Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi


yuvdî, bir martabagina  yuvdi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

yuvdî,
bir martabagina 
yuvdi 
emas -
qaytalab-qaytalab
yuvdi.
Boyag'i achchig'idan birmuncha tinchlanib, 
ko‘z qizilliqlari ketkan holda 
bitta-bitta
bosib 
ichkariga qaytdi.
8
8
14
11
10
8
13
10
6
6
Ko'ryapmizki, bunda ham bir xil uzunlikdagi kolon gu- 
ruhlarini turli tartibda takrorlash, gradatsiya, so‘z va ohang- 
dosh tovush guruhlari takrorlari, sintaktik parallelizm, zid- 
lash kabi vositalar o'ziga xos ohang hosil qiladiki, bu ohang 
o'quvchiga qiz dilidagi iztirobli 
t u g ‘y o n la r n i 
teran his ettiradi. 
Shunga o‘xshash, hijronzada Otabekning qalb tug'yonlari 
aks etgan «Navo» kuyi tavsifi ham bir she’rday jaranglaydi 
desak, aslo mubolag'a emas. Bu gapni muallif mahorat bi­
lan täsvirlagan qizlar majlisi, Xo‘ja Ma’oz tuni manzaralari, 
xalq ta’birida «musulmonobod» sanalgan o'tmish hayotiga 
adib bergan biroz kinoyali, lekin haqqoniy ta’rif va boshqa 
qator o'rinlar haqida ham bemalol aytish mumkin. Bundan 
tashqari, asardagi har bir personaj nutqiga xos betakror 
ritm ham borki, shu bois Yusufbek hojining sermulohaza 
gaplari, 0 ‘zbek oyimning kesib-kesib so‘zlashlari, xullas, 
hammasini o‘z ohangi bilan «eshitamiz».
Aytilganlarga xulosa olaroq nasriy nutq ritmi, awalo, 
badiiy nutqning yuksak darajada uyushtirilganlik xususiyati 
bilan bog'liq ekani, ya’ni uning spontan emas, balki aniq 
g‘oyaviy-badiiy niyatni ko'zlab, muayyan funksiyani baja- 
rishga yo'naltirilgan tarzda yuzaga kelishini yana bir karra 
ta’kidlash lozim bo'ladi. Ritm nasriy asarning qabul qili- 
nishini yoqimli, zavqli mashg‘ulotga aylantiradi, o'quvchini 
muallifga, personajlarga ruhan yaqinlashtiradi, tasvirlana-
309
www.ziyouz.com kutubxonasi


yotgan narsa-hodisa, holatlar mohiyatiga kirib borishiga 
ko'maklashadi. Ritm badiiy asarning o'zak xususiyatlari- 
dan bo‘lib, uning barcha nuqtalarida - nutqiy qurilishidan 
boshlab rivoya, syujet, kompozitsiya sathlarida ham voqe 
bo'ladi. Tamsil qilsak, xuddi musiqa usuli kuyda ham, shu 
kuyga solib aytilgan qo'shiqda ham, kuyning ohangi-yu 
qo'shiq mazmunidan kelib chiqib sahnalashtirilgan raqs- 
da ham o‘zini birdek namoyon etgani kabi. Afsuski, ushbu 
masala adabiyotshunosligimizda hanuz kam o'rganilgan- 
ligicha qolib kelmoqda. Biz ham birgina « 0 ‘tkan kunlar» 
misolida masalaning ayrim jihatlarigagina umumiy tarzda 
muxtasar to'xtalib o'tdik. Holbuki, yangi o'zbek nasrining 
bir asrlik taraqqiyot yo'li davomida ritmik jihatdan rang-ba- 
rang va betakror yuzlab asarlar dunyoga keldi. Ularni ritm 
nuqtayi nazaridan o'rganish, nasriy nutq ritmi masalasining 
o'zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq jihatla- 
rini ochib berish esa bugungi adabiyotshunoslik oldidagi 
dolzarb vazifalardan bo'lib qolmoqda.

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin