Ushbu she’r vaznining qo'shma vazn deyilishiga sabab
shuki, agar uning ikkita misrasini birlashtirsak, go‘yo mis-
ralardagi bo‘g‘inlar sonining tengligi tiklanadi:
Qoqiladi / horg'in otlar, / g'ijirlaydi / arava. 15 (4+4+4+3)
G'ildiraklar / izi yo'lda / to‘zg‘iyotgan / kaiava. 15 (4+4+4+3)
Ko'ramizki, mazkur she’r ham mohiyat e’tibori bilan
barmoq
tizimiga mansub, faqat uning misralari bo‘lin-
gan-da, alohida satrga chiqarilgan. Misralarning qat’iy
tartibda bo'lingani she’rning ritmik xususiyatlariga, ohan-
giga muayyan o'zgarishlar kiritadi va uning ta’sirdorligini
oshiradi. Demak, qo‘shma vazn deganda misralar qo'shi-
Iganda izosillabizm (bo‘g‘inlar miqdorining tengligi) tiklan-
adigan she’rlarni tushunish lozim ekan. Shunisi ham borki,
qo'shma vazn barmoqdan sarbast (erkin she’r) tomon sil-
jishdagi ilk qadam sanalishi mumkin. Bu siljishdagi keyin-
gi qadam sifatida esa barmoqda
yozilgan geterometrik
she’rlarni olish mumkin. Geterometrik she’rlarning qo'shma
vaznli she’rlardan farqi shuki, ularda izosillabizm bandlara-
ro sathda namoyon bo'ladi. Masalan, qiyoslash uchun Mir-
temirning «Qo'shiqlar» turkumiga kiruvchi qo'shma vazn-
da yozilgan she’rlaridan biri quyidagicha bandlardan tarkib
topadi:
«Qoya» nomli geterometrik she’rning bandlari quyida
gicha:
Barmoqlar o‘ch toriga
Oqshom chog'ida.
Dil roz aytar yoriga
Visol bog‘ida.
7
5
7
5
Tolzor kuz rangida va salqin, 9
Daraxtiarda yaproqlar oltin. 9
344
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tog‘dan esar yel oqin-oqin,
9
Tag'in bo'lur tin.
5
Birinchi she’rda barmoq tizimiga xos izosillabizm mis-
ralarni qo'shish
hisobiga, band ichidayoq yuzaga kela-
di. Ikkinchi she’rda esa band ichida izosillabizm mav-
jud emas, u she’r butuniigida namoyon bo‘ladi, ya’ni
bu she’rning har bir bandi 32 bo‘g‘indan tashkil topgan
bo‘lib, ularning misralararo taqsimlanishi 9-Э-9-5 tarzi-
da amalga oshadi. Albatta,
bu xil vaznlarning yuzaga
kelishi barmoq tizimining ritmik imkoniyatlarini kengay-
tirgani shubhasiz. Ta’kidlash kerakki, hali she’riyatimiz-
da barmoq tizimining ritmik-intonatsion imkoniyatlari
to'la ro'yobga chiqarilgan emas. Shu bilan birga, XX
asr o'zbek she’riyatîda yetakchilik qilgan bu she’r tizimi
o'tgan vaqt ichida sezilarli sifat o'zgarishlarini
boshdan
kechirdi, o'zining birtalay ritmik imkoniyatlarini namoyon
eta pldi. Mazkur masalani maxsus tadqiqot obyekti si-
fatida o'rganish adabiyotshunosligimiz oldidagi dolzarb
vazifaiardan bolib turibdi. Umid qilamizki, yuqoridagi
mulohazalarimiz
barmoq tizimi juda sodda, jo ‘n («bar
moq bilan bo‘g‘inlar sanab qo'yüsa bo'ladigan») hodisa
emasligini anglatdi va siz bu masalani mustaqil tarzda
chuqurroq o'rganishga harakat qilasiz.
Adabiyotshunosligimizda
erkin she’r v
a
sarbast
istiloh-
lari aksarsinonim tarzida qo'llanadi. Holbuki, milliy she’riya-
timiz taraqqiyoti va bugungi nazariy tafakkur nuqtayi nazari-
dan qaralsa, ularning farqlangani to‘g‘riroqdir. Mazkur hol
sababiga kelsak, avvalo, «erkin she’r» istilohi ruschadan
kalka usulida hosil qilinganini aytish lozim.
Keyinchalik
rus she’rshunosligida bir-biridan farqlanuvchi she’r shakl-
larini anglatuvchi «вольный стих» va «свободный стих»
birikmalaridagi «вольный» va «свободный» aniqlovchilari
o‘zbek tiliga bir xil - «erkin» so‘zi bilan tarjima qilingani
manbalardagi istilohiy chalkashliklarga sabab bo'lgan.
345
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘rgan¡layotgan hodisani tushunishga yordam berishini
o‘ylab, rus she’riyati tarixiga bir qur nazar tashlash joiz.
Dastlab sillabo-tonik she’r íizimi doirasida vujudga kelgan
erkin she’r («вольный CTnx»)da barcha stopalari
yamb
(v
- )
bolgani holda, ularning misralardagi soni turlicha, ya’ni
she’r boshdan oxir bitta olchovda yozilmagan. Keyincha-
lik analogiya asosida misralari íurli miqdordagi
Dostları ilə paylaş: