Badiiy nutqning o'ziga xos xususiyatlari uni amaliy nutq
- kundalik muloqot amalga oshiriladigan nutq bilan qiyos-
laganda yaqqolroq ko'zga tashlanadi. Amaliy nutq uchun
muhimi - muayyan informatsiyani yetkazish, uning qanday
yetkazilishi muhim emas. Badiiy nutqda esa,
aksincha,
o‘sha informatsiyaning qanday yetkazilishi ham g'oyat
muhim, unda ifodaga e’tibor ustuvorlik qiladi. Shu bois ba
diiy nutq tasvir vositasigina emas, ayni paytda, tasvir pred-
meti ham sanaladi. Amaliy nutq axborot-kommunikativ
funksiyani, badiiy nutq esa badiiy-kommunikativ, aniqroq
aytsak, badiiy muloqot asosida
estetik
funksiyani bajaradi.
Badiiy nutqning xususiyatlari haqida so‘z borganda eng
awal uning
obrazliligi
tilga olinadi. Ma’lumki, tilda mavjud
so'zlaming ko'pchiligi shundoq
ham obrazli tabiatga ega,
biroq badiiy nutqning obrazliligini bu bilan chalkashtirmas-
lik kerak. Zéro, badiiy nutqning obrazliligi o‘sha so‘zlarning
o‘zaro mazmuniy-grammatik aloqa-munosabatda izchil bir
qatorga tizilishidan voqe boladi, ya’ni u
ikkilamchi obraz-
/////cdir. Badiiy nutq shunchaki informatsiya yetkazmaydi,
balki lisoniy obrazlar qatorini davriy ketma-ketlikda yaratib
boradi va pirovardida o'quvchini yalang fikr-xulosaga emas,
badiiy voqelikka ro‘baro‘ qiladi. Shu bois ham o‘quvchi o‘sha
badiiy voqelik haqida shunchaki ma’lumotga ega bolibgina
qolmaydi, uning ichida yashab, his qilib o‘tadi. Masalan,
«Kecha» romanining boshlanish qismidan
olingan quyidagi
parchaga diqqatqiling: «Otasi bomdoddan kirmagan, onasi
sigir sog‘ish bilan ovora, o‘zi kichkina sahnni supurib turgan
vaqtida tashqari eshikning besaranjom ochilishi Zebining
ko‘nglini bir qur seskantirib oldi. Bir qo‘lida supurgisi, bir
qo‘li tizzasida - yerga egilgan ko‘yi eshik tomonga tikilib
qoldi». Yuzaki qaralsa, ushbu parcha yetkazayotgan infor
matsiya jo‘ngina: «sahnni supurib turgan vaqtida tashqari
eshikning ochilishidan Zebining ko'ngli bezovtalandi» -
shugina, xolos. Biroq o‘quvchi buni shunchaki quruq xabar
o'Iaroq qabul qilmaydi, yo‘q,
u bahor tongining xushhavo
241
www.ziyouz.com kutubxonasi
salqinini «his qiladi», choqqina hovli, kichkina sahn, sigir
sog'ayotgan ayol va sahnni supurib turgan qizga bir-bir
«nazar tashlaydi», shu asnoda tashqari eshikning «besa-
ranjom» ochilganini «eshitadi», bir qo'lida supurgi, bir qo‘li
tizzasida eshikka tikilgancha qotgan Zebini «ko'radi» va u
bilan birga «bir seskanib oladi».
Zamonaviy adabiyot nuqtayi nazaridan qaralsa, badiiy
nutq obrazliligi go‘zal tashbeh-u
istioralar yoxud boshqa
íasvir va ifoda vositalari (o'xshatish, metafora, ramz va b.)
ga boylik, bezakdorlik, bo'yoqdorlik, ko‘tarinkilig-u jimjima-
dorlik kabi sifatlar bilan belgilanmasligini ham unutmaslik
lozim. ligari aytilganidek, mazkur xususiyatlar badiiy nutq
hali jonli so‘zlashuvga yaqinlashmagan davriarda bel-
gilovchilik maqomida edi. Hozirgi
adabiyotda esa bu xil
vositalar mutlaqo yoki deyarli ishlatilmagan asarlar ham
juda ko‘p, biroq bu bilan ulardagi nutq «badiiy» sifatidan
mahrum bo'lib qolmaydi. Masalan, A.Oripovning «Xotirot»
she’ri ilk bandini olaylik:
Dostları ilə paylaş: