yulduzi» yoki «Sharq mash’aSi» ( 0 ‘zbekision), «yurtimning
yuragi» yoki «Sharq darvozasi» (Toshkent) kabi perifraz-
larda
o'xshashlik
asosidagi ma’no ko‘chishi kuzatiiadi.
Shuningdek, kinoyaviy tarzda zidlab o'xshatish - teskari
o‘xshatishga asoslangan perifrazlar ham ko'plab uchraydi.
Masalan, Cho'lpon Zebining advokatini bir o'rinda «uyezd
miqyosiga yarasha ish ko'radigan kichkinagina bir Ple-
vako», boshqa bir o'rinda «kichkina
shaharning kichkina
Pievakosi» deb ataydi. Aslida, u - «davlat xazinasining
kattagina pulini yeb qo‘ygan askariy bir to‘ra» - dordan
qochib Turkistonga kelib qolgan. Ya’ni u taraqqiyotdan
ortda qolgan Turkistondagina «zakunchi»lik qilishga ya-
roqli, shunchaki «suv bolmasa tayammum...»
qabilidagi
advokat, xolos. Shu odamning kasbi bilan bog'liq va o‘z
davrining mashhur advokatiga o'xshatish orqali tavsiflab
atalgani kinoyani yuzaga keltiradi. Ma’lum boMadiki, badiiy
nutqda perifrazaning metaforik, metonimik,
kinoyaviy va
sinekdoxa qolipidagi ko'rinishlari uchrashi mumkin ekan.
Yana bir jihati, perifrazda doim ham ko'chma ma’no ku-
zatilavermaydi. Masalan, Toshkentni «yurtimiz poytaxti»,
A.Qodiriyni «milliy romanchiligimiz asoschisi», S.Ahmadni
«qahramon adibimiz» tarzida atovchi perifrazlarda ma’no
ko‘chishi mavjud emas, ulardagi obyektga xos belgilar o‘z
ma’nosida qayta nomlashga xizmat qiladi.
Ma’no ko'chishining yana bir turi «kinoya» (ironiya) bo‘-
lib, u zidlash, teskari o‘xshatishga asoslangan ko'chim
sifatida tavsiflanadi. Masalan, A.Qodiriy Kalvak maxzum-
ning badbashara
qiyofasini chizib bergach, boshqa bir
o'rinda uni «husni Yusuf» deb ataydiki, bu birikmaning
teskari ma’noda qo'llanganini o'quvchi yaqqol fahmlay ola-
di. Ta’kidlash kerakki, kinoyaning ma’nosi faqat kontekst-
da ro'yobga chiqadi, ya’ni u alohida olingan holda mav
jud bo'lolmaydi, kontekstdan
xabardorlik uni anglashning
qat’iy shartidir. Ayni shu jihati tufayli ham ayrim mutaxas-
sislar kinoyani ko'chim turi o'laroq e’tirof etmaydilar.
286
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kinoya personajlar nutqida ham keng qo'llanadi. Biroq
bu holda u ko'chim sifatida emas, ko'proq konkret hayo-
tiy holaiga, sog'lom maniiqqa yoxud so‘ziovchining maq-
sadiga muvofiq kelmaydigan gap sifatida koYinadi.
Kinoya
asosidagi bu usul
Dostları ilə paylaş: