Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

ketma-ket,
bir-biriga nisbatan esa 
birpaytda
sodir bo'layotir. Osonroq tushunish uchun kinoga qiyosan 
olsak, ketma-ket sodir bo'layotgan harakatlar yirik planda, 
bir paytda sodir bolayotganlari esa umumiy planda «ko‘ril- 
yapti». Shiddat bilan kechayotgan va bir necha subyekt 
(uchalasidan tashqari yana «cho‘g‘» bilan «ko‘ylak» ham 
formai jihatdan harakat subyekti) ishtirok etayotgan jara- 
yon tasvirlangani uchun parchada fe’llar salmog'i juda kat- 
ta: jami 52 ta so'zning 17 tasi shu turkumga mansub. Gi- 
yoslash uchun: so'qmoq tasvirlangan parchada bu nisbat 
atigi 25/4 ni tashkil qiladi. Mazkur holat so‘z tanlash tasvir 
predmetiga muvofiq amalga oshirilishining yana bir dalili- 
dir. Shuningdek, ko‘rib o‘tilgan misollar ayrim morfologik 
shakllarning tasvir predmetidan kelib chiqqan holda matn- 
da o'zining u yoki bu ma’no qirrasini aktuallashtirishini 
ko‘rsatadi. Yuqorida ko'rganimizdek, «so'qmoq» - statik 
manzara tasvirlangan parchada sifatdosh va ravishdosh- 
lar belgi ifodalashga xizmat qilgan bo‘lsa, jarayon tas- 
virida ular ko'proq harakat ma’nosining ifodasiga xizmat 
qiladi. Masalan, «Onam «Voy o‘lay» deb unga qaragani- 
da, kosovga 
ilashib chiqqan
bir cho‘g‘ ko‘ylagiga 
tushib,
tutay boshlaydi» gapi mazmunan «Onam «Voy o'lay» deb 
unga qaragan vaqtda, kosovga bir cho‘g‘ 
ilashib chiqdi-da,
onamning ko‘ylagiga 
tushdi
va tutay boshladi» shakliga 
teng. Zéro, o‘quvchi kursivda berilgan fe’l shakllarini ayni 
shu ma’noda qabul qiladi, chunki tasavvuridagi jarayon 
uzluksizligi shuni taqozo qiladi.
260
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ko'rib o‘tilgan misollar badiiy adabiyot vizual san’at- 
lar bilan ancha samarali raqobatlashayotgani, ifodaning 
ularga xos usul va vositalarini ijodiy o‘zlashtirish bobida 
sezilarli yutuqlarga erishganini ko'rsatadi. Shu bilan bir- 
ga, bunga erishish yo‘lida favqulodda ijodiy kashfiyotlar 
qilingani yo‘q, balki so'zning o‘zida azaldan mavjud im- 
koniyatlar harakatga keltirildi, xolos. Zero, so‘z olamni 
ongimizda aks ettirishning asosiy vositasi ekan, uning 
tabiatidagi 
nominativ-tasviríylik
imkoniyatlari beqiyos, de- 
mak, adabiyotning tasvir imkonlari ham muttasil rivojlanib 
boraveradi.
Badiiy nutq milliy til bazasida voqelanishini aytdik. Yo- 
zuvchi milliy tildan foydalanar ekan, umumodatlanilgan 
me’yordan og‘adi (ya’ni til unsurlarini odatdagidan o‘zga 
shakl, ma’no, tartib, munosabat va sh.k.larda qo'llaydi), 
bu «og‘ish»dan ma’lum badiiy-estetik maqsadni ko‘zlaydi. 
Bu xil og‘ishlar tilning turli sathlarida - fonetik, morfologik, 
leksik, semantik, sintaktik sathlarda kuzatilishi mumkin. 
Jumladan, leksik sathdagi normadan og'ish yozuvchining 
milliy til bazasidagi leksik vositalardan foydalanishida ko‘ri- 
nadi. Milliy til «ombori»dagi so‘zlar esa qo'llanish faolligi 
jihatidan ham, tasvir va ifoda imkoniyatlariga ko‘ra ham 
bir-biridan farqlanadi. Ya’ni bu o'rinda gap tildagi so'zlarga 
tabiiy ravishda xos bo'lgan uslubiy-ekspressiv xususiyat- 
lar haqida bormoqdaki, ular ijodkorga «so‘z tanlash» hi- 
sobigagina ifodaviylik va tasviriylikni kuchaytirish imkonini 
beradi. So‘zdagi mazkur xususiyatlar uni noodatiy lisoniy 
muhitga olib kirganda, boshqacha aytsak, so‘z qo'llash- 
da odatiy «me’yordan og'ilganda» namoyon bo‘lad¡. So‘z 
qollashdagi normadan og'ishda aniq badiiy-estetik maq- 
sad ko‘zda tutilishi, ya’ni bunda atayinlik momenti ustuvor- 
ligini ta’kidlash zarurki, ayni shu jihati uni shunchaki «xa- 
to»dan farqlaydi. So‘z qo‘llashdagi normadan og‘ishlarda 
kuzatiluvchi badiiy-estetik maqsadlar quyidagicha umum- 
lashtirilishi mumkin: 1) 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin