Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

Chuvaladi o ‘ylarim sensiz,
Xayolimga taroq urgayman.
Mening qolim yetmagan yulduz,
Tushlarimda seni ko'rgayman.
Dastlabki uch misraning har birida bittadan metafora 
qollangan. Ularning uchinchisi «yor»ni «yulduz»ga o'x­
shatish asosida yuzaga chiqmoqda va, sirtdan qaraganda, 
yuqoridagi misol (hilol - qosh) bilan aynandek ko'rinadi.
277
www.ziyouz.com kutubxonasi


Biroq ifodalash ko'zlangan metaforik ma’noning yuzaga 
chiqishida «mening qolim yetmagan» aniqlovchisi g‘oyat 
muhim ekanini ko'rish qiyin emas. Ya’ni bunda yor bilan 
yulduzni o‘xshaiish asosi ularning ikkalasiga xos «ye- 
tib bo'imaslik» belgisidirki, bu ma’no gap butunligidagina 
ro'yobga chiqadi. Shunga o'xshash, «chuvaladi o‘ylarim» 
metaforasining ma’nosi ham predikativ birikma butunligi- 
da voqelanadi. Negaki, avvalgi ikki misoldan farqli o'Iaroq, 
bunda predmetning nomi emas, balki unga xos harakat-ho- 
lat boshqa bir predmetga ko'chirilmoqda: «(lp chuvalgani 
kabi) chuvaladi o'ylarim». Ya’ni o'xshatilayotgan narsa 
nomi qoladi-da, o'xshayotgan narsaga xos harakat-holat 
unga ko'chiriladi. Shu o'rinda yuqorida keltirilgan Atoulloh 
Husayniy ta’rifidagi «o'z 
yasog'ida tushunmakka moni’
bo'lguchi jumladoshini keltirmak sharti bila»
degan nuqta- 
ga qaytish maqsadga muvofiq. Bu o‘rinda ma’no ko'chishi 
so‘z qollangan kontekst bilan ham bog'liqligi, matndagi 
boshqa so'zlarning uni «o‘z» ma’nosida tushunishga mone 
bolishi nazarda tutilmoqda. Darhaqiqat, keltirilgan misolda 
«o‘y» so‘zining «jumladosh» ekani «chuvalanmoq»ni o‘z 
ma’nosida tushunishga imkon bermaydi.
Albatta, metafora usulidagi ma’no ko'chishida o'xshati- 
layotgan narsa-hodisalar orasida aynan o‘xshashlik bo'lishi 
emas, balki ularga xos umumiy belgilardan biri asos uchun 
olinadi. Masalan, «oltin kuz» birikmasida «rang» (kuzda 
daraxt barglarining sarg'ayishi sabab sariq rang ustuvor- 
ligi), «oltin davr» birikmasida «qimmat» (nazarda tutilgan 
umr pallasining qimmatli ekani) asos uchun olinadi. To‘g‘ri, 
ushbu misollar metaforaning anchayin sodda ko'rinishlari, 
ularning estetik ta’sir kuchi ham, albatta, shunga yarasha 
boladi. Aksincha, voqelikdagi narsa-hodisalar yoki ko'ngil 
hollari bilan moddiy olam orasidagi bizga ko'rinmagan, bi­
roq san’atkorona o'tkir nigoh bilan ilg’angan o'xshashliklar 
asosidagi ko'chimlar o'quvchini hayratlantiradi, unga zavq 
bag'ishlaydi. Faqatshugina emas, bu nav ko‘chimlaro‘sha
278
www.ziyouz.com kutubxonasi


narsa-hodisaga o'zgacharoq nazar soiish, ko'ngil holini te- 
ranroq his qilishga yordam beradi. Masalan, Faxriyorning 
soneílaridan biridagi «Ko‘nglim sinar, muz bo‘lib sinar» 
metaforasini olaylik. Shoir metaforani «muz bo‘¡ib sinar» 
íarzida aniqlashtirib qo'yayoíganini nazardan qochirmas- 
iik iozim. Sababi, «ko'ngil - oyna», «ko'ngil - shisha» 
o'xshaiishlari asosiga qurilgan «ko‘ngil sinishi», «chil-chil 
bolishi» metaforalari ancha keng tarqalganki, shoir o‘zi 
qoliagan metaforaning ularga aloqasiz ekanini ta’kidia- 
moqda. To‘g‘ri, bunda ham rnavjud metaforaga - muayyan 
hislar tugab-bitganirii anglatuvchi «ko'ngil sovishi» ifodasi- 
ga tayanilgan, aniqrog'i, bu ifoda mubolag'alashtirilgan: 
ko‘ngil sovishi haddi a’losiga yetib - muzlash darajasining 
kuchliligidan sinib uvalanishi nazarda tuíilgan. Bugungi 
kun o'quvchisi esa, bilasiz, turli ilmiy-ommabop film va 
ko‘rsatuvlar orqali o‘ta kuchli muzlaíilgan jismning ich- 
dan portlagan kabi parchalanishini tasavvur qilishga qo- 
dir. Ayon bo'lyaptiki, meíafora davr o‘quvchisining didi va 
ma’rifiy darajasi, tafakkur tarziga mos bo‘lar ekan.
Obrazli ifoda o'laroq metaforaning qabul qilinishi avto- 
matizmdan yiroq, u ijodiy yondashuvni, assotsiativ fikrlash- 
ni taqozo etadi. Deylik, R.Parfining «Suv ostida yaltiraydi 
tosh, Xarsanglarda sinadi suvlar» satrlarida metaforaning 
ma’nosi ikki bosqichda namoyon boladi. Shoir tilimizda 
ancha keng qo'llaniluvchi suvning oynaga o‘xshatilishi- 
ga (birinchi bosqich), ya’ni o‘zi va o'quvchisining badiiy 
xotirasida mavjud obrazli ifodaga tayanadi va shu asosda 
suvning xarsangga urilib parchalanishini oynaning sinishi- 
ga o'xshatadi (ikkinchi bosqich). Shoirning quyidagi:

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin