Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi


www.ziyouz.com kutubxonasi NUTQIY SEMANTiKA. KO‘CHIMLAR



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

273
www.ziyouz.com kutubxonasi


NUTQIY SEMANTiKA. KO‘CHIMLAR
Ko'chim (trap) - semantik sathdagi normadan og'ish. 
Ko‘ch!miar tasnifi. Metafora o'xshashlik asosida ma’no 
I ko‘chishi sifatida. Metonimiya - aloqadorlik asosidagi 
ma’no ko!chisiii. Sinekdoxa haqida. Perifraz(a). Kinoya 
va antifrazis. Aliegoriya va ramz.
Ma’lumki, umuman, 
nutq 
jarayonida, 
xususan, badiiy 
nutqda 
so‘z!ar o‘z 
ma’nosida ham, ko'chma ma’noda ham 
qollanishi mumkin. 
So'zning odatiy 
ma’nosidan o’zga 
ma’noda qollanishi semantik sathdagi og'ish sanaladi. 
Ko'chma ma’noda qollangan so‘ziarning umumiy 
nomi 
ko‘chim
deb yuritiladi. Adabiyotshunosligimizda bunga si- 
nonim sifatida yana 
trop (yun.
ko'chim) termini ham ancha 
faol qollanadi. Mumtoz adabiyotshunosligimizda ushbu 
tushunchani anglatish uchun 
majoz
istilohi qollangan. 
Jumladan, Atoulloh Husayniy ta’rifiga ko‘ra: «... majoz 
haqiqatning ziddidur. Haqiqat lafzni o‘z yasog'i, ya’ni ni- 
mani moljallab yasag‘an bolsalar, o'shui ma’noda qolla- 
moqtin iborattur. Majoz iafzni o‘z yasogldin o‘zga ma’no­
da yasog-u lafz-u o'shul ma’no orasindagi biror aloqa-yu 
munosabatqa asoslanaroq qollamoqtin iborattur, o‘z 
yasog'ida tushunmakka moni’ bolguchi jumladoshini kel- 
tirmak sharti bila. Masalan, 
qo‘l
derlar va ko'pincha qudrat 
zuhuri qol bila amalg'a oshg‘anlig‘ig‘a asoslanib andin 
qudratni iroda qilurlar. 
Sher
derlar va yuraklig kishi sherg‘a 
o‘xshag‘anlig‘ig‘a asoslanib, andin yuraklik kishini iroda qi- 
iurlar».1
1 AToynnox X,ycaiiHMM. BaflOMMty-c-caHOMm.. - ToaiKeHT: Afla6néT 
Ba caHtaT, 
1981. - B.219.
274
www.ziyouz.com kutubxonasi


Badiiy nuqtda ishlatiluvchi ko'chimlar qollanish faolligi, 
badiiy-uslubiy bo‘yoqdorligi, estetik ta’sir kuchi kabi jihat- 
laridart bir-biridan jiddiy farqlanadi:
a) ko'chimlarning bir qismi allaqachon til hodisasiga 
ayianib ketgan. Masaian, «kun botdi», «soat yuryapti» kabi 
birikmalarda qachoniardir so‘z ma’nosining o'xshashlik 
asosida ko‘chgani aniq. Faqat biz ularga shu qadar ko'ni- 
kib ketganmizki, hozirda ularga 
ko‘chim
deb qaramaymiz. 
Shuning uchun ham badiiy asar matnida mazkur ko‘chim- 
lar qollanganida, tabiiyki, muallif muayyan badiiy-estetik 
maqsad bilan semantik sathda og'ishga yo‘l qo‘ygan deya 
olmaymiz, zero, ular yozuvchi tomonidan tayyor holda 
olingan. Tabiiyki, bu nav ko‘chimlar matnda estetik funksi- 
ya bajarmaydi, ularni badiiyat hodisasi sifatida talqin qilib 
bo'lmaydi;
b) an’anaviy tarzda ishlatilib keiayotgan va shu bois 
muayyan darajada turg'unlik kasb etgan ko'chimlar ham 
badiiy nutqda ko'plab uchraydi. Masaian, «la’l», «gul», 
«bulbul», «sarv», «hilol», «kamon», «nargis» va b. Bu nav 
ko'chimlar ham xuddi yuqoridagilar singari tayyor holda 
olinadi, biroq, ulardan farqli o'laroq, matnda estetik funksi- 
ya bajaradi: tasviriylikni, ifodaviylikni kuchaytiradi;
d) badiiy-estetik funksiyadorligi, tasviriylik va ifoda­
viylikni kuchaytirishi jihatidan muayyan matn o'ramidagi- 
na ko'chma ma’no kasb etuvchi, muallifning assotsiativ 
fikrlashi mahsuli olaroq dunyoga kelgan ko'chimlaralohida 
o'rin tutadi. Ular shartli ravishda «xususiy muallif ko'chim- 
lari» deb yuritiladi. Shu nav ko'chimlargina yozuvchining 
muayyan badiiy-estetik maqsadni ko'zlab yo‘l qo‘ygan se­
mantik sathdagi og'ishi natijasidirki, uning badiiy til bobida- 
gi mahorati xususida gap borganda, eng avval shularni 
e’tiborga olish kerak bo'ladi.
Qadimdan o'rganib kelinishiga qaramay, ilmda ko'chim- 
larni tasniflash masalasida hanuz yakdillik yo‘q. An’anaviy 
tarzda mutaxassislar tomonidan ko'chimning asosiy turlari
275
www.ziyouz.com kutubxonasi


sifatida 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin