xorey
( - v)
yoki
anapest
(v v - ) stopalaridan tarkiblangan she’rlar ham
erkin she’r deb yuritilgan. Shunga o'xshash, Sharqdagi
aruziy she’riyatda misralarida bitta asi (va uning zihoflari)
turli miqdorda takrorlanishiga asoslangan she’rlarga ham
erkin she’r
deb qaraladi.1 Garchi o'zbek she’riyatida erkin
she’r barmoq asosida shakllangan degan qarash ustuvor
bo‘lsa-da, haqiqatda bu jarayon bizda ham aruz doirasi
da boshlangan. Bunga amin bo'lmoq uchun, masalan,
Hamzaning «Miliiy she’rlar»i sirasiga kiruvchi «Bizni to'pda
izlama», «Boybachchalar, semiring», «Sidqidil birla dúo»,
«Peshonamiz tor ekan» kabi bir qator she’rlarini ritmik-in-
tonatsion jihatdan ko'zdan kechirish kifoya. Yuqoridagicha
qarash esa she’riyatimizda aruzdan barmoqqa o‘tish va
erkin she’rning shakllanishi jarayonlari bir paytda kechgani
bilan izohlanishi mumkin.
Barmoq asosidagi erkin she’r XX asming 20-yillaridan
keng ommalashdi. 0 ‘zbek erkin she’riga xos xususiyat
shuki, unda misralardagi bo‘g‘inlar soni turlicha, ular
ning o'zaro qofiyalanishi qat’iy tartibda emas, biroq she’r
davomida o'lchovda teng bo'laklar - bir yoki bir necha nav
turoqlar erkin tarzda takrorlanishi hisobiga muayyan rit-
miklik hosil qilinadi. Masalan, Cho'lponning hajman ancha
katta «Po'rtana» she’ri 6 (74 ta), 5 (16 ta), 3 (59 ta) va
2 (9 ta) bo‘g‘inli turoqlardan tarkib topgan. Ko‘rinib turga-
nidek, turoqlarning katta qismi 6 bo‘g‘inli. Bundan tashqa-
ri, 3 bo‘g‘inli turoqlarning yarmi - 30 tasi 3+3 bog'iamida,
1 Афокова H. Жадид шеърияти поэтикаси. - Тошкент: Фан, 2005. - Б.43, 48.
346
www.ziyouz.com kutubxonasi
ular ham o'qilganda 6 bo‘g‘inli turoqlarga vaznda tengdek
taassurot qoldiradi. Ya’ni xuddi rus sillabo-tonik she’riyati
negizida paydo bo'lgan erkin she’r (вольный стих) o'zida
sillabo-tonik she’rga xos belgilar (stopalar)ni saqlab qol-
gani kabi, o'zbek erkin she’ri ham o‘zida barmoqqa xos
turoqlanishni saqlaydi. Shunga o'xshash, mashhur «Binaf-
sha» she’ridagi ritmiklik 3 bo‘g‘inli turoqlaming erkin takrori
asosida yuzaga keladi:
Binafsha senmisan, binafsha senmi -
6+5
Ko‘chada aqchaga sotilgan?
3+3+3
Binafsha menmanmi, binafsha menmi -
6+5
Sevgingga, qayg'ungga tutilgan?
3+3+3
Binafsha, nimaga bir ozroq ochilmay,
3+3+6
Bir erkin kulmasdan uzilding?
6+3
Binafsha, nimaga hidlaring sochilmay,
3+3+6
Yerlarga egilding, cho‘zilding?
6+3
Binafsha,
3
Ayt menga,
3
Kimlardir ularkim,
6
Ignalar bag‘ringga sanchalar?
3+6
Binafsha,
3
Bir so'yla,
3
U qanday qo‘llarkim,
3+3
Uzalar, hidlaylar, yanchalar?
3+3+3
Binafsha, shunchalar chiroyli yuzing bor,
3+3+3+3
Ko'nglimga isriklik to'kmaysan.
3+3+3
Nimaga uzoqroq kulmaysan?
3+3+3
Binafsha, shunchalar tortguvchi fusing bor,
3+3+3+3
Binafsha, yiglama, binafsha, kel beri,
3+3+3+3
Qayg‘ungni qayg'umga qo‘shgil,
3+3+3
Binafsha, sening-chun ko'kragim - erk yeri,
3+6+3
Bu yerdan ko‘klarga uchgil!
3+5
347
www.ziyouz.com kutubxonasi
Binafsha, go‘zalim, qayg'ulim, kelmaysan,
3+3+3+3
Qayg'ung zo‘r, qayg'umni bilmaysan,
3+3+3
Menga bir kulmaysan!..
3+3
Hozirgi o'zbek she’riyatida ancha keng qo'llanayot-
gan she’r shakllaridan biri
sarbastdir.
Erkin she’rdan farq
qilaroq, sarbastni barmoq bilan boglashi mumkin bo‘lgan
turoqlanish ham mutlaqo erkindir. Sarbastda ohangdorlik
ritm asosida emas, ko‘proq intonatsiya hisobiga yuzaga
chiqadi.
Avval yashashni o'rgan, /
•
7
Keyin olishni. //
5
Keyin /
2
Sochilgan suyaklaringni yig'ib, /
10
Yana jon ato qil / o'zingga o'zing. //
6+5
So‘ngra / o‘limning ko'ziga / tik qara.//
2+6+3
Joningni olsa olibdi-da! //
9
Bir qarashda 1-, 2- va 3-, 4-misralar yig'ilsa, vaznda
o'zaro tenglik hosil bo'ladigandek ko‘rinishi mumkin. Biroq
bu - yanglish tasavvur. Chunki bu yerda ritmik-intonatsion
va mazmuniyjihatdan dastlabki ikki misra bitta, keyingi uch
misra esa boshqa bitta nisbiy tugallikni hosil qiladi. Shun-
ga o'xshash, 5-misra bilan 6-misra ham boshqa-boshqa
nisbiy tugallikka mansub. Bundan tashqari, ushbu mis-
ralardagi turoqlanish tartibidagi keskin farq bo‘g‘inlar soni
tengligi yuzaga chiqarishi mumkin bo'lgan vazndoshlikni
keskin susaytiradi. Sarbastda yozilgan she’rning an’anaviy
barmoq yoki aruzdagi she’rdan farqli jihatlaridan biri shu-
ki, u avvalboshdan ma’lum maromga solinmaydi, unda
muayyan maromga mos kechinmalar ifodalanmaydi. Ak-
sincha, bundagi fikr-tuyg‘uga mos ohang so'zning ma’no-
348
www.ziyouz.com kutubxonasi
si asosida yuzaga keladi, ya’ni bu o'rinda ma’no asosida
o‘qiymiz, so'zlarni ham shunga mos ohanglarga o‘raymiz.
Shu bois sarbastda intonatsion-sintaktik vositalar hal qiluv-
chi ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |