga uchrashdan hosil boluvchi tarmoq
ruknining nomi «axrab» (mafulu), taqtesi: — v
6. Tasbig“ zihofiga uchrashdan hosil boluvchi tarmoq
ruknining nomi «masabbag*» (mafoiylon), taqtesi: v ------
7. Qasr zihofiga uchrashdan hosil boluvchi tarmoq
ruknining nomi «maqsur» (mafoiyl), taqtesi: v —
8. Hazf zihofiga uchrashdan hosil boluvchi tarmoq
ruknining nomi «mahzuf» (faulun), taqtesi: v —
9. Jabb zihofiga uchrashdan hosil boluvchi tarmoq
ruknining nomi «ajabb» (faal), taqtesi: v -
10. Xatm zihofiga uchrashdan hosil boluvchi tarmoq
ruknining nomi «axtam» (faul), taqtesi: v ~
11. Batr zihofiga uchrashdan hosil boluvchi tarmoq
ruknining nomi «abtar» (fa’), taqtesi: -
12. Zalal zihofiga uchrashdan hosil boluvchi tarmoq
ruknining nomi «azall» (fo’), taqtesi: ~
338
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ko'rinib turibdiki, birgina hazaj bahrining o'zida o'nlab
tarmoqlar yuzaga kelishi mumkin ekan. Zihofga uchra-
gan ruknlarning mavjudligi, bir tomondan, konkret she’r
ohangining o‘ziga xos bo'lishini ta’minlaydi, ikkinchi to
mondan, aruzning ritmik jihatdan rang-barang bo'lishiga,
uning ritmik-intonatsion imkoniyatlarini kengaytirishga xiz-
mat qiladi.
Ma’lum boMdiki, aruz qismlari o'zaro izchil va uzviy
aloqadagi, sistema sifatida nihoyatda puxta tashkillan-
gan, shu bois ham yuzlab o'ziga xos vaznlarni umumiy
tamoyil asosida birlashtiradigan mukammal she’r tizimi
ekan. Mukammalligi shunchalarki, tamsil qilsak, qaysidir
jihatlari bilan aruz Mendeleyev jadvaliga monand. Bila-
siz, o‘z vaqtida D.I.Mendeleyev jadvalda bo‘sh qoldirgan
kataklarning hall fanga ma’lum bo‘lmagan, ya’ni tabiat-
da topilmagan kimyoviy elementlar joyi ekanini umumiy
qonuniyat asosida bashorat qilgan. Shunga o’xshash,
nazariy jihatdan aruz imkoniyatida mavjud barcha vazn-
lar faqrfesini chizish mumkin, mabodo shunday qilinsa,
ularning adadi benihoya katta boMishi ham tayin. Biroq
ularning aksariyati Mendeleyev jadvalidagi bo‘sh kataklar
misoli: o‘sha taqtelarga muvofiq vaznda hali she’r bitilma-
gan. Ayni chog'da, bir kun kelib shunday she’rlar yozilishi
mumkinligi ham istisno emas. Zero, mumtoz she’riyatimiz
ritmik-intonatsion jihatdan muttasil boyib borgani shunga
dalolat qiladi.
O'tgan asrning 20-yillariga kelib aruz she’riyatimizdagi
yetakchilik maqomini tilimiz tabiatiga muvofiqroq bolgan
barmoqqa bo'shatib berdi. Hozirgi o'zbek she’riyatining
yetakchi she’r tizimi - barmoq, yuqorida ham aytdik, mis-
ralardagi bo‘g‘inlar sonining tengligiga asoslanadi. Fitrat
barmoq tizimini «milliy vazn» derkan, shunday yozadi:
«Milliy vaznimizda asos so‘z bo'g'imlarining sanog'idir. Bir
baytning birinchi misra’i necha bo‘g‘im esa, ikkinchi misra’i
339
www.ziyouz.com kutubxonasi
ham shuncha bo‘g‘im boladir. Bo‘g‘imlarning harf, cho‘zg‘i
sonlariga esa ahamiyat berilmaydir».1 Fitratning barmoq-
ni «milliy vazn» deb atashiga asos shuki, barmoq tizimi
o‘zbek tili tabiatiga, uning tovush xususiyatlariga muvofiq
keladi. Shu bois ham o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari
asosan barmoqda yaratilgan. Keyinroq, arab istilosidan
so'ng yozma adabiyotda aruz qaror topgan bo‘!sa-da, xalq
og‘zaki ijodining asosiy she’r tizimi barmoq bo‘lib qolaver-
di. Bu, birinchi galda, barmoqning o‘zbek tili xususiyatla
riga to‘la muvofiqligi bilan izohlanadi. XX asr boshlaridan
jadid shoirlari Cho'lpon, Fitrat, Hamzalarning ijodi bilan
she’riyatimizda yana barmoqning yetakchilik davri bosh-
landi.
Mutaxassislar barmoq she’r tizimi 4 bo‘g‘inlidan 16
bo‘g‘inligacha vaznlardan tarkib topishini ta’kidlaydilar.
Ilgari aytilganidek, vazn har bir konkret she’rda yuzaga
chiqadigan hodisa bolib, u metr (olchov) deb ham yu-
ritiladi. Barmoqdagi o'Ichov misradagi bo‘g‘inlar soni va
uiarning turoqlanish tartibini ko‘rsatish orqali belgilanadi.
Masalan:
Yuzlaringni / mayliga yashir,
9 (4 + 5)
Kerak emas / nozlar, imolar.
9 (4 + 5)
Go'zallikning / qoshida axir
9 (4 + 5)
Cho‘kka tushgan / hatto xudolar.
9 (4 + 5)
(A.Oripov)
Oddiy mashinani / ko‘rsa bolalar
11 (6 + 5)
Hayratga tushishni / kanda qilmaydi.
11 (6 + 5)
Olis yulduzlarda / ulkan kemalar
11 (6 + 5)
Uchib yurganini / ular bilmaydi.
11 (6 + 5)
(A.Oripov)
Dostları ilə paylaş: |