5) Ko'nglim qolgani yo‘q yorug' olamdan,
Xayolimda yo'qdir na viqor, na kin.
Baribir bir kuni sizdan ketaman -
Qayga ketganimni bilmaydi hech kim.
11 (6+2+3)
11 (6+3+2)
11 (6+2+3)
11 (6+3+2)
(U.Azim)
6) Kuzakning besohib kechalarida
lzg‘irinlar yelar, yomg‘ir!ar ezar...
Dunyoning ho‘lzulmat ko'chalarida
Tentirab kezinar yolg'iz deraza.
11 (3+3+5)
11 (6+5)
11 (3+3+5)
11 (6+5)
(U.Azim)
E’tibor berilsa, yuqoridagi she’rlarda misralardagi bo‘-
g'inlar soni teng bolgani holda, íuroqlanishning o‘zaro
munosabati turlicha ekanini ko'rish mumkin: misralardagi
turoqlarning aynan mos kelishi (1, 3), juft va íoq misralar
dagi turoqlarninggina o'zaro mos kelishi (2, 5, 6), uchinchi
misrada turoqlanishning biroz farqli bo'lgani holda, qol-
ganlarining aynan mos kelishi (4) kabi hollarni kuzatamiz.
Turoqlanishning misralararo munosabatidagi bu xil turli-
chalik she’rlardagi ohangning farqli, o'ziga xos bo'lishiga
xizmat qiladi.
0 ‘zbek adabiyotshunosligida barmoq tizimidagi vazn-
larning sodda va qo'shma turlari ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: