Xazonga aylandi kunlarim...
Motamda turganday boqaman.
Fasllar to‘qnashgan lahzada
xazonlar to‘pini yoqaman.
Ko‘zlarim achishar bexosdan,
yuragim, qo‘llarim titraydi.
Alanga olmaydi kunlarim,
tutaydi, oh, muncha tutaydi.
SheYning lirik qahramoni - kechmishini sarhisob qi-
layotgan, o'tgan kunlaridan qoniqmaslik tuyayotgan odam.
Shoirning assotsiativ tafakkuri «xazon»da metonimik
asosda kuzni, metaforik asosda esa yana o‘tgan, hayot
daraxtidan go‘yo uzilib tushgan kunlarini koYadi. SheYning
282
www.ziyouz.com kutubxonasi
kayfiyatini his qilishda, uni tushunishda «xazon» yetakchi
ahamiyat kasb eíadi, go‘yo kaiii vazifasini bajaradi. Shun-
ga o‘xshash, X.Davronning «Qarshida deraza so'ylaydi er-
tak, Linda ikki soya - baxíiyor malul» satriarida ham yolg'iz
ayol ruhiyatini ochishda metonimiyadan mohirona foyda-
lanilgan va unda ham metonimiya metafora bilan baqamíi
qo'llangan.
Tropning yana bir turi
sinekdoxa
bo‘lib, ko'pchilik mu-
taxassislar uni mohiyat e’tibori bilan metonimiyaning bir
ko'rinishi deb biladiiar. Ayni chog'da, sinekdoxani alohida,
hatto ko'chimning asosiy turlaridan biri deb qarovchilar
ham bor. Aytish kerakki, har ikki qarashda ham muayyan
asos bor. Jumladan, metonimiya ko‘rinish¡ sifatida qarali-
shiga sabab shuki, bunda ham ma’no ko'chishi aloqadorlik
asosida - butun va qism, yakka va umum aloqasi asosi-
da yuz beradi. Shu bois ham mutaxassislar sinekdoxani
metonimiyaning miqdoriy ko'rinishi deb qaraydilar. X.Dav
ronning «Kulol muhabbati» she’ridan:
i
Sahardan to oqshomga qadar,
Ko‘kda porlab yonmaguncha oy,
Ertak so'ylar sarxush barmoqlar,
Ertak tinglar qizil rangli loy...
Keltirilgan parchada ham «ertak so'ylar» metafora
bolsa, «barmoqlar» sinekdoxadir. «Ertak so'ylar» de-
ganda kulol o‘z ishiga butun mehri, qalb qo‘ri bilan beril-
gan ijodning sehrli onlari nazarda tutiladi. Tabiiyki, ertak
so‘ylayotgan «barmoqlar» - qism va u butunni - ishiga,
yaratish shavqiga berilgan kulolni she’rxon ko‘z oldiga
keltirishga xizmat qiladi. Yoki M.Yusuf «Faqat shu yer ya-
qin yurakka, Faqat shunda quvonar ko‘zlar» deganida ko‘z
odam ma’nosini bildirishi ham sinekdoxaga misol bola
oladi. E’tibor berilsa, bu ikki misoldagi ma’no ko'chishi,
yuqorida metonimiyaga keltirilgan misollardagidan farq-
283
www.ziyouz.com kutubxonasi
li olaroq, ikki narsa-hodisa orasidagi aloqadorlik asosida
amalga oshayotgani yo‘q, bitta predmetning qismini ang-
latuvchi so‘z uni butun holda atashga xizmat qilayotganini
koYish qiyin emas. Ayni hol sinekdoxani boshqa ko'chim
turlaridan farqlaydigan asosiy jihatdir. Sinekdoxaning yana
bir ko'rinishi - yakka narsa nomi bilan umumni nazarda
tutishda ham mohiyatan ayni shu hol kuzatiladi. Masalan,
Sh.Rahmon birshe’rida «Qadimda mevalar yetilgan payt-
da savob deb yashagan komil ajdodim musofir chanqog'in
bossin deb atay buzib qo‘yar ekan bog'lar devorin» deb
yozarkan, «qadim ajdodim» birikmasi bilan jami ajdodlarni,
o'tmishdagi o‘zbek xalqini ataydi. Xuddi shunga o'xshash,
« 0 ‘zbekning qorako‘z bolalariga bitta dunyo qolsin hayrat-
lik» misrasida ham «o'zbekning qorako'z bolalariga» birik
masi ostida kelgusidagi o'zbek xalqi nazarda tutilgani
ayon. Diqqat qilinsa, bu misollarda ham ma’no ko'chishi
ikkita narsa-hodisa orasidagi aloqadorlik asosida amalga
oshmoqda deb bo'lmasligini ko‘rish qiyin emas. Negaki,
«qadim ajdod»lar jami xalqni tashkil qiladi, ya’ni teskari
tomondan borsak, bitta predmet - «xalq»ni atash uchun
uning qismini anglatuvchi so‘zdan foydalanilayotgani ko'ri-
nadi.
Manbalarda atoqli otlarning turdosh ot ma’nosida qo'lla-
nishiga ham sinekdoxaning bir ko‘rinishi deb qaraladi.
Masalan, shoir «faqat Jumavoyi bolgani uchun havasla-
ring kelar robinzonlarga» deganida Robinzonga o'xshash
hayot kechiruvchi kishilarni - ko‘pchilikni nazarda tutadi.
Bir qarashda bunda qism nomi orqali butun atalayotgani,
demak, qarshimizda sinekdoxa ekani shubhasizdek koYi-
nadi. Biroq, chuqurroq mushohada etib ko‘rilsa, mazkur
da’vo haq ekanligiga shubha tuglladi. Chunki «robinzon-
lar» deganda «Robinzonga o‘xshab hayot kechiruvchilar»
tushunilar ekan, bu oYinda o'xshashlik asosidagi ma’no
ko'chishi - metafora haqida gapirish to'gYiroq bo'ladi.
Faqat biz ko‘nikkan metaforalardan farqi shuki, bunda
284
www.ziyouz.com kutubxonasi
o'xshatish obyekti adabiy asardan olinmoqda. Shunga
0
‘xshash, M.Yusuf: «Toshkentga qiz berma, Marg‘ilon,
Qodiriy yo‘q, zaynablar omon!» - deganida ham «zay-
nablar» so‘zi bilan «fe’l-amali Zaynabga o‘xshaganlar»ni
umumlashtirib ataydiki, bunda ham ma’no metafora aso-
sida ko'chadi. Umuman olganaa, mashhur adabiy asar
qahramonlari, afsonaviy yoki tarixiy shaxslarning nomlari
orqali o'xshatish asosida muayyan fe’l-xususiyatni (Ho-
tam - saxiylik, Qorun - o‘ta boylik, Otello - rashkchilik,
Yago - hasadgo‘ylik) ifodalash she’riyatimizda eskidan
qo'llanib keluvchi uslubiy vositadir. Ayni jihati, mavhum
tushunchani konkret obraz nomi bilan atashi bunday
ko'chimlarni
Dostları ilə paylaş: |